1. Mikroskopik tadqiqot usullari. Sitokimyoviy tadqiqot usullari. Radioavtografiya usuli
Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko‘rish
Download 38.5 Kb.
|
SITOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polyarizasion mikroskopda ko‘rish.
- Elektron mikroskopda ko‘rish
Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko‘rish. Bu mikroskop linzalari kvarsdan yasalgan bo‘lib, u faqat ultrabinafsha nurlarini o‘tkazadi. Bu mikroskopda kvarsdan yasalgan buyum oynasi va yopqich oynalar ishlatiladi. Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko‘rish hujayrani chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.
Polyarizasion mikroskopda ko‘rish. Bu usul hujayra va to‘qimalarning anizatrop yoki ikki xil nur sindiruvchi tuzilmalarini o‘rganish uchun ishlatiladi. Bu mikroskop bilan tuzilmalardagi molekulalarning joylanishini o‘rganish mumkin. Bu mikroskop hujayra bo‘linishi, xromosomalar va organoidlar tuzilinishini o‘rganishda ham qo‘l keladi. Elektron mikroskopda ko‘rish. Sitologik preparatlarni elektron mikroskopda o‘rganish hozirgi vaqtda keng tarqalgan usul bo‘lib, uning yordamida hujayralarning nozik tuzilmalari, organoid va hujayra kiritmalarning tuzilishi hamda ularda sodir bo‘ladigan nozik o‘zgarishlar kuzatiladi. Elektron mikroskop 1000000 marta va undan ham ortiq kattalashtiradi: Chunki elektron mikroskopda yorug‘lik mikroskop kabi uzun to‘lqinli nurdan emas, balki qisqa to‘lqinli elektronlar nuridan foydalaniladi. Binobarin kuzatmoqchi bo‘lgan obekt tasviri elektron nuri yordamida ko‘rsatilsa, bunday pribor elektron mikroskop deyiladi. Demak qisqacha ta’riflaydigan bo‘lsak, elektron mikroskopda ko‘rish bu-obekt orqali o‘tkazilgan elektronlar tutamani elektromagnitli linzalar bilan fokuslash orqali preparat tasvirini olib o‘rganishdir.Oddiy mikroskopda hayvonlar to‘qimasining mikroskopik tuzilishini o‘rganish uchun kesmalarning (preparatlarning) qalinligi taxminan 3-5 mikron (mk) bo‘lishi kerak. Bundan qalin bo‘lsa, hujayralar qavati ortib ketib, obektning tasviri aniq ko‘rinmaydi, ularni ko‘rish yana qiyinlashadi. Elektron mikroskopning afzalligi shundaki, to‘qimalardan olinadigan kesma ancha yupqa (0,02mk) bo‘ladi. Albatta, bunday kesmalar, odatda, ultramikrotomdan foydalanib tayyorlanadi. Buning uchun esa mikrotom stolga qimirlamaydigan qilib o‘rnatiladi, pichoqlari alohida shishadan yasaladi. Kesmaning qalinligini metall sterjenning kengayishi ta’minlaydi. Oddiy mikroskopda obektning qalinligi, ya’ni hujayra yoki yadrolarning yirik-maydaligi, ularning diametri “mikron” o‘lchansa, elektron mikroskopda “nanometr” bilan aksari hollarda esa “angstrem” (A) bilan o‘lchanadi. Xozirgi vaqtda elektron mikroskopining yangi-yangi turlari yaratilmoqda. Masalan, hajmiy (rastalovchi) elektron mikroskop shular jumlasidandir. Uning yordamida preparatlarning hajmiy tuzilishi o‘rganiladi. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling