Ruxsora Otayeva. 2-topshiriq. Quyida keltirilgan parchalarni o’qing va xalq pedagogikasidagi qaysi tarbiya metodi ifodalanganini aniqlang


Download 26.26 Kb.
bet1/2
Sana10.01.2023
Hajmi26.26 Kb.
#1087391
  1   2
Bog'liq
Rukhsora Otaeva-Topshiriqlar,Umumiy pedagogika


Ruxsora Otayeva.


2-topshiriq. Quyida keltirilgan parchalarni o’qing va xalq pedagogikasidagi qaysi tarbiya metodi ifodalanganini aniqlang.

  1. “Juvon o’lgur etimcha,

Charximni qilding parcha!
Charxim sinsa go’rga-ya,
Bir labimdan ayrildim,
Oqbilakka etmasdan
Sen ham bo’lgin mendaycha!”

Javob: Tarbiyada rag’batlantirish va jazolash metodidan foydalanilgan, Bu metod ma’qullash, ko’ngilni ko’tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og’zki yoki yozma tashakkur bildirish, mukofotlash, jazolash va tanbek berishlarni o’z ichiga oladi. Bu metodda tanbeh berilgan.





  1. Iloho! Tuproq olsang oltin bo’lsin.

Javob: Bunda ham Tarbiyada rag’batlantirish va jazolash metodidan foydalanilgan, Bu metod ma’qullash, ko’ngilni ko’tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og’zki yoki yozma tashakkur bildirish, mukofotlash, jazolash va tanbek berishlarni o’z ichiga oladi. Bu metodda ishonch bildirilgan, ko’ngil ko’tarilgan, ma’qullab dalda berilgan.

  1. Barakalla, o’g’lim, yaxshi ish qilib kelibsan!... Indamay kela berganingda mening o’g’lim bo’lmas eding, men sendan xush vaqt bo’lmas edim.

Javob: Bunda ham Tarbiyada rag’batlantirish va jazolash metodidan foydalanilgan, Bu metod ma’qullash, ko’ngilni ko’tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og’zki yoki yozma tashakkur bildirish, mukofotlash, jazolash va tanbek berishlarni o’z ichiga oladi.


Lekin bunda biroz odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodidanam foydalanilgan deb o’ylayman, chunki buni namuna qilib ko’rsatish mumkin.



  1. Otam qadrin endi men ham bilaman,

Bosgan izin men ziyorat qilaman.
Bola bo’lar jondan aziz kishiga,
Yig’lama, Dilmurod, darrov kelaman.

Javob: Bunda 2ta tarbiya metodidan foydalanilgan. 1)Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metoddan va 2) Odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodidan foydalanilgan, chunki bunda Axloqiy ma’naviy suhbat va bahsdan, o’rgatish va tarbiyalovchi vazifalardan, namuna ko’rsatishidanam foydalanilgan.




3-topshiriq: “Qur’oni Karim va hadislar haqida nimalarni bilasiz?” mavzusida besh daqiqa mobaynida o’z fikrlaringizni daftarga yozing. O’ylagan fikrlaringizni hech qanday to’xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko’rsatma:
1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo’yicha o’z fikrlarini yozish so’raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug’iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to’rt talaba o’z yozganlarini o’qib bergach, o’qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o’xshamaydigan fikr kimda bo’lsa bildirishlarini so’raydi.
Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallamga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
Qur'onni tushunishda "o'quvchi bilishi kerak" yana bir jihat shundaki, Qur'onda shoirlarga nisbatan qo'llangan salbiy iboralarga qaramay, Qur'onning o'zi she'riy tildan foydalanadi (26:224-225)(Makkiy suralarda). Ismoil Durmuş (Islom entsiklopediyasida) she'riyatning asosiy xususiyati "mubolag'a san'ati" ekanligini ta'kidlaydi.
Islom vujudga kelgan paytda Qur'on yozish uchun ishlatilgan til va alifbo Nabatey mintaqasida rivojlangan birinchi arab tili edi. Umaviylar xalifasi Abdulmalik davrida alifbo va uning oxirgi shaklini berish orqali shakllangan Qur'on haqida tadqiqotlar olib borildi va bu til davlatning rasmiy tiliga aylandi va tezda boshqa mintaqalarga tarqaldi.[17][18][19]
C. Lyuksenberg, Qur'on tilining 10% ga yaqini oromiy-ossuriya tili orqali tushunilishi mumkinligini da'vo qiladi. Din, mifologiya va etimologiyani o'rganuvchi "Ilyos O'zkan" asosan jumlalarni qisqartirish an'analariga e'tibor qaratadi. Uning so'zlariga ko'ra, Mukattadan E, L, M va E, L, R kabi harflar Zabur ning boshlovchi jumlasi sifatida ishlatiladigan "Qudratli Xudo gapiradi" kabi standart iboralarning qisqartmasi hisoblanadi
Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqalar haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni „ahli kitob“ deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari (namoz, roʻza, zakot va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.


Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va sanad. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi Rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Hadis turlari
1. Uzluksiz hadislar (al-hadis al-mutavotir). Bu xildagi hadislarning roviylari juda koʻp boʻlib, ular bir-birlariga bogʻlanmagan va yolgʻon (kizb) gapirishlari amalda mumkin boʻlmagan roviylardir. Bu xildagi hadislar ayniqsa jamiyat aʼzolarining amaliy hayotiga, masalan, namoz, roʻza, zakot, haj farzlariga doir hadislarda koʻp uchraydi.
Shuningdek, uzluksiz hadislar ikki xilda bayon etilishi mumkin: lafziy uzluksizlik - bunda hadisdagi soʻzlar (lafzlar) deyarli oʻzgartirilmay bir xilda boʻladi. Mazmuniy (maʼnoviy) uzluksizlikda esa rivoyat qilinadigan voqealar qisman oʻzgartirilishi (yaʼni, juz'iy farqli boʻlishi) ham mumkin.
2. Yakka hadislar (al-ohad). Istiloh sifatida bu hadislarda uzluksiz hadislarning shartlari boʻlmaydi, bu xildagi hadislar roviylarining soni chegaralangan - koʻpincha bitta boʻladi. Odatda yakka hadislar dalil va isbotlar bilan asoslanadi. Bunda ushbu hadisni naql qiluvchisining toʻgʻri soʻzligi, rivoyat qilinadigan hadisni xatodan xoli boʻlib, ishonchli boʻlishligi kabi masalalar ilm ad-diroyat orqali chuqur tadqiq qilinadi. Yakka hadislar uch xil boʻladi:
1. Gʻarib hadislar. Muhaddislar fikricha, bir roviy tomonidan rivoyat qilingan hadislar gʻarib hadislar deb ataladi.
2. Aziz hadislar, deb ikki roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi.
3. Mashhur hadislar, deb ikkitadan ortiq roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi. Biroq bu hadislar uzluksiz hadislar darajasiga yetishmaydi va ular sahih (ishonchli, toʻgʻri), hasan (yaxshi, maʼqul) va zaif hadislar boʻlishlari mumkin. Oliy isnod (al-isnod al-oliy) va pastlovchi isnod (al-isnod an-nozil). Rasulullohga nisbatan boʻlgan roviylarning koʻpligi yoki ozligi hamda oʻtgan vaqtiga qarab isnodning oliyligi yoki quyilashuvi belgilanadi. Imom al-Buxoriy keltirgan hadislarning isnodi, koʻpincha u bilan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oʻrtasida uch roviydan tashkil topadi. Boshqa hollarda esa mazkur hadisning rivoyat qilganda uning isnodi toʻrt yoki besh roviydan boʻlishligiga ham erishadi. Binobarin hadisshunoslikda uch isnodliklar isnod oliy, toʻrt va besh isnodliklar esa isnod nozil (quyilovchi isnod), deb qabul qilingan. Oliy isnod mansub hadislarning sahih (ishonchli) boʻlishlari asosiy shartlardan hisoblanadi.



Download 26.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling