1 amaliy mashG'ulot tema: Atmosfera havosini muxofaza qilish


Download 1.07 Mb.
bet18/19
Sana04.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1323585
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
AMALIY MAShG (2)

Gazlarni H2S va S02 dan tozalash usullari. H2S va S02 gazlari kо‘pincha yer ostidan olinayotgan tabiiy gazlarni tarkibida uchraydi, Ularni miqdori xar xil: bir protsentdan kam, ba’zan bir necha protsentgacha yetadi. S02 gazi aytarlik zararsiz, H2S esa oz miqdori zararlidir.
Gazlarni H2S va SO2 dan tozalashni bir necha xil usullari bor. Ular asosan ikki guruhga bо‘linadi: absorbsiya va desorbsiya usullari. Absorbsiya usuli о‘z navbatida ikkiga bо‘linadi: kimiyoviy (xsmosorbsiya) va fizikaviy.
Xemosorbsiya (kimyoviy) usulda gaz xemosorbent bilan reaksiyaga kirishadi. Absorbent sifatida etinolaminlar (mono-, di-, tri-), ishqoriy metallarni karbonatlari, temir gidrooksidi va boshqalar ishlatiladi. Fizikaviy usulda esa suv, organik erituvchilar - noelekroditlar (I-metilpirrolidon, sulfolan, metanol va boshqalar) ishlatiladi.
Monoetanolami, bilan H2S va S02 larni reaksiyalari:


Monoetanolaminning eritmasi 10 dan 30 % gacha kо‘pincha 15-20 % mass, holatida ishlatiladi. Temperaturani yuqoriga kо‘tarilsa erituvchimiz о‘z holiga keladi va yana ishlatiladi.
Ishqoriy metallar (kaliy yoki natriy)ning karbonat tuzlarini eritmasini Ph 9-11 ga tengdir. Ular ishqoriy xususiyatga ega. Shu sababli ular kislota xossasiga ega bо‘lgan H2S va SO2 gazlarini absorbsiya qilish imkoniyatiga egadir.



Hosil bо‘lgan NaHCO3 ni eritmasini isitilsa yana NaHCO3 eritmasi hosil bо‘lib, ishlab chiqarishga qaytarib beriladi.
Tozalashning adsorbsiya usuli. Qо‘llaniladigan adsorbentlarning orasidan nisbatan yaxshirog‘i seolitlardir. Seolitlar H2S bilan bir vaqtda boshqa oltingugurt birikmalari va og‘ir uglevodorodlarni ham о‘z g‘ovoklarida yig‘ib oladi. Odatda regeneratsiya gazini Klaus ustanovkasiga berilishi mо‘ljallangan. Ammo regeneratsiya gazlarida uglevodorodlar ham mavjuddir. Bu uglevodorodlarni chiqindi sifatida ketishiga sabab bо‘ladi. Bundan tashqari regeneratsiya xaroratida (350-400°C) og‘ir uglevodorodlar smolasimon moddalar hosil qilib adsorbentni ishdan chiqaradi. Shu sababdan adsorbsiya boshqa, masalan absorbsiya usulidan keyin qolgan H2S ni oz miqdorini tozalash uchun qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘ladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling