1-amaliy mashg‘ulot. Termoelektron emissiya tok zichligini
haroratga bog‘liqligini hisoblash
Termoelektron emissiya qizdirilganda elektrodga uzatiladigan
issiqlik energiya hisobiga yuz beradi. Emissiya elektronga uzatilayotgan
qo‘shimcha chiqish ishiga teng yoki katta bo‘ladigan haroratda yuz
beradi. Qizdirish hisobiga elektronlarni chiqaruvchi elektrod termokatod
deb ataladi. Birlik vaqtda katod tomonidan chiqarilayotgan elektron
oqimi elektron emissiya tokini hosil qiladi. Termoelektron emissiya toki
katodni qizdirishish haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Termoelektron emissiya
elektron lampa (diod) da ishlatilgan.