1-amaliy mashg‘ulot. Termoelektron emissiya tok zichligini haroratga bog‘liqligini hisoblash
Diod qurilmasi va uning ishlash prinsipi
Download 374.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy ish
Diod qurilmasi va uning ishlash prinsipi. Katod va anodga ega
bo‘lgan ikki elektrodli lampani diod deb atashadi.
a
b
1 – rasm. Lampali diodning shartli grafik belgilanishi (a) va uning volt-amper tavsifi (b)
Elektr vakumli diod yuqori vakuum hosil qilingan ballon bo‘lib, unga ikkita elektrod – katod va anod joylashtirilgan bo‘ladi. Bevosita qizdiriladigan katod, qizdirish toki bilan isitilgan to‘g‘ri yoki W- shakldagi simdir. Bilvosita qizdiriladigan katod – uzun silindr bo‘lib, uning ichiga elektr jihatdan izolyasiya qilingan qizdirgichning spirali joylashtiriladi. Katod silindr yoki qutili anod ichiga joylashtirilgan bo‘ladi. Katta quvvatli diodlarda issiqlik olib ketilishi uchun anod qovurg‘alarga ega bo‘ladi. Katod, anod va qizdirgichlar (bilvosita qizdirilagan lampalarda) tashqi chiqishlar bilan ulangan bo‘ladi (lampa oyoqchalari bilan). Lampali diodning shartli grafik belgilanishi 1a – rasmda ko‘rsatilgan. Katod qizdirilganda elektronlar termoelektron emissiya hisobiga katod sirtini tark etadi. Sirtni tark etgan elektronlar boshqa elektronlarni chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Buning natijasida katod atrofida elektronlar buluti hosil bo‘ladi. Kichik tezliklarga ega bo‘lgan elektronlarning bir qismi bulutdan katodga qayta tushadi. Berilgan katod haroratida bulut turg‘unlashadi: katodga undan qancha elektron uchib chiqqan bo‘lsa, shuncha elektron tushadi. Katodga nisbatan anod kuchlanishi nol bo‘lganida (masalan, anodni katodga qisqa tutashtirilganda) lampada, katoddan anodga elektronlar toki oqib o‘tadi. Nisbatan tezkor bo‘lgan elektronlar fazoviy zaryadning potensial o‘rasini yengib o‘tadi va anodga tortiladi. Tok oqishini to‘xtatishi, anodga -1V va undan pastroq berkituvchi manfiy kuchlanish berilgan yuz beradi. Anodga musbat kuchlanish berilganda diodga tezlashtiruvchi maydon hosil bo‘ladi va anod toki oshadi. Anod toki katod emissiya darajasining qiymatiga erishganida tokning oshishi sekinlashadi va anod toki turg‘unlashadi (to‘yinadi). Download 374.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling