1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
amaliylar lotin

12-AMALY MAShG’ULOT.
PUXTALASh YaRIM AVTOMATLARI.
Ishni bajarishdan maqsad ikki ipli moki baxyasi hosil qilib kichik va katta 
puxtalanma tayyorlash jarayonida ishchi organlarning o’zaro harakatini
puxtalash yarim avtomatlarining tuzilishi, ishlash printcipi va sozlanishlarini 
o’rganish. Ishni bajarishda puxtalash yarim avtomatlarining kinematik sxemalari 
va umumiy ko’rinishlari, “Pannoniya” firmasining SS-1652K-303A puxtalanma 
yarim avtomati, ip, gazlama va sozlash asboblaridan foydalaniladi. 
Tikuvchilik korxonalarida puxtalanma hosil qilishda 220M, 820-5-CS625-
ASXV, CS-1652-605A kabi yarim avtomatlar qo’llaniladi. Ularning asosiy 
xususiyatlaridan biri buralma-qaytma harakatlanuvchi mokining qo’llanilganidir. 
Igna mexanizmi ilgarilanma-qaytma, materialni surish mexanizmi esa 
platformaga nisbatan bo’ylama va ko’ndalang harakatlanad. Bu yarim 
avtomatlar ipni qirquvchi qurilma bilan jihozlangan. Tikuvchilik mahsulotlarini 
tayyorlashda qisqa baxyaqator yurituvchi yarim avtomatlar ham qo’llaniladi. 31-
rasmda qisqa baxyaqatorlarning ko’rinishlari tasvirlangan (a).
SS-1652K-303A yarim avtomati kostyum va paltolarda ikki ipli moki baxya 
solib puxtalama hosil qilishga mo’ljallangan. Mashina asosiy valining aylanishlar 
chastotasi 2500 ayl\min. Kichik puxtalanma ignaning 28 marta, katta puxtalanma 
42 marta sanchilishida tayyorlanadi. Tepkisining ko’tarilish balandligi 10 mm. 
Tashqi o’lchamlari 570x260x335 mm. Mashina massasi 51 kg. Kirmaksimon 
uzatmaning uzatishlar soni 1:28. 2134-35, 134-35 tizimining ignalari qo’llaniladi.
Mashinada aylanma harakatlanuvchi, sharsimon ip taranglash tizimli moki 
qo’llangan. Materialni ushlab turuvchi tayanch plastina va qisuvchi rama 
mashina ostida joylashgan richagli mexanizm orqali boshqaruv shkividan 
harakatlanadi. Ustki va ostki iplarni qirqish igna plastinasi ostidagi kontr-pichoq 
yordamida amalga oshiriladi. Ip qirqich keyingi jarayon uchun ipni tortib ham 


beradi. Mashina ikkita tasmali uzatma orqali harakatga keltirilib, mexanizmlari, 
detallari markazlashgan moylash tizimi yordamida moylanadi.
Mashinada krivoship-shatunli igna, sharnir sterjenli ip tortgich 
mexanizmi bor. Material mashina platformasining uzunasiga va ko’ndalangiga 
surilishi mumkin. Mashina qo’sh pudalli, unda platforma tagida joylashgan ip 
qirqish mexanizmi mavjud.

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling