1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
amaliylar lotin

12-AMALIY MAShG’ULOT
TUGMA QADASh YaRIM AVTOMATLARI.
Ishni bajarishdan maqsad tugma qadash yarim avtomatlarida ikki va to’rt 
teshikli tugmalarni qadash jarayonini, yarim avtomatlar mexanizmlarining 
tuzilishi va sozlanishlarini o’rganish. Ishni bajarishda tugma qadash yarim 
avtomatlarining knematik sxemalari va umumiy ko’rinishlari, 95 rusumli tugma 
qadash yarim avtomati, gazlama, tugmalar, sozlash asboblaridan foydalaniladi.
Tikuvchilik sanoatida buyumlarga tugma qadash uchun Podolsk (Rossiya) 
me`xanika zavodining 95, 1095, 827, “Pfaff” (Germaniya) firmasining 3306 7\20-
966\11 3306 8\01-967\10, 3306 9\03 966\12, “Juki” (Yaponiya) firmasining LK-
981-555\BR-2, LK-982-557\BR-2 kabi yarim avtomatlari keng qo’llaniladi. Ular 
tugma qadash apparatining ko’tarilishini tugmalarni uzatish va buyumning 
surilishini taminlovchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan. Yarim 
avtomatlarni ishlatishda ishchining vazifasi buyumni ishchi zonaga o’rnatish va 
undan olishdan iborat.
Tikuvchilik sanoatida qo’llaniladigan tugma qadash yarim avtomatlarining 
turlari va tuzilishlari har xil bo’lsada, ulardagi barcha mexanizmlrning bajaradigan 
vazifasi deyarli bir-biriga o’xshaydi. Masalan, bosh valdan taqsimlash valiga 
harakatning uzatilishi, bitta kenematik davrning bajarilishi, ignaning og’ma 
harakatlanishi va gazlamaning avtomatik surilishi, avtomatik to’xtatish 
mexanizmining vazifasi bir xil xarakterlanadi. 
Tugma qadash va puxtalash avtomatlari ishchi organlarining harakatlari 
jihatidan ikki guruhga bo’linadi: birnchi guruh yarim avtomatlarida igan faqat 
vertikal harakatlanadi, gazlama esa platformaga nisbatan bo’ylama va 
ko’ndalang sriladi. Ikkinchi guruhdagilarda igna vertikal harakatidan tashqari 
platformaga nisbatan ko’ndalang og’ma harakat qiladi, gazlama esa platformaga 
nisbatan bo’ylama suriladi.


95 rusumli yarim avtomatda igna ilgarilanma-qaytma va platformaga nisbatan 
ko’ndalang og’ma harakat qiladi. Bu mashinada inersion zo’riqishlarni 
kamaytirish maqsadida to’xtatish kulachogi oraliq valiga o’rnatilgan bo’lib, u 
harakatni bosh valdan tishli uzatmalar orqali oladi. Yarim avtomat tugma qadash 
apparatini avtomatik ko’rinish va ipni qirqish mexanizmlari bilan jihozlangan. Bu 
yarim avtomatda diametri 11-36 mm.li tugmalar qadaladi. Bosh valning 
aylanishlar soni 1500ayl\min.
1595 rusumli yarim avtomat sferik tugmalarni qadashga mo’ljallangan. 
Tugmalar diametri 11-24 mm. Bosh valning aylanishlar soni 1500 ayl\min. 
“Pannoniya” firmasining SS-600 MSX rusumli yarim avtomati ikki va to’rt 
teshkli tugmalarni qadashga mo’ljallangan bo’lib, uning asosida bir qancha 
tugma qadash yarim avtomatlari ishlab chiqarilgan.
“Juki” firmasining LK-981-555\BR-2 tugma qadash yarim avtomati ustki 
kiyimlarga tugmalarni ikki ipli baxya bilan qadashga mo’ljallangan. Bosh valining 
aylanishlar soni 2000 ayl\min.li ikki teshikli tugmalarni 9 ta baxya bilan, to’rt 
teshikli tugmalarni esa 18 ta baxya bilan qadaydi. Tugmani qisuvchi detalning 
ko’rinish balandligi 13 mm gacha, igna yuritgichning harakat yo’li 45,7 mm, bitta 
tugma qadash davri 1,6 sek.
“Pfaff” firmasining 3306-17\20-759\4 tugma qadash yarim avtomati kostyum 
va paltolarga ikki va to’rt teshikli yassi tugmalarni qadaydi. Diametri 15-57 mm.li 
tugmalar ignaning 10-20 marta sanchilishida qadaladi. Ushbu mashina asosida 
bir qancha ixtisoslashgan va takomillashtirilgan yarim avtomatlar ishlab 
chiqarilmoqda.
95 rusumli yarim avtomatda tugma qadash jarayoni quyidagi tartibda boradi: 
chap pedal bosilganda tugma ushlagich ko’tariladi va surish plastinasi ustiga 
material joylashtiriladi. Tugma esa tepki va tayanch orasiga o’rnatilib pedal 
tushiriladi. O’ng pedal bosilganda mashina ishga tushadi. Igna ilgarilanma-
qaytma harakatlanib 10 marta snchilishida tugmaning oldingi ikkita teshigini 
qadaydi. So’ngra igna o’ng tomonga og’adi. Materal esa tikuvchiga tomon 
suriladi va tugmaning keyingi ikkita teshigi qadaladi. Ikkita puxtalash 
sanchig’idan keyin mashina avtomatik tuxtaydi va platforma tagidagi qirqgich 


ipni qirqadi. Ikki teshikli tugmalarni qadashda ignaning puxtalash uchun 
sanchilishidan keyin mashina avtomatik to’xtaydi (28-rasm). 95 rusumli yarim 
avtomatda tugma qadash jarayonini o’rganish uchun bir ipli zanjirsimon baxya 
hosil qilinishida ishchi organlarning harakati, so’ng to’rt teshikli tugmalarni 
qadash jarayonida ignaning va tugma apparatining mashina platformasiga 
nisbatan harakatlari kuzatiladi. Yarim avtomatlarning ishini o’rganishda 
mexanizmlarning alohida konstruksiyalari bilan tanishib chiqiladi va moki baxyali 
tikuv mashinalari bilan tuzilishlari taqqoslanadi.
28-rasm. Ikki va to’rt teshikli tugmalarni qadash jarayoni

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling