1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliylar lotin
IShNI BAJARISh TARTIBI. 1. “Zinger” firmasining 1831U012-3 mashinasiga ip o’tkaziladi. Buning uchun qopqoqlar (1,2) ochiladi (21-rasm). Ikki va uch ipli zanjirsimon baxyaqator hosil bo’lishiga etibor beriladi. Ipning taranglanishini sozlab, baxyaqator hosil bo’lishiga tasiri o’rganiladi. 2. Igna mexanizmining sozlanishi va tuzilishi o’rganiladi. 3. Igna harakat yo’liga qarab igna balandligi sozlanadi. 4. Chalishtirgich mexanizmining tuzilishi va sozlanishi o’rganiladi. Chap chalishtirgichning ignaga yaqinlashishi (chap chalishtirgich va igna oralig’i 2-3,5 mm bo’lishi kerak), o’ng chalishtirgichning ignaga yaqinlashishi (o’ng chalishtirgich chap tomondagi holatida ignadan 8-9,5 mm masofada bo’lishi kerak) rostlanadi. Igna va chalishtirgichlar oralig’i, chalishtirgichlar ish yo’li sozlanadi. 5. Gazlamani surish mexanizmining tuzilishi va sozlanishi o’rganiladi. Baxya yiriklgi, tishli reykalar balandligi, tepkining tishli reykalarga nisbatan hoati kabi rostlanishlar bajariladi. 6. Pichoq mexanizmining tuzilishi va sozlanishi o’rganiladi. Pichoq balandlikka rostlanadi. 7. Igna va chalishtirgichlar yo’lini qaysi vaqtda o’zgartirish kerakligini mashina ishchi organlarining o’zaro to’g’ri harakatiga qarab sozlanadi. 8. Igna balandligining to’g’rim o’rganlganligi tekshiriladi: igna tutkichning oxirigacha taqab o’rnatilishi kerak (23-rasm, a). 9. Chap chalishtirgich uchining o’z vaqtida ignaga yaqinlashishi rostlanadi. Igna eng quyi holatiga tushganda chalishtirgichning uchi ignadan 4 mm masofada bo’lishi lozim (23-rasm, b). Igna hosil qilgan halqani ilib olishi chalishtirgich ignaning o’rta qismidan o’tishi kerak (23-rasm, d). Chalishtirshgichlarning qarama-qarshi harakatida chap chalishtirgich uchidan o’ng chalishtirgich konturigacha bo’lgan oraliq 0,2-0,3 mm bo’lishi kerak (23-rasm, e). Igna eng quyi holatiga etganida chalishtirgichning uchi va igna oralig’i 1 mm bo’lishi kerak. O’ng chalishtirgich o’zining chap tomon holatini egallaganda ignadan 4,3-4,5 mm masofada joylashishi kerak (23-rasm, f). 10. “Tekstima” firmasining 8515 rusumli va “Juki” firmsining MO-2516 rusumli tikuv mashinalariga ipni taqiladi. 11. “Tekstima” 8515 va “Juki” firmalarining MO-2516 rusumli tikuv mashinalarining tuzilishi o’rganiladi va yuqoridagi sozlanishlar amalga oshiriladi. 23-rasm. 1831U012-3 mashinasidagi igna va chalishtirgichlarni o’rnatish Hisobotda “Zinger” firmasining 1831U012-3 rusumli yo’rmab tikish mashinasining siklogrammasi tuziladi. Chalishtirgich mexanizminnng kinematik sxemasini chizib, sozlanish joylariga bshlgilar qo’yiladi. a e f |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling