Ma’ruza tukimada ipning joylashishi reja: To’qimada ipning joylashishi
Download 237.5 Kb.
|
Ma`ruza-3
Ma’ruza -3. TUKIMADA IPNING JOYLASHISHI Reja: 1. To’qimada ipning joylashishi. 2. To’qima tuzilishning faza tartibi. Tayanch so’zlar: iplarning qoplanishi, qoplanish, egilish, chiziqli zichlig, polotno, to’quvchilik. To’qimada ipning joylashishi,tanda (hT) va arqoq (ha) to’liq balandligi, hamda ularning yarim to’lqin (lT ,la) uzunliklari bilan ifodalanadi. To’lqin balandligi tanda va arqoq iplarning qoplanishi (2a- rasm) va arqoq ipning qoplanishi (2b- rasm) masofasi bilan aniqlanadi. Ikkita yonma-yon joylashgan tanda iplarning oralig’idan o’tgan arqoq ipning qoplanishi gorizontal masofasi tanda va arqoq iplarning yarim to’liq egilishining uzunligi deb belgilanadi. 2-rasm. To’qimada iplarning joylashishi Ipning to’qimalarda joylashishi quyidagi omillarga bog’liq: to’qimaning o’rilishiga; tanda va arqoq bo’yicha zichligiga; tanda va arqoq iplarning chiziqli zichligiga; xom ashyoning tolaviy tarkibiga; to’quvchilik usuli. Iplarning to’qimada joylashishi uchta asosiy konsepsiyadan (sistemadan) iborat. To’qimada egilishi ko’proq bo’lgan bir sistema ipi, boshqa sistema ipini o’ziga bo’ysundirishi bir chiziqda joylashadi. Tanda va arqoq iplari, to’qimada egilishi bir xil bo’lishi mumkin va bir chiziqda joylashadi. Bir sistema ipning ikkinchi sistema ipiga ta’siri, natijasida ikki sistema iplari har xil to’lqinsimon shaklga ega bo’lib, har xil to’lqin balandligiga ega bo’ladi. Bir qatlamli to’qimada tanda va arqoq iplarining to’lqin balandliklari yig’indisi shu iplarning diametrlari yig’indisiga teng. hT + ha = dT + da (1) Tanda ip egilishining yarim to’lqin uzunligi (2-rasm) (2) Arqoq ip egilishining yarim to’lqin uzunligi (3) 2- rasmga asoslanib ; ; (4) ; ; (5) Professor N.G. Novikovning fazali to’qima tuzilish nazariyasiga ko’ra, tanda va arqoq iplarning egilish to’lqini balandligiga asoslanib to’qima tuzilishi to’qqizta fazasi mavjud. (3- rasm) va aniq shartlar bilan belgilanadi. -polotno o’rilishli to’qima -silindrsimon shaklga ega tanda va arqoq iplari -o’lchov birligi qilib ip radiusi tanlangan -tanda va arqoq iplarining diametrlari o’zaro teng (dT =da =2r; va dT / da =1/1 ), yoki tanda ipi diametri arqoq ip diametriga nisbatan ikki barobar katta bo’lsa (dT =2 , da =4r va dT / da =2/1=4/2). Tanda va arqoq iplarning diametrlari o’zaro (dT =da) teng bo’lganda birinchi fazada (3-rasm) tanda ipi to’qimada bir tekis bo’ladi (egilish to’lqinining balandligi nolga teng, ya’ni hT =0), arqoq esa maksimal egilishga ega bo’ladi, (arqoqning egilish to’lqinining balandligi o’zining to’g’ri radiusigi teng, ya’ni ha =4r). To’qqizinchi fazadagi to’qimaning tuzilishida esa teskari bo’ladi (ha =0), tanda ipdari esa maksimal egilishga ega bo’ladi (hT =4r). Bir fazadan keyingi fazaga o’tishda, bir sistema ipning egilish to’lqinining balandligi kamayib borishi va boshqa sistema ipning egilish to’lqinining balandligi kamayib borishi va boshqa sistema ipning egilish to’lqinining ko’payib borishining farqi bir xil ko’rsatkichlarga egadir. To’qimaning tuzilishi II faza tartibida tanda ipning egilish balandligi hT =0,5 r arqoq ipning esa (1) asoslanib ha =4r-0,5r=3,5r teng bo’ladi. To’qimaning tuzilish faza tartibi tanda va arqoq iplarining egilish to’lqinining balandligi nisbati ht/ha bilan aniqlanadi. Tanda va arqoq iplarning diametri bir xil bo’lmasa (dT =4r, da =2r, bunda r-arqoq ipning radius o’lchami). To’qima tuzilish fazasida tanda iplari bir tekis chiziqqa xos bo’lsa, IX tartibda tuzilish fazasi uchun arqoq ipi bir tekis chiziqqa xosdir. Qolgan faza tartibli uchun, bir fazadan keyingi fazaga o’tishi egilish to’lqinlarining farqi aniqlanadi.
Diametri har xil bo’lgan iplar uchun to’qima tuzilishi fazasi 3 jadvalda keltirilgan. 2 va 3 jadvallarda polotno o’rilishi uning tanda va arqoq bo’yicha, 8r-ga teng bo’lgan geometrik zichligi uchun tavsif keltirilgan. Ikkita yonma-yon joylashgan iplarning aylana markazlarining oralig’i geometrik zichligini ifodalaydi. Download 237.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling