Halqa xosil qilish jarayonlari ketma-ketligi va
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Xalqa hosil qilishni tugallash.
- 2. Ipning ignaga qo’yilishi.
- 3. Ipni egish.
2-mavzu. XALQA HOSIL QILISH USULLARI. TRIKOTAJ MASHINALARINING ISHCHI A’ZOLARI VA ULARNING VAZIFALARI. HALQA XOSIL QILISH JARAYONLARI KETMA-KETLIGI VA MOXIYATI. Xalqa xosil qilishning trikotaj usuli. Trikotaj usulda halqa hosil qilish jarayonlarining ketma-ketligi. Jarayonlarning mohiyati. Har bir jarayonning moiyati va ularning trikotaj sifatiga ta’siri. Bir ignadonli mashinalarda to’quv usuli. Bir ignadonli tilchali ignali aylana to’quv mashinalarida halqa hosil qilish jarayoninig o’ziga xosligi. Ilgagi bor ignali trikotaj to’quv mashinalarida xalqa hosil qilishning zaruriy shartlaridan biri - har bir igna yoki bir igna oralab boshlang’ich xalqaga ega bo’lishidir. Boshlang’ich xalqasiz yangi xalqani hosil qilib bo’lmaydi [5]. Bunda eski (boshlang’ich) xalqa igna bo’ylab siljiydi, yangi ip esa ignaga qo’yiladi va egiladi, so’ngra eski xalqa orasidan tortib olinadi. Bularning hammasini xalqa hosil qiluvchi ishchi a’zolar bajaradi. Xalqa hosil qilishning barcha jarayoni 10 ta operatsiyaga bo’linadi: 1. Xalqa hosil qilishni tugallash. Tugallash jarayoni bajarilishi jarayonida eski xalqa ilgak ostidan igna o’zagi bo’ylab pastga siljitiladi. Siljitilgan masofa igna ilgagi uchi bilan eski xalqa oralig’iga yangi ipni qo’yish imkonini berishi kerak (2.1-rasm). Yangi xalqa hosil qilish uchun eski xalqani 1 holatdan II holatga siljitish zarur. 2. Ipning ignaga qo’yilishi. Bunda ip yurgizgich (нитевод)ning ignalarga nisbatan siljishi natijasida yangi ip ignalarning o’zagiga ketma-ket qo’yiladi. 2.2-rasmda ipni to’g’ri chiziq shaklida igna o’zagida qo’yilgani ko’rsatilgan. 3. Ipni egish. Bunda ignaga qo’yilgan ip igna o’zagida egiladi (2.3-rasm). Xalqa hosil qilish jarayonining trikotaj usulida xalqaning katta-kichikligi shu operatsiyaga bog’liq bo’ladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling