Bunda yangi egilgan ip ignaning ilgagi ostiga kiritiladi (2.4-rasm).
5. Igna ilgagini siqish.
Igna ilgagini siqish jarayonining asosiy
mohiyati shundan iboratki,
bunda
siquvchi moslama yordamida ilgakning uchi igna o’yig’iga to’la
kiradigan qilib
siqiladi (2.5-rasm).
2.1-rasm.
Tugallash jarayoni
2.2-rasm.
Ipning ignaga qo’yilishi
2.3-rasm.
Ipni
egish
2.4-rasm.
Yangi
ipni igna ilgagi ostiga
kiritish
2.5-rasm.
Igna ilgagini
siqish va eski xalqani
ilgak ustiga
surish
2.6-rasm.
Xalqaning birlashishi
6. Eski xalqani ilgak ustiga surish.
Eski xalqani ilgak ustiga surish jarayonini bajarish uchun eski xalqa avval igna
o’zagi bo’ylab, so’ngra siqilgan ilgak bo’ylab suriladi (2.5-rasm).
7. Xalqalarning birlashishi.
Bunda eski xalqa ilgak bo’ylab harakatlanib, yangi xalqa bilan uchrashadi va
birlashish jarayoni bajariladi (2.6-rasm).
8. Xalqani tashlash.
Xalqa hosil qilish jarayonining ketma-ketligi bo’yicha eski xalqa yangi xalqa
ustiga tashlanishi zarur, lekin bunga, igna ilgagi ostida joylashgan yangi egilgan ip
qarshilik ko’rsatadi (2.7-rasm).
2.7-rasm. Xalqani tashlash
Eski xalqani yangi xalqa ustiga tashlash uchun, uni yangi xalqani hosil qiluvchi
ipning ikki qalinligiga kengaytirish zarur. Demak, ilgak ostidagi yangi ip qanchalik
yaxshi egilgan bo’lsa va iplar orasidagi ishqalanish
koeffitsientlari qancha kam
bo’lsa, eski xalqani yangi xalqa ustiga tashlash shunchalik yengil bajariladi. Kam
eshilgan (
крутка) ip eski xalqani yangi xalqa
ustiga tashlash jarayonini
yengillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: