Halqa xosil qilish jarayonlari ketma-ketligi va
Yangi xalqani shakllantirish
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Trikotaj to’qimasini tortish.
9. Yangi xalqani shakllantirish.
Yangi ipdan eski xalqaga teng keladigan yangi xalqa hosil qilish, eski xalqalarga tortish kuchi ta’siri ostida amalga oshiriladi, buning hisobiga yangi xalqa shakllanadi. Operatsiyaning bajarilishi jarayonida yangi xalqalar iplarining uzunligi o’zaro tenglashadi. 10. Trikotaj to’qimasini tortish. Yangi xalqalar shakllanganidan keyin ular ignalar bilan bir tekislikda yotadilar. Agar xalqalar shunday holatda qoldirilsa, yangidan xalqa hosil qilishni tugallash jarayoni bajarilishida eski xalqa yana ignaga tushib qolishi mumkin, shuning uchun xalqalar tekisligini ignalar tekisligiga nisbatan perpendikulyar holatga kelguncha og’dirish kerak bo’ladi. Bu jarayon tortish jarayoni deb ataladi. Trikotaj usulida to’qishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri - xalqa hosil qilish uchun ipni oldindan tayyorlash zarurligidir. Tilchasi bor, ignali, bir ignadonli trikotaj-to’quv mashinalari platinalar bilan ta’minlangan bo’ladi. Odatda platinalar soni ignalar soniga tengdir. Platinaning vazifasi xalqa hosil qilish jarayonining tugallash jarayoni bajarilayotganida eski xalqalarni bir sathda ushlab turish, yangi xalqaning egilishiga imkon yaratish va yangi xalqalar ustiga tashlangan eski xalqalarni tortishdan iboratdir. Tilchasi bor ignali mashinalarda ignalar qo’zg’aluvchan bo’lib, ular ignadon o’yig’i bo’yicha harakatlanadilar. Bunda igna tilchasi, tilchaning aylanishiga qarab ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin [9, 10]. Tilchasi bor ignali mashinalarda ham xalqa hosil qilish jarayoni 10 ta operatsiyaga bo’linadi (2.8-rasm). 2.8-rasm. Tilchali ignalarda xalqa hosil qilish jarayoni a-tugallash jarayoni, b- Ipni ignaga qo’yilishi, d- Igna ilgagi ostiga kirish yo’lini bekitish yoki siqish jarayoni, e- xalqalarning birlashishi, f- xalqani tashlash, g-trikotaj to’qimasini tortish Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling