Halqa xosil qilish jarayonlari ketma-ketligi va


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1606208
1   2   3   4   5
9. Xalqani shakllantirish. 
Xalqani shakllantirish jarayonida egilgan yangi xalqa eski xalqa orasidan 
tortib olinadi. Tortilish yangi xalqaning ip uzunligini eski xalqa ipi uzunligiga 
tenglashguncha davom etadi. 
10. Trikotaj to’qimasini tortish. 
Tortish jarayonini bajarishdan maqsad eski xalqani igna orqasiga 
o’tkazishdan iboratdir. Tortish jarayoni bajarilganida yangi xalqa-vertikal holatdan 
gorizontal holatga o’tadi. Yangi xalqalarning tortish jarayoni platinaning bo’yin 
qismi yordamida bajariladi. Tortish jarayonining bajarilishida tortish mexanizmi 
ham qatnashadi (2.8, g-rasm). Platinalari bor mashinalarda olinadigan trikotaj 
to’qimalari xalqa iplarining uzunligi platinalari bo’lmagan mashinalardagiga 
qaraganda ancha tekis bo’ladi.
Tilchali ignalarda xalqa hosil qilish jarayonini o’rganish shuni ko’rsatdiki, 
tilchasi bor ignali mashinalarda xalqa hosil qilish jarayoni ham 10 ta operatsiyadan 
iborat: 
1. Tugallash 
6. Xalqalarni birlashishi 
2. Ipni qo’yish 
7. Ipni egish 
3. Ipni kiritish 
8. Eski xalqani yangi xalqa ustiga tashlash 
4. Ilgakni siqish 
9. Shakllantirish 
5. Eski xalqani surish 
10. Tortish 
Agar xalqa hosil qilish jarayonida ipni qo’yish jarayonidan keyin egish 
jarayoni bajarilsa, u holda bu usul trikotaj usuli deyiladi. Ipni qo’yish jarayonidan 
keyin egish jarayoni kelmasdan egish jarayoni tashlash jarayoni bilan birga bajarilsa, 
bunday xalqa hosil qilish usuli to’quv usuli deb ataladi. 


To’quv usulining trikotaj usulidan asosiy farqi shundaki, to’quv usulida ipni 
oldindan tayyorlamasdan xalqa hosil qilinadi. To’quv usulida olingan xalqalarning 
bir tekisdaligi trikotaj usulidagidan kamroqdir. 
To’quv usulida bajarilgan xalqa hosil qilish jarayonini bir ignadonli 
ko’ndalangiga to’qiydigan mashinalarda ko’rib chiqdik. Trikotaj va to’quv usullari, 
shuningdek, ikki ignadonli ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qiydigan 
mashinalarda ham qo’llaniladi. To’quvning trikotaj usuli MT, Mal’ezali, KT, Koton 
va boshqa mashinalarda qo’llaniladi. To’quv usuli esa aylana ignadonli trikotaj 
mashinalarida, yassi va aylana ignadonli fang mashinalarida va aylana ignadonli 
paypoq to’quv avtomatlarida, yassi ignadonli tanda to’quv mashinalarida 
qo’llaniladi. 
 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling