Trikotaj to’qimalarining tasnifi. Reja
Download 39.33 Kb.
|
5-MARUZA
TRIKOTAJ TO’QIMALARINING TASNIFI. Reja: 1.Glad’ to’qimasining tuzilishi 2.Glad’ to’qimasining xususiyatlari Bir qavatli trikotaj to’qimalarini ko’rib chiqishdan oldin, professor A.S. Dalidovich tomonidan 1944 yilda yaratilgan trikotaj to’qimalarining tasnifiga to’xtalib o’tamiz. Hozirgi vaqtda bu klassifikatsiya bir muncha o’zgargan va yangi klass to’qimalari bilan to’ldirilgan. Barcha trikotaj to’qimalari bu klassifikatsiya asosida ikki guruhga bo’linadi: Bosh to’qimalar; Naqshli to’qimalar; Bundan tashqari, trikotaj to’qimalarining birinchi guruhidan, hosilali to’qimalar guruhchasi ajratilgan. Bosh to’qimalar - bu tekis to’qimalar bo’lib, bir xil halqalardan tashkil topgandir. Ular o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: Bir qavatli bosh to’qimalar: Glad’ Sepochka Triko Atlas Ikki qavatli bosh to’qimalar: Lastik Teskari glad’ Lastik sepochkasi Lastik trikosi Lastik atlasi. Hosilali to’qimalar. Turli bosh to’qimalar qo’shilmasidan hosil bo’ladi. Ular ham bir va ikki qavatli to’qimalarga bo’linadi. Bir qavatli to’qimalarga quyidagilar kiradi: a) hosilali glad’; b) hosilali triko; d) hosilali atlas. Ikki qavatli to’qimalarga quyidagilar kiradi: a) hosilali lastik (interlok); b) hosilali teskari to’qima; d) hosilali sepochka; e) hosilali triko; f) hosilali atlas. 4.1. Glad’ to’qimasi, uning tuzilishi va xususiyatlari Shakli va katta-kichikligi bir xil bo’lgan halqalardan tashkil topgan bir qavatli ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj to’qimasi glad’ deb ataladi. 4.1-rasmda glad’ to’qimasining tuzilishi, halqalarining old va orqa tomonlari ko’rsatilgan. To’qimaning old tomonida (4.1, a-rasm) asosan halqalar tayoqchalari ko’rinib turadi, halqa tayoqchalari platina va igna yoylari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi. To’qimaning orqa tomonida (4.1, b-rasm) asosan igna va platina yoylari ko’rinadi, ular halqa tayoqchalari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi. 4.1-rasm. To’qimalar tuzilishi a-glad’ to’qimasining old tomoni, b-glad’ to’qimasining orqa tomoni, d- hosilali glad’ to’qimasi Glad’ to’qimasi trikotaj korxonalarida juda ko’p ishlab chiqariladi va deyarli barcha ichki va sport kiyimlarini, paypoq mahsulotlarini tayyorlashda keng qo’llaniladi. Glad’ to’qimasi quyidagi xususiyatlari va o’lchamlari bilan ajralib turadi. Download 39.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling