Reja: Tugmalar haqida ma’lumot berish


Download 14.09 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi14.09 Kb.
#1401063
Bog'liq
Tugma qadash texnologiyasi


Mavzu: Tugma qadash texnologiyasi
Reja:
1. Tugmalar haqida ma’lumot berish.
2. Tugma qadash usullarini tushuntirish.
3.Tugma qadash texnologiyasini o‘rgatish.
Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Tugmalar haqida ma’lumotlar berish. Tugma qadash usullarini tushuntirish. Tugma qadash texnologiyasi bilan tanimshtirish. Tugma qadash darsiga ishlanma yozishga o‘rgatish. Pedagogik vazifalar:
• tugma va uning turlari haqida ma’lumot berish.
• tugmalarni turli usullarda tikish haqida tushunchalar berish.
• kiyimlarga tugmalarni turli usullarda tikish texnologiyasi bilan tanishtirish.
• natijalar taqdimoti, muhokama va baholashga o‘rgatish. Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, ko‘rgaz - malilik . Ta’lim vositalari: Ish materiallar: Tugma turlari, mato bo‘laklari, tugma tikiladigan kiyimlar. Ish asboblari: qaychi, igna, ip, angishvona, nina qadagich. Ko‘rgazmalar: Tugmani tikish usullaridan namunalar, rasmlar, slaydlar. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi:
1. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ishlari qanday ishlar?
2. Tugmalardan nima maqsadda foydalaniladi?
3. Tugmalar qanday materiallardan tayyorlanadi?
4. Tugmaning qanday turlarini bilasiz?
5. Tugmalar qanday usullarda tikiladi?
6. Kiyimlarga tugma tikishda nimalarga e’tibor berish kerak? Tugmani matoga tikish texnologiyasi:
1. Tugma tikish uchun kiyim tanlanadi.
2. Kiyim rangiga mos yoki umuman rangiga mos kelmaydigan tugmalar olinadi.
3. Tugmani tanlashda albatta shakliga va xususiyatiga e’tibor berish kerak. Tugmalar turli materiallardan (yog‘ochdan, plastmassadan, temirdan, alyuiminiydan, kauchikdan, matodan, suyakdan) tayyorlanadi, uning shakllari turlicha (to‘rtburchak, uchburchak, doira) bo‘ladi va tugmada bir qancha teshiklar(ikkita, to‘rtta, baldoqli) bo‘lishi mumkin. 4. Kiyimning xususiyati aniqlanib, unga mos tugma tanlanadi.
5. Tugmani turli usullarda tikish mumkin.
6. Shaklni tanlashda kiyimning dizayniga mos bo‘lishi kerak.
Masalan, kichik yoshdagi bolalar kiyimlari uchun rangli, turli shakllarga ega tugmalar tanlanadi.
7. Tugmani tikishda tugma rangiga mos ip tanlanadi, kerakli o‘lchamda kesib olinadi va tugun hosil qilinadi.
8. Kiyimning teskari tomonidan nina o‘tkazilib, tugma teshigidan orqaga qaytarib tikiladi.
9. Tugma bilan mato o‘rtasiga gugurt cho‘pi qo‘yib tikiladi. Tikish tugagandan keyin gugurt cho‘pi olib tashlanadi va tugma bilan mato o‘rtasi ip bilan aylantirib chiqiladi. Chunki tugmani bemolol teshikdan o‘tkazish uchun shu usuldan foydalaniladi.
10. Qo‘shimcha ishlov beriladi.
Download 14.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling