1-amaliy mashg`ulot topshirig`i
Sodda gap haqida umumiy ma'lumot
Download 70.54 Kb.
|
1-amaliy mashgulot topshirigi
Sodda gap haqida umumiy ma'lumot
Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega boigan bitta kesim boiadi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo’laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo’shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo’lad Grammatik asoslarning miqdoriga ko’ra gaplar sodda (bir grammatik asosli) va qo’shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo’linadi. Qiyoslang: Bu shaharda tanish-bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko 'zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi. Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: egasi mavjud gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik.) va egasiz gaplar (Yangi filmni tomosha qildik). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko’ra: sodda yig’iq gaplar (Kamola kirib keldi.), sodda yoyiq gaplarga (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi.) bo’linadi. Gapning bo’laklarga ajratilishi Gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo’laklarini hosil qiladi. Gap bo’laklari vazifasini mustaqil so’zlargina bajaradi. Har bir gap bo’lagi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatlariga ko’ra belgilanadi, ya'ni har bir gap boiagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi. Masalan: «Dildora kecha uchrashuv haqida zavqlanib gapirdix - gapida quyidagi gap bo’laklari mavjud: Dildora (kim?) - ega, kechagi (qachongi? qaysi?) - aniqlovchi, uchrashuv haqida (nima haqida?) - to’ldiruvchi, zavqlanib (qay tarzda?) - hol, gapirdi (nima qildi?) - kesim. So’zlar quyidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1) Dildora gapirdi; 2) zavqlanib gapirdi; 3) uchrashuv haqida gapirdi; 4) kechagi uchrashuv. Gap boiaklari 5 ta: kesim, ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol. Kesim gapning asosini tashkil etuvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. To’ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo’laklari ega va kesimga ergashib kelib, ularni to’ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo’laklari deyiladi. Download 70.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling