1-amaliy mashg`ulot topshirig`i


§. Valentlik haqida tushuncha


Download 70.54 Kb.
bet11/19
Sana08.01.2022
Hajmi70.54 Kb.
#251312
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1-amaliy mashgulot topshirigi

2.§. Valentlik haqida tushuncha. Valentlik aslida ximiyaviy atama, tilshunoslikda lisoniy birliklarning yuzaga chiqmagan birikuvchanlik-biriktiruvchanlik imkoniyati sifatida qaraluvchi lisoniy hodisaga nisbatan qo‘llanadi. Valentlikning ximiyaviy tavsifi quyidagicha. Masalan, kislorod (O) atomi boshqa turdagi yana ikkita atomni biriktirish imkoniyatiga ega. Bu uning elektron qavatidagi ikkita atomning bo‘sh o‘rniga qarab belgilanadi. Suv molekulasi (N2O) da bu bo‘sh o‘rinlar to‘ldirilgan. Shuningdek, nafaqat kislorod, balki vodorod (N) ham valentlikka ega bo‘lib, uning bo‘sh o‘rni bitta. Demak, ko‘rinadiki, suv molekulasida kislorodning ham, vodorodning ham valentlik imkoniyati voqelikka aylangan bo‘lib, ular kislorodda biriktiruvchi, vodorodda esa birikuvchi tabiatga ega. Har ikkala atom (vodorod va kislorod) ham bir-biriga muvofiq bo‘lgandagina birikma hosil qilishi mumkin. Masalan, vodorod va oltin atomlari birikib, molekula hosil qila olmaydi.

Atomning valentligi ro‘yobga chiqmagan, namoyon bo‘lishi uchun sharoit talab etiladigan imkoniyat. Lisoniy birlik ham ana shunday birikish-biriktirish imkoniyatiga ega, u (ya’ni valentlik) ham lisoniy birliklarning o‘zi bilan muayyan til jamiyati a’zolari ongida yashaydi. Masalan, o‘qi leksemasi kishi ongida bir nechta bo‘sh o‘rniga ega holda mavjud bo‘ladi va nutqda voqelanib, bir vaqtda o‘ziga shuncha birikuvchini ham torta olishi mumkin. Uni chizmada quyidagicha tasavvur qilish mumkin

Teng bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’lmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki teng bog’lovchilar  yordamida bog’lanadi: erkaklar va ayollar; erkaklar, ayollar. Tobe bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’ladi: maydonda to’planishdi. Bir-biriga tobe bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi. Ega va kesimning bir-biri bilan bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi, balki gap hisoblanadi: Erkaklar to’planishdi.
  Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning ma’no, grammatik va ohang jihatidan birining boshqasiga tobe bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi.
  So’z birikmasida bosh va ergash so’z bo’ladi. So’z birikmasida ma’nosi izohlanayotgan so’z bosh (hokim) so’z, uning ma’nosini ravshanlashtirib kelayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z ergash (tobe) so’z hisoblanadi. So’roq hamma vaqt bosh so’zdan ergash so’zga beriladi: Shirin olma (qanday olma?).
  Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh yoki harakat nomi bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, vazifani bajarish.
  Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarish, tez kelgan.
  So’z birikmalari tuzilishiga qarab ikki xil bo’ladi:
  Sodda birikma faqat ikkita mustaqil so’zdan tuzilgan bo’lishi mumkin (bunda yordamchi so’zlar ham ishtirok etishi mumkin): beshta daftar, bugun keldi, o’zining uyi, shaharda yashaydi, akasi haqida so’radi. Ajralmas birikmalar, iboralar qatnashgan birikmalar ham sodda so’z birikmasi hisoblanadi: qilich bo’yin ot, borsa kelmas oroli.
  Murakkab birikma tarkibida uchta va undan ortiq mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamida ikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi, mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo’y, asfal’t yotqizilgan keng ko’chalar, katta mevali daraxt, bugun kelgan ishchilar. Bunda sodda so’z birikmasi kengayadi.

ESLATMA: ega va kesim qatnashgan gap tarkibida nechta mustaqil so’z mavjud bo’lsa, shundan 2 ta kam miqdorda so’z birikmasi mavjud bo’ladi: Men bugun maktabga bordim (4 ta mustaqil so’z). So’z birikmalari: 1) bugun bordim; 2) maktabga bordim. Egasiz gaplarda esa so’z birikmalari soni mustaqil so’zlar sonidan bitta kam bo’ladi: Ertaga tong bilan jo’naymiz (3 ta mustaqil so’z). So’z birikmalari: 1) ertaga jo’naymiz; 2) tong bilan jo’naymiz.




Robiya:

16.2. So’z birikmasining so’z, sintagma va gapdan farqi.


  So’z narsa, belgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: Kitob deganda umuman kitoblarni, bordi deganda umuman borilganlikni tushunamiz.
  So’z birikmasi ham narsa, belgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so’zga o’xshab ketadi, ammo so’z birikmasi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa narsa, belgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o’quvchi — a’lochi o’quvchi, yozish — tez yozish.
  Sintagma fonetik hodisa bo’lib, unda ikki so’z o’zaro birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so’z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so’zning o’zi ham sintagmani tashkil etishi mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi.
  Gap fikr bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko’cha katta. So’z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko’cha. Shu xususiyati bilan gapdan farq qiladi.
Robiya:

16.3. Ergash so’z va bir so’zning birikish usullari.


  Ergash so’z bosh so’z bilan quyidagi usullari yordamida birikadi:

Boshqaruv. Bosh so’zning talabi bila ergash so’zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi> Boshqaruvda ergash so’z bilan bosh so’zning birikishi ikki xil bo’ladi:

  ular o’zaro tushum, jo’nalish, o’rin-payt yoki chiqish kelishigi qo’shimchasi yordamida birikadi (kelishikli boshqaruv): Ilg’orlarni tabriklash, uyga ketish, shaharda yashash, qishloqdan kelish.
  Ular o’zaro ko’makchilar yordamida birikadi (ko’makchili boshqaruv): Sayr haqida suhbat, paxta uchun kurash, sayohat to’g’risida gapirish.

  Ayrim hollarda grammatik vosita bo’lmasligi ham mumkin: Olma terish, shahar borish.


  Boshqaruvda tobe so’z ot yoki ot o’rnida qo’llanadigan so’zlardan, shuningdek, harakat nomi va sifatdoshdan iborat bo’ladi. Bosh so’z vazifasida esa ko’pincha fe’l qo’llanadi. Ba’zan bu vazifada ot, sifat, ravish va boshqa so’zlar ham qo’llanishi ham mumkin.
  Boshqaruvda ko’pincha ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi, she’riy asarlarda qofiya talabi bilan bosh so’z oldin, ergash so’z keyin kelishi mumkin.

  Moslashuv bosh so’z bilan ergash so’zning shaxs-sonda mosligidir. Bunda bosh va ergash so’z qaratqich kelishigi hamda egalik qo’shimchasi yordamida birikadi: qaratqich kelishigi qo’shimchasi ergash so’zga, egalik qo’shimchasi bosh so’zga (ba’zan har ikkalasiga ham) qo’shiladi: ukamning kitobi. Ega va kesim ham moslashuvda bog’lanadi.

  Moslashuvda odatda ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi. Ba’zan she’riy asarlarda bosh so’z avval, ergash so’z keyin keladi: Qalbim mening quvonchga to’ldi.
  Moslashuvda ba’zan qaratqich kelishigi yoki egalik qo’shimchasi tushirilishi mumkin: maktab hovlisi, bizning maktab kabi.
  Moslashuv usuli bilan shakllangan birikmalar asosan otli birikmalar hisoblanadi, chunki ot bilan ot qaratqich kelishigi yordamida bog’lanishi ma’lum.
  Nutqimizda uchraydigan a’zoyi badani, oynayi jahon kabi fors-tojik tilidan kirgan birikmalar bir so’z sifatida qo’llanaveradi.

  Bitishuv. Ergash so’zning bosh so’z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatidan yoki so’z tartibi yordamida birikishi bititshuv deyiladi. Bitishuvda doim ergash so’z avval, bosh so’z keyin keladi: tiniq suv, katta ko’cha. Ularning o’rni o’zgartirilsa, gap hosil bo’ladi: Suv tiniq. Ko’cha katta.

  Bitishuvda ergash so’z vazifasida sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so’zlar keladi: qizil gul, tez yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o’qigan odam. Bosh so’z ot va fe’l so’z turkumidan iborat bo’ladi.
  Birga o’qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash kabi birikmalar o’rin-payt, jo’nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari, ko’makchilar bilan bog’langan bo’lishiga qaramay, boshqaruv emas, balki bitishuv sanaladi.
  Devor soat, uy vazifa, ot to’rva, non zavod kabi xoslik, mansublik munosabatini bildiradigan birikmalar ham bitishuv munosabatiga misol bo’la oladi.
  ESLATMA: nutqimizdagi ikki qavatli maktab, qish faslida borish kabi birikmalar tarkibidagi ikki qavatli, qish fasli birikmalari bir butunicha maktab, borish so’zlariga bog’lanadi, shuning uchun ikki qavatli, qish fasli birikmalari ajralmas birikma deb yuritiladi.

Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘zlari (iboralari) va qo‘shimchala ridagi imkoniyatlarini sintaksisda, yani gap qurilishida namoyon qiladi. Sintaksis tilimiz imkoniyatlarining ko‘zgusidir. Biz ifodalayotgan til turli birliklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri tilda o‘zining muhim vazifasini bajaradi. Til birligi- bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan farqlanadigan til hodisasi.

Gap, so‘z birikmasi, so‘z, tovush, qo‘shimcha tilning birligi sanaladi. Tovush og‘zaki nutqning eng kichik, mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismidir. Gap odatda bir so‘zdan yoki bir necha so‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan ham tashkil topishi mumkin.

Bir so‘zning boshqa so‘zga ma’lum grammatik vositalar (grammatik qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) yordamida bog‘lanishi grammatik bog‘lanish hisoblanadi.

‼ Gapda so‘zlarning bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi:




Download 70.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling