So`nggi qo`ng`iroq


Download 21.28 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi21.28 Kb.
#1525969
  1   2   3
Bog'liq
2023 so`ngi qo`ng`iroq


So`nggi qo`ng`iroq


Maktab hovlisi bayramona bezatiladi. Kiraverishda “Xayr, jonajon maktab!”, “Sizga ta’zim, sizga ehtirom”, “Oq yo’l sizga bitiruvchilar” kabi shiorlar osiladi. Maktabga ota – onalar, homiy tashkilotlar vakillari, mahalla faollari, faxriy o’qituvchilar va boshqa mehmonlar taklif qilinadi.
Xazinamsan ,taxtim o`zingsan,
Qiyosi yo`q baxtim o`zingsan.
Yer yuzining jannati sensan,
Yaratganning san`ati sensan.
Jannatbog`im,hazrat tog`imsan.
Mehribonimsan ,sajdagohimsan.
Sen onasan muqaddas Vatan!
Yagonasan muqaddas Vatan!
Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar.Bugungi tadbirimizga tashrif buyurgan mehmonlar va ota-onalar.
Assalomu alaykum, yetuklik damlarining unitilmas daqiqalarini qalblarida hayajon bilan qarshi olayotgan bitiruvchilar va bugungi kechamiz qahramonlariga havas bilan tikilayotgan jajji o`quvchilar!
Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida – “So’nggi qo’ng’iroq” sadolari yangraydi.Biz bugun bitiruvchilar orziqib kutgan quvonchli va hayajonli damlar arafasida turibmiz.11 yil ta’lim olgan qadrdon maktab bilan xayrlashish qanchalik og’ir ekanini ayni shu daqiqalarda his qilayapmiz. Lek hayot, vaqt faqat oldinga intiladi. Shunday ekan ,keling ayni damda bugungi shodiyona sababchilari bo`lgan BITIRUVCHI o`quvchilarni davramizga taklif qilamiz.


(11-sinflarni musiqa sadolari ostida taklif qilamiz)
11-A
11-B
11-V
O’zbekiston noming ulug’,sensan ona Vatanim
Shuhratingga ko’ksim to’liq, o’zingsan joni-tanim
Saodating men kuylayman, dildan suyub madhiyang
Azim diyor poying qutlug’,posbonimsan Vatanim
Bugungi tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.
(Madhiya yangraydi)

Bugungi tadbirimizga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtiramiz


(Tanishtiriladi mehmonlar)
_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Endi esa bitiruvchi o`quvchilarimizni tabriklash uchun so`zni maktabimiz direktori Bekmuxamedova B.Q ga beramiz.



Download 21.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling