So`nggi qo`ng`iroq


Download 21.28 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi21.28 Kb.
#1525969
1   2   3
Bog'liq
2023 so`ngi qo`ng`iroq

Boshlovchi:Umr deb atalmish cheksiz ummonda bir zot yashaydi, ul zot sham kabi butun olamga ziyo taratadi, bu zotlar ustozlardir!Ularga qancha ta`zim qilsak ham oz.Bugun ham mana shunday buyuk ustozlarga o`z dil izhorlarini aytish uchun ko`zlarida hayajon bilan bitiruvchi sinf o`quvchilarimiz hamda 1 va 4-sinfni bitirayotgan jajjigina o`quvchilarimiz navbar kutib turibdi keling ularni davramizga taklif qilsak.

1.Vatan qo`shig`I ( Dildorani o`g`li )


2.Raqs “Chamanda gul” 3-sinf o`quvchilari
3.Vals .1-sinf o`quvchilar.
11-sinf o`quvchilar chiqadi:
1-o`quvchi:
Assalom yoshlikning eng ulug‘ tonggi
Ko‘zlari yoshlangan Ustoz, assalom!
Mustaqil hayotga ko‘zini tikib,
Quvonchdan entikkan tengdosh, assalom!


2-o`quvchi:
Assalomu alaykum, munis va mehribon, qalbida ilm gavharini tizgan mehri daryo ustozlar!
Assalomu alaykum, bugun yuragi ham quvonch, ham shodlik bilan to‘lgan orzular qanotida uchayotgan qadrdon sinfdoshlar.
3-o‘quvchi:
Mana bugun biz uchun so`nggi qo`ng`iroq jaranglamoqda. Garchand shu kunni orziqib, havasla kutgan bo’lsakda, qalbimizning tub – tubidan shu aziz maktabimiz quchog’ida, sinfdoshlar davrasida yana bir kungina qolgimiz keladi.
1-o‘quvchi:
Qo‘llarim ko‘ksimda ta’zimda bu kez,
Sizgadir olqishim yurak so`zlarim.
Otaday talabchan, onaday munis,
Hayot qadar qimmat, siz Ustozlarim!
2-o‘quvchi:
Ustoz, ko‘zlaridan mehr, yuzlaridan nur yog‘ilib turgan qalbi esa oppoq ezgulikka yog‘irilgan zot!Ustoz, hayotimiz poydevoriga asos solib, uni mustahkam quruvchi zot!
3-o‘quvchi:
Bahorning eng go’zal gullari sizga
Quyoshning eng yorug’ nurlari sizga
Umrning eng baxtli yillari sizga
Biz uchun doimo azizsiz, ustoz!
Boshlovchi:

Deydilar dunyoda aslida kim aziz
Aytdilar ustozdir ustoz begumon
Tagin aytdilarki ,aziz shubhasiz
Ustozning qadriga yetolgan inson

Bugun mana 11-sinf o`quvchilrimiz ustozlarga ozgina bo`lsada hursand qilish maqsadida gullar taqdim etish uchun shay bo`lib turishibdi.Marhamad ustozlar gullarni qabul qilib olamiz.Hayotingiz doimo mana shu gullargay go`zal bo`lsin.




1. Ataboyeva Feruza
2.
3.Tojiyeva Nargiza
4. Mazluma Nazarovna
5. Abdulxadjayeva Hosiyat
6. Dehqonov G`ofur
7. Iqromova Ozoda
8. Rajabova Dilafro`z
9.Tojiboyeva Aysuli
10. Ashurova Ra`no
11.Berdiyeva Husnobod
12.Umirova Gulmira
13.Mirzayev Nodir
13. Kamoliddin
14. Bilol
15.Sultonova Nafosat
Maktabimiz ma`muriyatiga ham bitiruvchi o`quvchilarimiz o`z minnatdorchiligini bildirib qoladi.
1.Maktabimiz rahbari : Bekmuxamedova Barno Qudratillayevna
2.Zulfiya Ergashevna
3.Lobar Mahmudovna
4.Dildora Anvarovna
Mana shu o`quvchilarimizni bugungi kungacha o`z farzandlaridek yaxshi ko`rib har bir daqiqasini shular bilan birga o`tkazgan aziz va jonkuyar sinf rahbarlarini ham davramizga chorlab qolamiz.Sizning mashaqqatli mehnatlaringizni qanchalar qadrlab, e`zozlasak ham oz.
11-A sinf rahbari: Rahmonova Muhabbat
11-B sinf rahbari: Rahimova Munisa
11-V sinf rahbari: Rasulova Farida
Dunyo sizlar bilan oboddur bu kun
Boshimiz tekkuncha qilamiz ta’zim
Shogird kalomi sizgadir bu kun
Sizdan minnatdormiz aziz muallim.
(Sinf rahbarlariga gul taqdim etiladi ota onalar tabrigi)
Taqdirlash 11 sinf o`quvchilarini.
Tadbirimiz davom etadi davramizga yana 11-sinf o`quvchilarini taklif qilamiz
11-B sinf qo`shiq
11-V sinf qo`shiq

Mana hayajonli daqiqalarga ham yetib keldik.Bitiruvchilarimiz uchun hozir so`nggi qo`ng`iroq chalinadi.

Download 21.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling