1-amaliy mashg`ulot topshirig`i


Download 70,54 Kb.
bet10/19
Sana08.01.2022
Hajmi70,54 Kb.
#251312
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
1-amaliy mashgulot topshirigi

Tayanch tushunchalar

Qolip, hosila, qolipning tarkibi, umumiylik, xususiylik, umumlashtirish, nosintaktik hodisa, qolipning shakliy tomoni, qolipning mazmuniy tomoni. Valentlik, tobe valentlik, hokim valentlik, imkoniyat, sintaktik aloqa, leksik valentlik, sintaktik valentlik, morfologik shakl valentligi, gap, so‘z birikmasi, lison, nutq, umumiylik, xususiylik

Reja



1.§. Lisoniy sintaktik qolip.

2.§. Valentlik haqida tushuncha.

3.§. Sintaktik aloqa.
1.§. Lisoniy sintaktik qolip. LSQni aniqlashda ham LSQga daxldor bo‘lmagan, bir qolipdan chiqqan nutqiy hosilalarning turli-tumanligini keltirib chiqarayotgan hodisalar LSQga bog‘liq bo‘lmagan nosintaktik hodisalar sifatida ahamiyatsiz deb qaraladi va e’tibordan soqit qilinadi. Masalan, Gulnoraning kitobi nutqiy hosilasining mohiyati, ya’ni LSQini aniqlamoqchi bo‘lsak, shu ko‘rinishdagi va turdagi so‘z birikmalarini tasavvurimizda to‘plab, saralaymiz. Shu usulda Muniraning daftari, Sitoraning ruchkasi kabi yuzlab nutqiy so‘z birikmalarida

[otatoqli → otturdosh = otdan anglashilgan pred./shaxsga tegishli narsa]

umumiyligini topgandek bo‘lamiz. Biroq mening kitobim, uning ruchkasi, bizning uyimiz, qizilning qizili, yashashning zavqi nutqiy birikmasini oldingi so‘z birikmalari bilan qiyoslash natijasida ularning farqli ekanligiga, qolipga solib ko‘rish natijasida unga joylashmayotganligiga amin bo‘lamiz. Zero, LSQning birinchi uzvi ot turkumiga mansub so‘z bo‘lishi kerak edi. Misollarda esa tobe uzvlar – olmosh. Shuningdek, LSQning ikkinchi uzvidagi egalik kategoriyasi III shaxs qo‘shimchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Yuqorida qoliplarning umumiylik tabiatiga ega ekanligini, unda nutqiy hosilalarning umumiy, bir xil belgilari o‘rin olishini ta’kidlagan edik. Shuning uchun nutqiy hosilalardan farqlarni fikran chetlashtirib, umumiy belgilarni saqlab qolamiz. Кeltirilgan birinchi (tobe) a’zolardagi umumiylik va farqlarni quyidagicha beramiz (28-jadval):

Umumiylik


Farqlar

1.1.Erkak kishining ismi + qaratqich kelishigi



Halim oti +ning

1.2.Qiz bola ismi+qaratqich kelishigi




Munira oti+ningSitora oti+ning

1.3.I shaxs birlik kishilik olmoshi




Men olmoshi+ning

1.4. II shaxs ko‘plik kishilik olmoshi




Biz olmoshi+ning

1.5.Sifat+qaratqich kelishigi


Qizil sifati +ning


1.6.Harakat nomi+qaratqich kelishigi




Yashash harakat nomi+ning

Farqlarni e’tibordan soqit qilib, olingan umumiylik asosida LSQning birinchi (tobe) a’zosini tiklaymiz. Nisbiy umumiyliklarni yana birlashtirib, quyidagi

[ ismqaratqich kelishigi + ...

uzvi tiklanadi.

So‘z birikmasining ikkinchi uzvidagi farq va umumiyliklarni ham shu asosda aniqlaymiz (29-jadval):


Umumiylik


Farqlar

2.1. O‘quv vositasi oti + III sh.egalik qo‘shimchasi



kitob oti + i

2.2. Yozish mumkin bo‘lgan narsa oti + III sh.egalik qo‘shimchasi




daftar oti + i

2.3. Rang sifati + III sh. egalik qo‘shimchasi




qizil sifati + i

2.4. Mavhum ot + III sh. egalik qo‘shimchasi




zavq oti + i

2.5. Joy oti + I sh. egalik qo‘shimchasi




uy oti + imiz

2.6. Yozuv quroli + III sh. egalik qo‘shimchasi




ruchka oti + si

Bu a’zoda ham farqlarni chetlashtirib, umumiy belgilarni olib qolamiz. Natijada,

...→ ismegalik qo‘shimchasi]

umumiyligi tiklanadi. Har ikkala a’zoni birlashtirish natijasida [ismqaratqich kelishigi → ismegalik qo‘shimchasi] umumiyligi tiklanadi. Bu umumiylik LSQ bo‘lib, so‘z birikmalaridan chetlashtirilgan mazkur farqlar LSQga aloqador emas.

LSQning shakliy tomoni. LSQ mohiyatan riyoziy tenglamaga o‘xshaydi va u butunlik sifatida tenglik belgisidan chap hamda o‘ng tomonlardan iborat bo‘ladi.

Yuqorida misol sifatida keltirilgan [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi= qaratuvchi-qaralmish] LSQi ham ikki – [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] va qaratuvchi-qaralmish qismlaridan tashkil topgan.

LSQning chap, ya’ni [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] qismi uning shaklini tashkil etadi.

LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi. Xususiy shakl sifatida nutqiy so‘z birikmalari namoyon bo‘ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda – so‘z va qo‘shimcha vositasida ifodalangan, o‘qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilishi mumkin bo‘lgan shakl tushuniladi.

LSQning mazmuniy tomoni. LSQning o‘ng tomoni uning mazmuniy jihati. Yuqorida keltirilgan [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi-qaralmish] qolipining o‘ng, ya’ni mazmuniy qismini «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang munosabatlar» tashkil etadi. «Rang-barang munosabat» deganda har bir nutqiy so‘z birikmasidan anglashiladigan turli ma’no va munosabat tushuniladi. Masalan: mening kitobim – «qarashlilik» stolning oyog‘i – «butun-qism» e’tiborsizlik oqibati – «sabab-oqibat» yashashning zavqi – «holat va uning natijasi».

Birikmalarning o‘ng tomonida ularning xususiy ma’noviy belgisi ko‘rsatilgan. Ular qolipda «rang-barang ma’noviy munosabat» deya birlashtirilgan. Ma’lumki, ko‘pincha, ma’no deganda so‘z atayotgan narsa, predmet, miqdor, belgi kabilar haqidagi tushuncha ifodasi tushuniladi. Masalan, kitob leksemasi aytilganda, uning ma’nosi sifatida «varaqlardan tashkil topgan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi asar» mohiyati tan olinadi. Lekin keltirilgan LSQ ma’nosi esa bunga o‘xshamaydi. Chunki kitob leksema bo‘lib, uning ma’nosi leksik. Lekin LSQ – sintaktik hodisa. Shu boisdan uning ma’nosi ham sintaktik bo‘lmog‘i darkor. Sintaksisda esa «tobe-hokim», «qaratuvchi-qaralmish», «to‘ldiruvchi», «hol», «ega», «kesim» kabi tushunchalar ahamiyatli bo‘lib, sintaktik munosabatni ifodalaydi. Bu munosabat esa sintaktik ma’no sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi birikmalarning o‘ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun-qism», «sabab-oqibat», «holat – uning natijasi» kabilar LSQning mazmuni bo‘la olmaydi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, ular birikmalarning ma’nolarini alohida-alohida aks ettiradi. Lekin LSQi bitta. [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi-qaralmish] qolipining mazmuni esa cheksiz nutqiy hosilalarning ma’nolarini umumlashtiradi.

LSQning [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] shakliy tomoni birikuvchi so‘zlar munosabatidan umumlashtirganligi kabi mazmun tomoni ham nutqiy birikmaning alohida-alohida ma’nosini umumlashtirish natijasi bo‘lmog‘i lozim.

Ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida har bir gap bo‘lagi, so‘z birikmasining turli gap, matn va qurshovdagi ma’nolarini tavsiflashga ko‘p e’tibor qaratiladi. Masalan, (uyni qurmoq) birikmasida (uyni) so‘zshaklining, yoki to‘ldiruvchining ma’nosi «yaratiladigan, bunyod etiladigan narsa», (uyni buzmoq) birikmasidagi (uyni) so‘zshaklining ma’nosi «yo‘qotiladigan manba» tarzida ta’riflanadi. Lekin mulohaza yuritilsa, bu ma’nolar sintaktik emas, balki lug‘aviy bo‘lib, aslida (buzmoq) va (qurmoq) so‘zlariga xos ma’nolar. LSQ esa cheksiz so‘z birikmalarining umumlashmasi. Shu boisdan ularning mazmun tomoni ham cheksiz so‘z birikmalarining alohida-alohida ma’nolaridagi xususiy, farqli jihatlarni chetlashtirib, umumiy, o‘xshash tomonlarni ajratish asosida tiklanadi. Demak, umumiy, lisoniy ma’no xususiy jihatlarni idrok etish asosida birlashtirishdir. Xususiy ma’no, ya’ni har bir so‘z birikmasidagi tezda anglanadigan, ilg‘anishi oson bo‘lgan ma’no ular zamiridagi mohiyatni to‘sib turadi. Ana shu mohiyat anglanishi bilan tadqiqotchi ko‘rinib turgan ma’noning rang-barangligi «aldamchi» ekanligiga ishonch hosil qiladi.

LSQni ajratishning ahamiyati. Tabiatda sof narsa uchramaydi. Har bir modda turli-tuman narsalarning qorishmasidir. Biroq sof moddani ajratib olish maqsadida uzoq vaqtlar davomida tadqiqotlar olib borilgan. Shu tariqa tozalangan atom ximiya fanidagi buyuk «topilma» bo‘ldi. Bu D.Mendeleyev davriy jadvalida o‘z aksini topdi. Til hodisalarini ham «tozalangan» holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Tozalangan atomlardan tabiatda uchramaydigan, lekin zarur bo‘lgan turli-tuman sun’iy moddalar hosil qilinganidek, «tozalangan» LSQ ham boshqa «tozalangan» fonetik, leksik, morfologik hodisalar kabi, bugungi kunda tilni «mashinalashtirish», ya’ni kompyuter orqali matn tarjima qilish, tuzatish, tekshirish kabi zamonaviy «yumush»larda muhim qimmat kasb etadi.




Download 70,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling