A jo`nalish kelishigi b tushum kelishigi
Download 16.45 Kb.
|
majburiy
1. Sizdan talab shuki, vaqtni qadriga yetishingiz, uni behuda o`tkazmasligingiz lozim.Ushbu gapda qaysi kelishik qo`shimchasi uslubiy jihatdan xato qo`llangan? A) jo`nalish kelishigi B) tushum kelishigi C) qaratqich kelishigi D) chiqish kelishigi 2. Zag`chaning turqi ham, ovozi ham qarg`alarga yot edi. Ushbu gapdagi ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi turkumdagi so`z bilan shakldoshlik hosil qiladi? A) ot B) sifat C) ravish D) fe`l 3. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 4. 1) hojib (eshik og‘asi), 2) payg‘om (xabar), 3) degrez (cho‘yandan qozon quyuvchi), 4) yorg‘ichoq (donni maydalash uchun ishlatilgan tosh asbob) 5) bog‘ot (bog‘lar, bog‘li joylar), 6) gisu (soch) Yuqorida keltirilganlardan qaysilari tarixiy so’z hisoblanadi? A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4 C) 2, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6 5`. 1) sayroqi-tutatqi 2) otashin-g‘ishtin 3) qishlik-yoshlik 4) chizg‘ich-yulg‘ich 5) oqshomgi-sezgi 6) erinchoq-maqtanchoq Berilgan juftliklarning qaysilarida ot va sifat yasovchi omonim (shakldosh) qo‘shimchalar ishtirok etgan? A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) barchasida omonim qo‘shimchalar ishtirok etgan 6. Ismlarning lug‘aviy shakllari qo‘llangan javobni belgilang. A) kitobning, kitobim, o‘quvchilar B) uycha, odamlar, Oyxon, quyoshdek C) daftarcha, koptokka, qalamim D) farzandmiz, bolam, mushukcha 7. Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo‘g‘in borligini aniqlang. Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas. A) 12 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 9 ta 8. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida portlovchi tovush tushishi kuzatilgan? A) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. B) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. C) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. D) Odamlar chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. 9. Nega yapon yuz yil yashar-u, O‘zbek buncha yoshga bormaydi? Ushbu she’riy parchada -u yuklamasi qanday vazifada qo‘llangan? A) biriktiruv bog‘lovchisi B) zidlov bog‘lovchisi C) inkor bog‘lovchisi D) ayiruv bog‘lovchisi 10. Pichoq bilan avval anor tojini kesdi. Ma'no ko'chishi turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik Download 16.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling