Ha sen chiroylisan, go’zalsan chindan, Chiroyingga atab she’rlar bitsam oz
Download 13.19 Kb.
|
Chiroyli
Chiroyli Ha sen chiroylisan, go’zalsan chindan, Chiroyingga atab she’rlar bitsam oz. Chiroylisan oydan, go’zalsan tundan, Yarashar kulishing, yarashadi noz. Menchi senga oshiq daydi telbaman, Kunduz sendan qochib, tunda talpingan. Netay, nima qilay, seni sevaman, Mendan so’ramasdan yurak hal qilgan. Men seni sevaman chindan, yurakdan, Lek, yuz uchrashganda sendan qochaman. Va lek, his etaman menga keraksan, Mayli bugun bazo’r yurak ochaman. Diydor ko’rishganda, ko’z toqnashganda, Yuragim o’ynoqlab, yonadi ichim. Xuddi butun olam bir chaqnashganday, Ko’zim ob qochaman topolmay yechim. Ha sen chiroylisan, yanasan mag’rur, O’zingni sevasan hammadan ko’proq. Shu g’urur qursina, o’lsin shu g’urur, O’zimni sevaman, hammadan koproq. Biroq sen men uchun dunyosan o’zga, Seni korganimda g’urur ham o’char. Lekin, ko’p kulasan, yaqinsan ko’zga, Sevgimdagi quvvat so’ng rashkka ko’char. Seni rashk qilish ham noo’rin asli, Va lek, senga yoqar asrashim seni. Hali kelar bizning muhabbat fasli, Hozir faqat do’stmiz, chin do’stim meni! Do’stlik, ha, hozir shu kelar bizga mos, Shu sababdan do’stmiz deyman atayin. Xuddi keyin chopgan yaxshi ot misol, Bizning chin sevgimiz keladi keyin. Nimam yoqar senga bilmayman tayin, Sen juda chiroyli, men bir betayin. Kulishing yoqimli, ovozing mayin, Sen juda go’zalsan, menchi betayin. Sen juda chiroyli, men bir betayin… Download 13.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling