Chiqish kelishigi shakli


Download 38.5 Kb.
Sana06.10.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1693356
Bog'liq
CHIQISH KELISHIGI SHAKLI


CHIQISH KELISHIGI SHAKLI 
Darsning maqsadi:

  1. ilmiy maqsad – chiqish kelishigi shaklini to‘g‘ri qo‘llash,
    uning sinonimlaridan yozma nutqda foydalanishni o‘rgatish;

  1. tarbiyaviy maqsad – ajdodlar timsolida milliy g‘ururni
    shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi maqsad – qiyoslash orqali tafakkurni shakllantirish.
Darsning jihozi: chiqish kelishigining vazifasi, so‘rog‘i, ma’nolari yozilgan jadval, mavjud texnik vositalar. 
Darsning rejasi:

  1. Chiqish kelishigi haqida umumiy ma’lumot.

  1. Chiqish kelishigining ma’nosi, gapdagi vazifasi.

  1. Chiqish kelishigi sinonimlari ustida ishlash.

1-topshiriq shartiga ko‘ra nuqtalar o‘rniga kerakli kelishik shakllari qo‘yiladi. Birikmalarning hokim so‘zdan tobe so‘zga savol berish usuli bilan kelishik shakllari aniqlanadi. Toshkentga ketmoq  qayerga ketmoq? Toshkentdan ketmoq  qayerdan ketmoq? Birinchisida kirmoq, ikkinchisida chiqmoq ma’nolari ifodalanyapti. Tobe so‘z har ikkala qo‘shimchani talab qilyapti. Qolgan birikmalar faqat -dan shaklini oladi. Ikkinchi topshiriq talabiga ko‘ra shu birikmadagi tobe so‘zlarning so‘rog‘i va gapdagi vazifalari aniqlanadi. Tobe so‘zlar qayerdan?, qachondan?, nimadan?, nima sababli? so‘roqlariga javob bo‘lib, gapdagi vazifasi o‘rin holi, to‘ldiruvchi, payt holi, sabab holi sanaladi.
O‘quvchilarga mavzu yuzasidan savollar beriladi. Chiqish kelishigini olgan so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? (Qayerdan?, qachon?, nimaga?, nima sababli?) Chiqish kelishigini olgan otlar gapda qanday vazifada keladi? (O‘rin holi, payt holi, to‘ldiruvchi, sabab holi). Tobe so‘zlarning so‘roqlari, gapdagi vazifalari sinf taxtasining chetiga yozib boriladi, so‘ng jadval hosil bo‘ladi. Ko‘rgazma sifatida quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin. Chiqish kelishigini olgan so‘zlar to‘rt xil ma’no, to‘rt xil so‘roq, to‘rt xil gap bo‘lagi bo‘lib kelishi uqtiriladi.



Birikmalar

Ma’nosi

So‘rog‘i

Gapdagi vazifasi

1

Uzoqdan kelmoq

O‘rin

Qayerdan?

O‘rin holi

2

Sahardan boshlamoq

Payt

Qachondan?

Payt holi

3

Temirdan qattiq

Qiyoslash

Nimadan?

To’ldiruvchi

4

Harakatchanligidan muvaffaqiyat qozonmoq

Sabab

Nima sababli?

Sabab holi

146-mashq shartiga ko‘ra birikmalarning birida kelishik shakli tushirilgan holatida, tushirilmagan holatida, -dan shakliga -ni ning sinonim holatida qanday ma’no anglatishi qiyoslanadi.
Uzumni yedi birikmasida oldiga qo‘yilgan uzumning hammasini yedi (butun), uzumdan yedi deyilganda, uzumdan ozgina (qisman) yeganligi anglashiladi. Nonni yemoq, uzumni yemoq, choyni ichmoq birikmalarida butun ma’nosi, uzumdan yemoq, nondan olmoq, suvdan ichmoq birikmalarida butundan qism ma’nosi aniq anglashilib turganligi bayon qilinadi.
148-mashq shartiga ko‘ra gaplar ko‘chiriladi, chiqish kelishigini olgan so‘zlarga savol berib, gapdagi vazifasi aniqlanadi. Kunlardan bir kun. Hokim so‘zdan qachon? so‘rog‘ini olib, gapda payt holi bo‘ladi. Butundan qism anglashiladi. Alpomishdan so‘radi (kim-dan?), to‘ldiruvchi. Unutganidan (nima qilganidan?), sabab holihurpaytirib olganidan (nima uchun qo‘l tekkizib bo‘lmaydi?), sabab holi.
149-mashq uyga vazifa sifatida beriladi. Namuna: Qo‘lidan «ushlamoq – qo‘lini ushlamoq.
Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling