Yoshlik davri psixologiyasi yoshlik tushunchasi va uning yosh chegaralari


Download 283.08 Kb.
Sana28.09.2020
Hajmi283.08 Kb.
#131689
Bog'liq
Yoshlik davri psixologiyasi


Yoshlik davri psixologiyasi


1. YOshlik tushunchasi va uning yosh chegaralari
Yosh psixologiyasida yoshlik odatda jinsiy voyaga etish bilan boshlanib, kattalikning boshlanishi bilan yakunlanuvchi rivojlanish bosqichi sifatida belgilanadi. Bundagi birinchi chegara – fiziologik chegaradir. Ikkinchisi esa – ijtimoiy. Bu yosh davri murakkab va ko‘pqirralidir.

2. Jismoniy rivojlanish
Erta yoshlik – inson jismoniy rivojlanishining yakunlanish davri. Tananing bo‘yiga o‘sishi o‘smirlik yoshiga nisbatan sekinlashadi. Qizlar 16–17 (farq 13 oy) yosh orasida, yigitlar 17–18 yosh orasida (farq 10 oy) to‘la bo‘yga etadilar. Bolalar qizlardan vazn bo‘yicha biroz ortda qolishi o‘rnini qoplaydilar. Mushaklar kuchi juda tez ortadi: 16 yoshli bola bu jihatdan 12 yoshli boladan deyarli ikki barobar ustunlik qiladi.

3. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati
Yosh yigit bola va katta yoshdagi odam o‘rtasidagi oraliq holatda turadi. Hayot faoliyatining murakkablashishi bilan yoshlarda nafaqat ijtimoiy rol va qiziqishlar doirasining miqdoriy kengayishi, balki ularning sifat o‘zgarishi ham ro‘y beradi.

4. Psixologik xususiyatlar
15-16 yoshli odamning umumiy aqliy qobiliyatlari, odatda, allaqachon shakllanib bo‘ladi va ularning bolalikdagidek tez o‘sishi kuzatilmaydi. Biroq ular mukammallashishda davom etadi. Murakkab intellektual operasiyalarni egallash va tushunchalar apparatining boyishi yigit va qizlarning aqliy faoliyatini mustahkamroq va samaraliroq qiladi, bu esa ularni kattalar faoliyatiga yaqinlashtiradi. Ayniqsa, maxsus qobiliyatlar tez rivojlanadi.

Etinchi davr - etuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha

sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba

uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg’usi unga uzluksiz ravishda

hamroh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini

bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg’unlik tuyg’usi

nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.

Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli, ko’ngilsizliklar vujudga kelganini anglay boshlayli. O’ziga o’zi xisob berish shu davrning muhim psixolgik xususiyatidir. Organizmdagi ayrim o’zgarishlar, umrning tez o’tishi, kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotning har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari yetishmasligini anglash uning psixikasida «turg’unlik» tuyg’usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33-35 yoshlarda mnemologik-attentsion majmua tubdan qayta qurilishidir. Yaxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlariga ajralishi ro’y beradi. Attentsional xolatning omilari saqlanib qoladi, lekin katta yoshdagi inson intellektida xotira va taffakur muhim o’rin tutadi. Biroq o’zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinmalarida, his-tuyg’ularida chuqur iz qoldirmaydi, yetuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo’lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg’usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qoladi. Yetuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to’laroq foydalanish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Bu xol butun kuch-quvvat, aqliy, zo’riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi xisobiga emas, balki muayyan ko’nikma, malaka va mahorat asosida ro’y beradi.

Sakkizinchi davr, ya’ni qarilik inson tariqasida o’z burchini uddalay

olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi

(qoniqqanligi) tuyg’ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida ushbu

yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko’ngil sovish histuyg’ularini ta’kidlab o’tish o’rinlidir. Donolik, soflik, gunohlardan forig’ bo’lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi,



binobarin, har bir alohida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan qarash ularning oliy himmati sanaladi. Qarilik davri yosh psixologiyasida boshqa davrlardan keskin farq qilishi bilan ajralib turadi. Bu davrga kelib, inson mehnat mahsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydi. Qarilik davrida oilaviy turmushga, ijtimoiy hayotga, yashash maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofdagilarga yangicha mezon bilan qaray boshlaydi. Bu yoshda keksalar ijtimoiy hodisalar, kundalik turmush muammolarini tajribaviy vazminlik, sabr-toqatlilik, uzoqni ko‘ra olishlik va yana boshqa pozitsiyalaridan turib ijobiy hal qiladilar. Keksalar har bir voqea-hodisa va narsalarning yaxshi oqibatidan oldin, avvalo, uning yomon oqibatlari haqida o‘z mulohazalarini shakllantirish qobiliyatiga ega. Hayotda qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar, xato va kamchiliklar ularning “Yetti o‘lchab, bir kes” xalqona tamoyiliga asosan hayot faoliyatini olib borishlarini taqozo etadi. Inson keksaygan sari umrining biror daqiqasi behuda o‘tishiga achinadi, yoshlik yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat va donishmandlik bilan to‘ldirishga intiladi.

Shu bilan birga keksalik davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira, tafakkur...), axloq (hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik...) va aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka...) kabi ruhiy holatlarda o‘z aksini topadi. Bu davrda sezgi organlarining zaiflashuvi, asab sistemasining kuchsizlanishi, xotira, tafakkur, diqqatni to‘plashning qiyinlashuvi, unutish jarayonining kuchayishiga olib keladi. Lekin shunga qaramay, keksalarda ma’naviy-ruhiy jihatdan o‘zligini anglashning yanada takomillashuvi, o‘z-o‘zini baholash, nazorat qilish, o‘z-o‘ziga buyruq berish kabi mezonlar, mas’uliyat hissining ortishi, kelajakka intilish, ishchanlik qobiliyatining saqlanishiga olib keladi.
Download 283.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling