Tekshirdi: N. Tursunov termiz 2023 yil o‘zbekistonda Prezident boshqaruvi tizimining joriy qilinishi va takomillashuvi. Reja


Download 83 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi83 Kb.
#1139974
Bog'liq
5- mavzu O‘zbekistonda Prezident boshqaruvi tizimining joriy qilinishi va


TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALSH
SITQI BO’LIM
MUSTAQIL ISH
MAVZU- O‘zbekistonda Prezident boshqaruvi tizimining joriy qilinishi va takomillashuvi:


BAJARDI: 110-guruh talabasi Jo’rayev Foziljon
TEKSHIRDI: N.Tursunov
TERMIZ 2023 YIL
O‘zbekistonda Prezident boshqaruvi tizimining joriy qilinishi va takomillashuvi.


Reja:



  1. O’zbekistonda Prezidentlik Respublikasi boshqaruvining joriy etilishi.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy – huquqiy maqomi.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqaradigan huquqiy hujjatlar.



Adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T; 2003.

  2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. T; 1996

  3. «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini ta`sis etish to’g’risida»gi Qonun. 1990 yil mart.

  4. O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonuni. 1991 yil 18 noyabr

  5. R. Qayumov «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi». T; 1998 .

  6. U. Tadjixanov, X. Odilqoriev, A. Saidov, «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi». T; 2001.y

Demokratiyani, jamiyatni rivojlantirishning tezlashuvi davlatchilik tizimining asta-sekin yangilanishi, prezidentlik lavozimining demokratik tabiatini belgilovchi kafolatlarning SSSR Konstitutsiyasida mustahkamlanish 1990 yilda Sovet Ittifoqida prezidentlik lavozimining ta`sis etilishiga olib keldi. Shundan so’ng, ittifoqdosh respublikalarda ham prezidentlik lavozimlari ta`sis etilib, respublikalar prezidentlik boshqaruviga o’ta boshladilar.


O’zbekiston Respublikasi ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo’lib prezidentlik boshqaruviga o’tdi va respublikada Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi.
«Prezident» tushunchasi Konstitutsiyaviy – huquqiy ma`noda davlat boshlig’ini anglatsa, lug’aviy ma`nosi «oldinda o’tiruvchi» yoki «yuqorida o’tiruvchi» demakdir.
Prezident davlatni jipslashtirishi, davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta`minlashi lozim.
Prezident davlat organlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning oliy vakilligini amalga oshiradi.
O’zbekistonda Respublikasida prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda Respublika Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ta`sis etildi va shu munosabat bilan O’zbekistonning 1978 yil Konstitutsiyasiga Respublika prezidenti haqidagi maxsus 12-bob kiritildi. Respublika Konstitutsiyasiga 118 – moddada O’zbekiston Respublikasi prezidenti davlat boshlig’i deb e`lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida xalq deputatlari tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylandi.
1991 yil 29 dekabrda bo’lib o’tgan respublika prezidentligiga saylov «O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to’g’risida»gi 1991 yil 18 noyabr Qonuniga asosan amalga oshirilgan. 1991 yil dekabridagi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik vaqtida ushbu lavozimga ikkita nomzod: O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi va O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasidan I.A.Karimov va «Erk» partiyasidan uning rahbari M.Solih ko’rsatilgan edi.
Saylov to’g’risidagi qonunga asosan, Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarni ko’rib chiqib, ikkala nomzodni ro’yxatga oldi.
Markaziy Saylov Komissiyasi 1991 yil 30 dekabrda saylov natijalarini yakunlab, saylov to’g’risidagi qonunning 35-moddasiga asosan, saylovchilarning 86 foiz ovozini to’plagan I.A.Karimov 1991 yil 29 dekabrdagi saylovda saylangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ekanligi to’g’risida qaror chiqardi .
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs surunnasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91-moddasiga ko’ra, prezident o’z vazifasini bajarib turgan davrda quyidagi vazifalarni birga olib bormasligi kerak:
Birinchidan, boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallash;
Ikkinchidan, vakillik organining deputati bo’lishi;
Uchinchidan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizlik huquqiga ega. Prezidentning daxlsizligi mutlaq bo’lib, u bajaradigan majburiyatlardan kelib chiqib, prezidentning qonunlar bilan alohida muhofaza etilishini anglatadi.
Prezident shaxsining daxlsizligi unga qarshi jinoyat ishi qo’zgatilishi mumkin emasligini bildiradi. Prezident majburiy ravishda, masalan, guvoh sifatida sudga chaqirilishi, majburiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Prezident hibsga olinishi, tintuv etilishi va shaxsiy ko’zdan kechirilishi mumkin emas. Shu ma`noda Prezidentning shaxsi daxlsizdir.
O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab, o’z lavozimini bajarishga kirishadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti parlament deputatlari oldida tantanali ravishda qasamyod qabul qiladi. Qasamyod qabul qilishda Prezidentning qo’l ostida Konstitutsiya matni bo’ladi. Prezident O’zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning konstitsiya va qonunlariga qat`iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qiladi. Prezident qasamyod qabul qilishi bilan, davlat madhiyasi ijro etiladi. Agar bir shaxs ikkinchi marta Prezident bo’lib saylansa, qasamyod takroran qabul qilinadi.
Prezidentning qasamyodi faqat rasmiy tantanali marosim sifatidagina qabul qilinmaydi. Shuningdek, u yuridik ahamiyatga ham ega.
Prezident qasamyodining yuridik ahamiyati quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Prezident qasamyod qabul qilishi bilan o’z lavozimiga kirishadi va o’zining Konstitutsiyaviy vakolatlarini bajara boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab, oldingi Prezident o’z vakolatini tugatadi;
Ikkinchidan, qasamyodning matni odatda Konstitutsiyada beriladi, xalqqa e`lon qilinadi va parlamentni oldida Prezident tomonidan tantanali qabul qilinadi, qasamyod matnida Konstitutsiyaga sadoqat, xalq va davlatga xizmat qilish bilan birga, ko’pincha diniy tusdagi ifodalar bo’ladi yoki kasamyod Qur`onda yoxud Injilda qabul qilinadi;
Uchinchidan, qasamyodni buzish Prezidentni javobgarlikka olib keladi, bu uning o’z lavozimidan chetlatilishi uchun asos bo’lishi mumkin (bunday marosim ko’p mamlakatlarda impichment nomini olgan);
To’rtinchidan, prezident o’ziga bevosita berilmagan vakolatlarga asoslangan harakatlarida unga qasamyod yuklagan majburiyatlarni ro’kach qilish imkoniga ega.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomiga, xususan, 93-moddasi respublika Prezidentining vakolatlariga bag’ishlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyasida ko’rsatilgan vakolatlarini maqsadi, mazmuniga ko’ra, shartli ravishda bir necha guruhga bo’lish mumkin:

  1. Qonunchilik va qonuniylik sohasidagi vakolatlar;

  2. Davlat organlarini tuzish sohasidagi vakolatlar;

  3. Fuqarolarning huquq, erkinliklari, burchlari va qonuniy manfaatlari sohasidagi vakolatlar;

  4. Xalqaro munosabatlar sohasidagi vakolatlar;

O’zbekiston Prezidentining qonunchilik va qonuniylik sohasidagi vakolatlarining asoslari O’zbekiston Konstitutsiyasida ko’rsatilgan. Respublika Prezidenti, birinchi navbatda davlat boshlig’i sifatida davlat va jamiyat rivojlanishining asosiy strategik yo’nalishlarini ishlab chiqadi va ularni Oliy Majlis yigilishlarida e`lon qiladi. Prezidentning bunday dasturlarida respublika oldida turgan vazifalar ularni hal etish yo’llari, qonunchilik sohasidagi asosiy yo’nalishlar ko’rsatib beriladi.
Respublika Prezidenti davlat rahbari sifatida qonunchilik jarayonining bevosita ishtirokchisidir. Konstitutsiyaning 82-moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. U Oliy Majlisga qonun loyihalarini yoki biror masala bo’yicha qonun ishlab chiqishni taklif etishi mumkin. Bu bilan Respublika Prezidenti qonunlar yaratilishining boshlang’ich davrida ishtirok etadi. Respublika Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonun loyihalari muhokama qilinayotganda istagan vaqtida so’z olib, o’z fikrini bildirishi mumkin.
Konstitutsiyaning 93-moddasi 14-bandiga asosan, respublika Prezidenti Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolaydi. Bu holat esa Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolaydi. Bu holat esa Oliy Majlis qabul qilgan qonun faqat respublika Prezidenti imzosidan keyingina kuchga kirishni bildiradi. Prezident o’z e`tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga, tasdiqlashni kechiktirishga haqlidir.
Agar Oliy Majlis o’zi qabul qilgan qonunni ilgarigi holatda deputatlarning uchdan ikki qismining ovozi bilan tasdiqlasa, Prezident qonuni imzolaydi.
Prezidentning qonuniylik sohasidagi faoliyati qonuniylikni ta`minlashda ishtirok etuvchi organlarni tuzishda, ularning faoliyatini nazorat qilib turishda o’z ifodasini topadi. Respublika Prezidenti Respublika Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, ularning qonunlarning bajarilishini ta`minlash sohasidagi faoliyatini nazorat qiladi. Bundan tashqari, respublika Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va davlat qonunlariga amal qilinishiga, davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunchilikni amalga oshirishlariga kerakli sharoitlar yaratadi.
O’zbekiston Konstitutsiyasida Respublika Prezidentiga davlat organlarini tuzish, ularning rahbarlarini tayinlash borasida katta vakolatlar berilgan. Bunda ularning ayrimlarini respublika prezidenti bevosita o’zi tuzadi yoki ularni tuzish, tayinlash, saylash, tasdiqlash uchun tavsiya qiladi.
Prezident O’zbekiston Konstitutsiyaviy sudining raisi va a`zolari, Oliy sud raisi va a`zolari, Oliy xo’jalik sudi raisi va a`zolari lavozimlariga nomzodlarni, tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisi, Markaziy bank boshqaruvining raisi lavozimiga nomzodlarni Oliy Majlis Senatiga taqdim etadi.
Prezident Respublika Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi hamda bu masalani tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga kiritadi. Viloyatlar hokimlarni va Toshkent shahar hokimiyani tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig’iga qo’yadi.
Viloyat, tuman, shahar sudlari va xo’jalik sudlarining sudyalari respublika prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Konstitutsiyaning 93-moddasi 12-bandiga asosan, respublika prezidenti Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki sha`ni va qadr-qimmatiga dog’ tushadigan hatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini ham o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqlidir. Bundan tashqari respublika Prezidenti milliy xavfsizlik va davlat nazorati xizmatlarini tuzadi, ularning rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi. U Qurolli Kuchlarning oliy qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi.
Konstitutsiyaning 95-moddasida respublika Prezidentiga o’ta muhim vakolat yuklangan bo’lib, bu Oliy Majlisni tarqatib yuborish huquqidir. Respublika Oliy Majlisi qonunchilik faoliyatida hal qilish qiyin bo’lgan qarama-qarshiliklar, ixtiloflar bo’lishi yoki Oliy Majlis bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qabul qilgan bo’lishi mumkin. Bunday holatlar Oliy Majlisning normal faoliyatini tahdidga soladi.
Respublika Prezidenti davlat boshlig’i sifatida bunday hollarda o’zining Konstitutsiyaviy vakolatlaridan foydalanib, ixtilofni hal qilish choralarini ko’radi. Hal qilib bo’lmayligan ixtiloflar yuzaga kelgan taqdirda, Konstitutsiyaning 95-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida Oliy Majlisni tarqatib yuborish huquqi berilgan. Oliy Majlis favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatilishi mumkin emas.
O’zbekiston Konstitutsiyasida Respublika Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishning kafilidir, deb belgilangan. Respublika Prezidenti fuqarolarning huquq va erkinliklarini respublika hududidagina emas, balki uning tashqarisida, boshqa davlatlar hududlarida ham ta`minlashning asosiy kafili bo’ladi.
O’zbekiston Prezidenti respublika fuqaroligiga qabul qilish, siyosiy boshpana berish masalalarini ham hal qiladi.
O’zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va faxriy yorliqlari bilan fuqarolarni mukofotlaydi.
Fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash borasida ham respublika Prezidentiga katta vakolatlar berilgan. Prezident inson huquqlarini himoya qilish uchun shaxsan javobgardir. Respublika Prezidenti fuqarolar xavfsizligini saqlash uchun kerakli choralar ko’radi. Jumladan, favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar,yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashni ko’zlab, O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning tasdig’iga kiritadi.
O’zbekiston Prezidenti xalqaro munosabatlarda respublika nomidan ish ko’radi. Uning xalqaro sohadagi vakolatlarni ana shu holda belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan vaqtda xalqaro miqyosda aloqa qilishga umuman huquqi yo’q edi. Mustaqillikka erishgandan so’nggina, u xalqaro munosabatlarda mustaqil sub`yekt sifatida ishtirok etmoqda.
Respublika Prezidenti birinchi navbatda mamlakat xalqaro siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, o’z davlatining vakili sifatida xalqaro munosabatlarda yuqori vakillikni olib boradi; chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar o’tkazadi, bitim va shartnomalar tuzadi, ularni imzolaydi, respublikaning tuzilgan hujjatlarga rioya etishini ta`minlaydi.
Respublika Prezidenti o’z huzurida akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik va boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi.
Respublika Prezidenti mamlakatimizga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish bo’yicha tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zarurati tug’ilganda urush holati e`lon qilish huquqiga ega va bu to’g’ridagi qarorini uch kun mobaynida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning tasdig’iga kiritadi.
Respulika Prezidenti Konstitutsiyada ko’rsatilgan ushbu vakolatlarini amalga oshirish uchun yordamchi tariqasida Prezident devonini tuzadi va uning ishiga rahbarlik qiladi. Respublika Prezidentining devoni alohida davlat hokimiyati organi hisoblanmaydi. Uning vazifasiga Prezidentning vakolatlarini amalga oshirishda zarur tashkiliy, huquqiy-maslahat, moddiy-texnik va boshqa har tomonlama sharoit yaratib berish, Prezidentning boshqa davlat tizimi organlari bilan aloqasini mustahkamlashda yordam berish kiradi. Respublika Prezidenti o’z faoliyatining asosiy sohalari bo’yicha davlat maslahatchilarini tayinlaydi va ular orqali Prezident devoni ishiga rahbarlik qiladi.
Isloxatlar yo’lini bundan buyon ham jadal amalga oshirshda g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lgan yirik muammolar yuzasidan qabul qilingan qarorlarni birgalikda muhokama etish va qabul qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida maxsus iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo’yicha idoralararo kengash tuzilgan. Kengash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yagona strategiyasini hamda bu strategiyani ro’yobga chiqarishning amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, iqtisodiy har tomonlama rivojlantirish muammolarini muhokama qiladi va ular yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi. Bu tavsiyalar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga asos bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91-moddasiga ko’ra, Respublika Prezidenti o’z vazifasini bajarib turgan davrida boshqa xaq to’lanadigan lavozimni egallashi, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi hamda vakillik organining deputati bo’lishi mumkin emas. Bu holat Prezidentning ijroiya hokimiyatini boshqarishdan va hokimiyat bo’linishi prinsipiga asosan qonunchilik hokimiyatidan mustaqil bo’lishi kerakligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham Prezident davlat boshlig’i sifatida bevosita saylovchilar tomonidan saylanadi, o’z vakolatlarini xalqdan oladi. Uning daxlsizligi qonun bilan mustahkamlangan. Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi prezidenti bo’lgan shaxs bu lavozimni surunkasiga ikki muddatdan ortiq egallashi mumkin emas.
Vakolati tugashi munosabati bilan iste`foga chiqqan Prezident umrbod Senat a`zosi lavozimini egallaydi. Bu norma davlatchilik sohasidagi katta tajribaga, bilimga ega bo’lgan, O’zbekiston mustaqilligi, ravnaqi, obro’si uchun katta xizmat qilgan shaxsdan xalq manfaati uchun yana foydalanish imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig’i ifatida o’z vazifalarini amalga oshirish jarayonida huquqiy normalar yaratish faoliyati bilan ham shug’ullanadi. Konstitutsiyaning 94-moddasiga muvofiq, Prezident Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Prezident farmoni Oliy Majlis tomonidan qo’shimcha tasdiqlashni talab qilmaydi. Ushbu farmonlarda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlari, mulkchilikning har xil turlari, aholining nochor tabaqalarini ijtimoiy muhofaza qilishga doir masalalar o’z aksini topadi.
Farmonlar O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ravishda, ularning ijrosini ta`minlash, Prezidentning Konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida chiqariladi. Shuning uchun Prezident farmonlarini Konstitutsiya darajasidagi huquqiy akt deb aytish mumkin.
Prezident vakolatlarining ijrosi yuzasidan chiqarilgan farmonlarni qonunlar orqali yoki boshqa organlarning aktlari bilan bekor qilish yoki o’zgartirish mumkin emas.
Respublika Prezidentining farmonlari jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va mafkuraviy sohalari bo’yicha qabul qilinadi. Bu farmonlar qaratilgan ob`yektlarning tavsifi va keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatiga qarab normativ va normativ bo’lmagan farmonlarga bo’linadi.
Normativ farmonlar ko’p marta qo’llanishga mo’ljallab chiqariladi va ma`lum normativ qoidani o’rnatadi. Bunday farmonlar huquqiy munosabatlarning barcha sub`yektlari uchun majburiydir.
Normativ bo’lmagan farmonlar (individual farmonlar) esa ayrim shaxslarga qarata chiqarilgan bo’lib, aynan ular uchun daxldor bo’lgan huquqiy oqibat keltirib chiqaradi. Jumladan, konkret shaxsga unvon berish, taqdirlash yoki afv etish to’g’risidagi farmonlar bunga misol bo’la oladi.
Prezident farmonlarida qabul qilingan yechimlar uning qarorlarida huquqiy asosda batafsil yoritib beriladi va zarur chora-tadbirlar bilan mustahkamlanadi. Qarorlar vositasida iqtisodiy islohotning jadal sur`atda borishi huquqiy jihatdan tartibga solinadi, iqtisodiyotning g’oyat muhim bo’g’inlari va sohalarida o’zgarishlar qilinadi.

Aim.uz



Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling