6-variant Budjet ijrosi yuzasidan hisobotlar tuzish, ularni ko’rib chiqish va tasdiqlash
Download 69.06 Kb.
|
Shaxzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob: Budjet jarayoni
- Budjetni rejalashtirish
- Budjet soʻrovi
6-variant Budjet ijrosi yuzasidan hisobotlar tuzish, ularni ko’rib chiqish va tasdiqlash (budjet jarayoni; davlat budjeti loyihasini tuzish; budjetni rejalashtirish; budjet buyurtmasi; budjet so’rovi; budjetтш ko’rib chiqish va qabul qilish; budjetni ijro etish va nazorat qilish; budjet tizimi budjetlarining ijrosi; budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash) 20 ball Javob: Budjet jarayoni — davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni . — Bu faoliyat bosqichma — bosqich amalga oshiriladi va har yili takrorlanib turadi . Budjet jarayoni bosqichlarining davomiyligi byudjet loyihasini tayyorlashdan boshlab byudjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlash jarayoniga qadar boʻlgan muddat uch yilni tashkil etadi. Budjet jarayonining mazmuni mamlakatning davlat va byudjet tuzilishi, davlat hokimiyati organlarining byudjet huquqlari bilan belgilanadi. Budjetni rejalashtirish — byudjetni tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning rejali jarayoni. Budjetni rejalashtirishning asosiy vazifasi iqtisodni koʻtarish uchun zarur boʻlgan barcha resurslarni aniqlash va jamlash hamda ulardan davlatning iqtisodiy qudratini, aholining ijtimoiy ahvolini muntazam oshirib borishda foydalanishdan iborat. Shuningdek, Budjetni rejalashtirish orqali davlatning ayrim iqtisodiy koʻrsatkichlari, davlat byudjetining daromad va xarajatlari qismi tekshiriladi hamda iqtisodiy balans taʼminlanadi. Budjet soʻrovi — byudjet tasnifi boʻyicha tushumlarni shakllantirish va byudjetdan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi soʻrov. "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" gi OʻzR Qonunining 25-m.siga muvofiq, OʻzR Moliya vazirligi har yili OʻzR VM tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: — — tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalari loyihalarini tayyorlash uchun — QR Vazirlar Kengashiga, vil.lar va Toshkent sh . hokimlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalarni taqsimlovchi organlarga; byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni olish uchun respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablagʻlari oluvchilarga Budjet soʻrovi yuboradi. QR Vazirlar Kengashi, vil.lar va Toshkent sh. Hokimlari Budjet soʻrovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi. QR Moliya vazirligi, vil.lar va Toshkent sh . moliya organlari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida: tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlashi uchun tum. va sh. Hokimlariga; QR byudjeti va mahalliy byudjetlardan byudjet mablagʻlari olishga buyurtmalar tuzish uchun — QR byudjetidan, vil.lar va Toshkent sh . byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablagʻlari oluvchilarga Budjet soʻrovi yuboradi. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning yillik moliyaviy hisobotlari kelgusi hisobot yilining 1-yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga tuziladi. Budjet tashkilotlari tarmoq, shtat va kontingentlar rejalarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobot shakllariga muvofiq tuzadi va topshiradi. Download 69.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling