Sinf 5 “a” 5 “b”
Download 1.71 Mb.
|
5-sinf INFORMATIKA konspektlari 1-17 dars.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 -dars. Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari Darsning maqsadi: Ta`limiy
- Tarbiyaviy maqsad
- Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
- Asosiy tushunchalar: Asosiy tushunchalar
- Xavfsizlik texnikasi qoidalari
- Sanitariya-gigiyena talablari Kompyuterda
- IV. Mavzuni mustahkamlash
- V. Darsni yakunlash: VI. Uyga vazifa berish
- Sinf 5 - “a” 5 - “b” Sana
- 2-dars. KOMPYUTER. KOMPYIJTERNING ASOSIY QURILMALARI VA ULARNING VAZIFALARI
- Dars turi
- III. Yangi mavzuni tushuntirish
1-dars. Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari Darsning maqsadi: Ta`limiy:- O‘quvchilarga informatika hal qiladigan masalalarning xilma-xilligini va bu masalalarni ishlashda kompyuterning ahamiyatini ko‘rsatish, o‘quvchilarga kompyuter xonasidan foydalanishni o‘rgatish, texnika xavfsizligi qoidalarini bilish, o‘quvchilarni sanitariya - gigiyena talablariga rioya etishga o‘rgatish. Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo‘naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning informatika fani haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi. Dars metodi: suhbat, klaster, aqliy hujum Darsda foydalaniladigan jihozlar: kompyuterlar, slaydlar, tarqatma materiallar, rasmlar, plakat. Darsning rejasi: I.Tashkiliy qism: II. O’tilganlarni takrorlash: III. Yangi mavzuni tushuntirish IV. Mavzuni mustahkamlash: V. Darsning yakunlash: VI. Uyga vazifa berish. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish. 2. Sinfning darsga xozirligini nazorat qilish. 3. Davomatni anqlash. II O’tilganlarni takrorlash Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika darsligi. Informatikadan texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya - gigiyena talablariga oid plakatlar tayyorlanadi. Asosiy tushunchalar: Asosiy tushunchalar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari, sanitariya - gigiyena talablari III. Yangi mavzuni tushuntirish: Informatika fanini o‘rganish o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi, matematik qobilijatning rivojlanishiga yordam beradi, o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtiradi. Informatikani o‘rganish insonning ish faoliyatini ketma-ket bir tizimda avtomatlashtirish mumkinligi to‘g‘risidagi tushunchalarini shakllantirish uchin asos yaratadi. Maktabdagi o‘quv kompyuterlarining darslarda samarali qo‘llanilishi o‘quvchilarning turli fanlardan bilim ko‘nikmalarni yuqori saviyada egallashi uchun omil ekanligi ta’kidlanishi lozim. Kompyuter bilan muloqot qila bilish kompyuter savodxonligining uzviy qismidir. Kompyuter foydalanuvchisi uchun bu asosan kompyuterni boshqara olish, ya’ni kompyuterni elektr manbaiga ulash yoki manbadan uzish, klaviatura va sichqonchani ishlatish, kompyuterni ishga tayyorlashni bilish, ma’lumotlarni kiritish-chigarish, ularni tahrirlashdir. O‘quvchilarga kompyuterni elektr manbaiga ulash yoki uzish haqida tushuncha beriladi. Elektr tokining inson hayoti uchun xavfli ekanligi, elektr tutashuvi yong‘in xavfini keltirib chiqarishi misollar orqali bayon etiladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalari Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas: kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish; kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o‘chirish; qurilmalardagi murvatlarni burash; monitorga qo‘l va boshqa narsalarni tekkazish, himoya qopqoqlarini ochish; qurilmalarning ulanish joylariga tegish; kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish; qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish; xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish; kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo‘yish; kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish; qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish; ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish. Sanitariya-gigiyena talablari Kompyuterda ko‘p ishlash, ya’ni uning oldida ko‘p o‘tirish insonning ko‘zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ko’ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir. O‘quvchining ish joyiga tushayotgan yorug‘lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va tugmalar ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi kerak. Xonadagi havo harorati o‘rtacha 20-24 daraja atrofida bo‘lishi lozim. V-IX sinf o‘quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25 – 30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak. O‘quvchi kompyuterdan eng kamida 50 – 60 sm narida o‘tirishi kerak. Kompyuter xonasida o‘tkazilayotgan dars jarayonida o‘quvchilarga tana mushaklarida va ko‘zlarda zo‘riqish hosil bo‘lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berilishi lozim. Shu lahzalarda o‘quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o‘tirgan holda qo‘l va bo‘yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi. Kompyuter honasida ishlash uchun “Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya - gigiyena talablari” rioya etilishi uqtiriladi. Ularni yod olish tavsiya etiladi. Dars yakunida barcha o‘quvchilar “Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya - gigiyena talablari” qoidalari bilan tanishganligini tasdiqlovchi jurnalga imzo chekadilar. IV. Mavzuni mustahkamlash: Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq darslikdagi savollar bilan murojaat qilish mumkin, masalan: 1-5 mashqlarni bajarish.
Elektr toki inson hayoti uchun xavflimi? Kompyuter xonasida nimalar mumkin emas? Sanitariya-gigiyena talablari nima uchun kerak? Bu kabi savollarga bahs-munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi. V. Darsni yakunlash: VI. Uyga vazifa berish: darslikdagi 5–7–topshiriqlar . Xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid rasmlar chizing. 2. Sanitariya-gigiyena talablarini izohlovchi rasmlar chizing. 3*. Boshqotirmalar yechish yoki tuzish. Masalan: Qurilmalardan foydalanishda … ishlatish taqiqlanadi. Kompyuter … yordamida ishlaydi. Kompyuter xonasiga tarkibida … bo‘lgan moddalarniolib kirish taqiqlanadi. Kompyuter teshiklariga nima tiqish taqiqlanadi?
2-dars. KOMPYUTER. KOMPYIJTERNING ASOSIY QURILMALARI VA ULARNING VAZIFALARI Darsning maqsadi: Ta`limiy:- O‘quvchilarga kompyuter, kompyuter qurilmalari va ularning vazifalari haqida tushunca berish kompyuterning ahamiyatini ko‘rsatish, o‘quvchilarga kompyuter xonasidan foydalanish o‘quvchilarni sanitariya - gigiyena talablariga rioya etishga o‘rgatish. Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo‘naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning kompyuter, informatika fani haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi. Dars metodi: suhbat, klaster, aqliy hujum Darsda foydalaniladigan jihozlar: kompyuterlar, slaydlar, tarqatma materiallar, rasmlar, plakat. Darsning rejasi: I.Tashkiliy qism: II. O’tilganlarni takrorlash: III. Yangi mavzuni tushuntirish IV. Mavzuni mustahkamlash: V. Darsning yakunlash: VI. Uyga vazifa berish. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish. 2. Sinfning darsga xozirligini nazorat qilish. 3. Davomatni anqlash. II O’tilganlarni takrorlash Elektr toki inson hayoti uchun xavflimi? Kompyuter xonasida nimalar mumkin emas? Sanitariya-gigiyena talablari nima uchun kerak? III. Yangi mavzuni tushuntirish: Bugungi kunda foydalanilayotgan zamonaviy kompyuterlarga XX asrning 40-yillarida asos solingan bo'lib, uning yaratilishi insoniyatning buyuk kash-fiyotlaridan sanaladi. Kompyuter ingiizcha «computer» so'zidan olingan bo'lib, «bisoblagich» ma'nosini anglatadi. Kompyuterlar insonlarning kundalik hayotida muhim vazifalarni bajarayotganligi tufayli unga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Chunki kompyuterlar yordamida turli ko'rinishdagi ax-borotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni yengillik bilan tezda amalga oshirish mumkin (1-rasm). Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling