1-amaliy mashg`ulot uch bog’ va qo’sh bog’ tutgan uglevodorodlarda boradigan elektrofil va radikal birikish reaksiyalari va mexanizmlari Ishdan maqsad
Download 1.37 Mb.
|
1-Amaliy mashg`ulot
Topshiriq va savollar
Quyida keltirilgan elektrofil’ reagentlar ta’sirida boradigan reaksiya mexanizmlarini yozing jadvalni to’ldiring:
Nosimmetrik elektrofil’ reagentlarning (HCl, HBr, HI, H2O, Hg(OOCCH3) ni nosimmetrik alkanlarga birikishini izohlang. Peroksidlar ishtirokida HBr ning propenga radikal zanjirli mexanizmda birikishini tushuntiring. 4.Quyidagi alkenlarni xona temperaturasida KMnO4 ishtirokida oksidlash reaksiya tenglamalarini yozing va natijada hosil bo’ladigan birikmalarni rasional va sistematik nomenklatura bo’yicha nomlang: a) trimetiletilen; b) simm-propil-ikkilamchi butiletilen; c)izobutilen; d) simm-dimetiletilen; e) 2-metil 1-penten. 5. Metanni unga aralashgan etilendan qanday tozalash mumkin? Reaktsiya tenglamalarini yozing. 6. To’rtta gazometr gazlar bilan: biri metan, ikkinchisi etan, uchinchisi propan, to’rtinchisi esa etilen bilan to’ldirilgan. Bir xil hajmda olingan shu gazlarni to’la yondirish uchun sarf bo’ladigan kislorodning hajmlarini solishtirib ko’rib, bu gazometrlarning har birida qaysi gaz borligini aniqlash mumkinmi? Misollarda tushuntiring. Tegishli reaktsiya tenglamalarini yozing. 7. Vodorodga nisbatan zichligi 28 bo’lgan gazsimon izomer uglevodorodlarning struktura formulalarini yozing. Ulardan qaysi biri kaliy permanganatning eritmasini rangsizlantiradi? Shu uglevodorodlarning KMnO4 (H2O) va Br2 bilan 8. Tetraftoretilenni va triftorxloretilenni polimerlab, juda ahamiyatli plastmassalar - teflon va ftorogen olinadi, bular qaynoq sulfat kislota, natriy metali va boshqalarning ta`siriga bardosh beradigan materiallardir. Aytilgan galogenli hosilalarning struktura formulalarini yozing. 11. Propilen molekulasining tuzilishi misolida sp2 va sp3 –gibridlanishni tushuntiring. - va -bog’lar qaysi orbitallarning qoplanishidan hosil bo’ladi? 12. 2-metil-buten-2 va propilen molekulalarining elektron formulalarini yozing. Har bir uglerod atomining gibridlanish holatini, shuningdek, C-C, C=C va C-H bog’lar qaysi orbitallarning qoplanishidan hosil bo’lganligini ko’rsating. 13. Quyidagi uglevodorodlarning tuzilish formulalarini yozing va ularni sistematik nomeklaturaga binoan nomlang: a) -etil--izopropiletilen; b) simm-diizobutiletilen; s) -metil--etil--izopentiletilen; d) -metil--izopropil-,-diizobutiletilen. 14. Markovnikov qoidasining mohiyatini propilen, buten-1 va 2-metil-2-buten misolida kimyoviy tenglamalar orqali yozib tushuntiring. 15. 2-metilpenten-1 ni uch xil usul bilan oling va uni vodorod bromid, gipobromid kislotalar bilan o’zaro ta`sirlashuv reaktsiyalarini yozing. 16. Quyidagi sxema bo’yicha boradigan reaktsiyalarning tenglamalarini yozing. 17. Quyidagi uglevodorodlarni ratsional va sistematik nomeklaturaga binoan nomlang CH2=C(CH3)-CH2-CH2-CH3; CH3-C(CH3)2-C(CH3)=C(C2H5)-CH(CH3)-CH2-CH3; c) CH3-CH2-CH(CH3)-CH=C(izo-C4H9)-CH2-CH2-CH(CH3)-CH3 18. a) C2H4; b) CH3-CH3; c) CH3-CH(CH3)-CH3; d) CH2=C(CH3)-CH3; e) CH3CH2OH; j) CH3-C(OH)(CH3)-CH=CH2 birikmalardagi uglerod atomlarining oksidlanish darajasini aniqlang. 19. Quyidagi reaktsiyalar natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlarni aniqlang: 20. n-Geksan katalitik degidrogenlanganda izomer geksenlar bilan geksanning 42,2 g aralashmasi olindi. Geksenlarni boshlang’ich parafin uglevodorod qo’shimchasidan tozalash uchun olingan aralashmaga bromli suv ta`sir ettirildi va reaktsiya mahsuloti haydash yo’li bilan geksandan ajratildi. So’ngra qoldiq 26 g rux metali bilan to’liq reaktsiyaga kirishdi. Tegishli reaktsiyalarning tenglamalarini yozib, tozalashning shu usulining mexanizmini tushuntirib bering va geksanning degidrogenlanishida mahsulot unumi necha foizni tashkil qilganini aniqlang. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling