1-amaliy mashg’ulot. Urug’chilik maydonlarini tashkil qilish. Ishning maqsadi


Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi


Download 249.51 Kb.
bet3/3
Sana18.11.2023
Hajmi249.51 Kb.
#1784101
1   2   3
Bog'liq
1-a

Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi:Urug‘chilik maydonlarni tashkil qilish va tayyorlash ishlari bilan tanishtirish.

Mavzuning qisqacha mazmuni:


Ekish uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli mahsulot olishning agrotexnik tadbirlaridan biri bu tuproqqa ishlov berishdir. Tuproqqa ishlov berish bu mexanik vosita bo‘lib, texnika qurollari asosida nihol va ko‘chatlarni yaxshi rivojlanishida uning suvga, havoga, issiqlikka va ozuqa moddalariga bo‘lgan sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Tuproqqa o‘z vaqtida va to‘g‘ri ishlov berib borish tuproq samaradorligini oshiradi.
Urug‘ko‘chat va ko‘chatlarni yetishtirish davrida ularning o‘sish fazasi agrotexnik tadbirlar asosida boshqarib boriladi. Har xil davrlarda nihol va ko‘chatlarning o‘sish talabini hisobga olgan holda o‘z vaqtida qo‘llanilgan agrotexnik chora-tadbirlar yuqori samara beradi, vaqtincha kechiktirib va sifatsiz tuproqqa ishlov berish tuproq hosildorligini kamaytiradi, unda namlikning saqlanishini yomonlashtiradi. Natijada bu yerdan mahsulot olish gektariga keskin kamayadi.
Tuproqqa ishlov berish o‘simlikni yetishtirish uchun optimal mikroiqlim yaratish imkonini beradi. Bu - suv, havo, issiqlik va ozuqa rejimi; tuproqning chuqur qatlamlaridagi ozuqa moddalarning aylanishini va mikrobiologik jarayonlarga kerakli yo‘nalishda ta’sirini kuchaytiradi; yovvoyi o‘simliklar va kasalliklarni yo‘qotadi; urug‘ qadash uchun maqbul sharoit yaratadi; o‘simlik qoldiqlari va o‘g‘itlarni tuproqqa aralashtiradi.
Tuproqqa ishlov berish tizimi va uni ishlatishsharoitlari
Ko‘chatzorda tuproqqa quyidagicha ishlov berish tizimlari ishlatiladi: kuzgi, qora, ertagi, bandli va sideratli shudgorlashlar.
Tuproqni kuzda shudgorlash tizimi yuza yumshatish, tuproqni ag‘darib hay dash va boronalashni hamda molalashni o‘z ichigaoladi. Yuza yumshatish - ekinlar hosili yig‘ishtirib olingandan so‘ng yoki yig‘ishtirib olish bilan bir vaqtda o‘tqaziladi. Bunda dastlab ang‘iz sernam hududlarda 5-6 sm chuqurlikda yuza yumshatiladi, bu esa yerda namning saqlanishiga, begona o‘tlar urug‘ining unib chiqishiga va kasallik hamda zararkunandalarni kamaytirishga, yyerni sifatli qilib ishlashga imkon beradi. Ildiz poyalari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda diskalar yordamida perpendikular yo‘nalishda 10-12 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yer erta kuzda begona o‘tlar unib chiqishi bilan chimqirqar o‘rnatilgan plug yordamida ag‘darib shudgor qilinadi. Bu begona o‘tlarni yo‘qotadi va namlikni to‘plash imkonini beradi. Ko‘chat yoki chopiqli ekinlar yetishtirilgan maydonlarda yer yuza yumshatilmasdan chimqirqar o‘rnatilgan plug bilan 27-30 sm chuqurlikda haydaladi. Kuzda haydalgan yer boronalanmasdan qoldiriladi (qish fasli qurg‘oqchilik yuqori bo‘lgan va kuchli shamol esadigan hududlar bunga kirmaydi).
Shudgor erta bahorda yer yetilishi bilan boronalanadi. Borona- lashda yer yuza qatlamiga chiqadigan tuproqning kapillar naylari buziladi va shu bilan tuproqda namlik saqlab qolinadi, tuproqning ustki qatlami tekislanadi.
Qora shudgor tizimida tuproqqa ishlov berish usulidan - namlikni to‘plash va saqlash, begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida qo‘llaniladi. Tuproqni qora shudgor bilan ishlash kuzda yyerni ag‘darib haydash bilan boshlanadi. Keyin erta bahorda boronalanadi, bu tuproqdan namlikning bug‘lanishini kamaytiradi. Yoz davomida esa yuza qatlam begona o‘tlardan xoli etish va yumshatish maqsadida kultivatsiyalanadi. Birinchi kultivatsiya 5-7 sm chuqurlikda bajariladi, keyinchalik bu ko‘rsatkich ortib boradi va yoz oxiriga kelib 10-12 sm chuqurlikkacha kultivatsiyalanadi. O‘zbekistonning qurg‘oqchilik sharoitlarida birlamchi kultivatsiya 10-12 sm va oxirgisi 5-7 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Kuzda yer ag‘dargichsiz plug bilan belgilangan chuqurlikda haydaladi, bahorda boronalanadi va urug‘ qadashda, ko‘chat o‘tqaziladi. Alohida hollardagi strukturasiz bo‘z, kuchli zichlashgan tuproqlarda ag‘dargichsiz plug bilan yengil haydaladi va baravariga boronalanadi.
Yyerni haydashda tuproq obi-tobiga kelgan, ya’ni uvoq holiga aylanib, changib ketmaydigan shaklda bo‘lishi kerak. Shudgorlashdavrida yer quruq bo‘lsa, avval sug‘oriladi. Sug‘orishdan maqsad begona o‘t o‘simliklarning urug‘i unib chiqishi uchun sharoit yaratish, keyinchalik unib chiqqan begona o‘simliklar kultivatsiyalar yordamida yo‘q qilinadi. Natijada nihol va ko‘chatlarni parvarishlash- dagi agrotexnik sarf-xarajatlar kamayadi.
Ertangi shudgor - ko‘chatlar erta bahorda qazib olinadigan, asosan, sernam tumanlarda qo‘llaniladi. Bunda ko‘chat qazib olinishi bilan yer haydaladi, yoz davomida yerga qora shudgor kabi ishlov beriladi.
Bandli va sideratli shudgor tuproq unumdorligini oshirish va dalani yovvoyi o‘tlardan tozalash maqsadida qo‘llaniladi. Bandli shudgorda vegetatsiya davri qisqa bo‘lgan qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladi. Masalan, dukkakli, donli va boshqalar. Hosil yig‘ib olinishi bilan yer haydab boronalanadi. Sideratli shudgorda maxsus o‘stirilgan yashil massa ag‘darib haydaladi. Bu ishlar siderat o‘simliklarining gullash yoki meva tugish davrida bajariladi.
Ko‘chatzor uchun maydonni dastlabki o‘zlashtirish.
Ko‘chatzor uchun ajratilgan maydonni o‘zlashtirish texnologiyasi ajratilgan uchastkaning xarakteriga (kesilgan o‘rmonlar, hay- daladigan yerlar va boshqalar), undagi mavjud o‘simliklar, kesilgan daraxtlarning to‘nkalar miqdoriga, uchastka relyefiga va tuproq turi- ga bog‘liq. Daraxtlar kesilgandan keyin maydonlarni o‘zlashtirishda avval joylar kesilgan daraxt qoldiqlaridan tozalanadi. Tozalashda karchyovka qiluvchi (KM, MRP-2) mashinalardan foydalanish mumkin. Botqoqli tuproqlarga birlamchi ishlov berishda maxsus botqoq-plantajli pluglardan foydalaniladi.
Maydonni tekislashda tekislovchi greyder (GN-40) yoki osma tekislagich (VPN-5,6) ishlatiladi.
Yerni tekislash muhim, chunki yer tekis bo‘lmasa ko‘chatlarni sug‘orish qiyinlashadi, ayrim ko‘chatlar zaxlab ketib, ayrimlari suvga qonmaydi, natijada ko‘chatlar baland-past bo‘lib o‘sadi. Uchastkadagi yyerning nishablik koeffitsiyenti 0,002-0,005 ga baravar bo‘lishi kerak.
Yyerni haydashdan maqsad tuproqni uvoqsimon yumshoq holga keltirishdir, bunda yyerning haydalma qatlami orasiga suv va havo oson kiradigan bo‘lib, undagi foydali mikroorganizmlarning faoliyati yaxshilanadi, demak, o‘simlikning oziqlanishi, havo va nam olishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ishlangan yerda yog‘in suvlari tuproqqa yaxshi singiydi, begona o‘tlar, o‘simlik zararkunanda va kasalliklari kamayadi.
Begona o‘tlar va o‘simlik qoldiqlari yo‘q bo‘lgan quruq yerlarda tuproq qora shudgor, qishloq xo‘jalik ekinlaridan bo‘shagan yerlar esa kuzgi shudgor tizimi bo‘yicha ishlanadi.
Almashlab ekish dalalarida tuproqqa ishlov berish
O‘zlashtirilgan maydonlarda tuproqqa ishlov berish qabul qilingan almashlab ekish sxemasiga bog‘liq holda kuzgi, qora, ertagi va sideratli shudgor tizimlari qo‘llanilishi mumkin. Daraxt urug‘ ko‘chati va ko‘chati yetishtirilgan joylarda ular qazib olinishi bilan yer haydaladi va boronalanadi.
Tuproqqa ishlov berishda asosiy e’tibor haydash chuqurligini aniqlashga qaratiladi. Haydash chuqurligi yetishtirilayotgan ko‘chat- larning kattaligiga va joyning iqlim sharoitiga bog‘liq. Urug‘ko‘chat yetishtirish maydonida tuproq 20-30 sm, ko‘chat yetishtiriladi- gan maydonda esa 30-35 sm chuqurlikda haydash tavsiya etiladi. Gumusli gorizonti sayoz bo‘lgan tuproqlar haydash qatlamidan sayozroq bo‘lgan chuqurlikda ishlanadi, haydash keyinchalik kuzda chuqurlashtiriladi. Kuzgi haydashda tuproqqa organik o‘g‘it ham beriladi.
O‘zbekiston hududidagi yangi ishga tushirilayotgan joyning tuprog‘i ishlanganda uning chuqurligi tuproqning yangi paydo bo‘lgan qalinligidan oshmasligi kerak.
Ko‘chatzorda tuproq umumiy foydalaniladigan osma pluglar (PLN-3-35; PLN-4-35; PKU-3-35; PKS-3-35 va boshqalar)
yordamida ishlanadi. Uch korpusli pluglar «Belorus», YuMZ-6 l/m traktori, to‘rt korpusli pluglar esa DT-75 va DT-75M traktorlari yordamida agregatlanadi.
Ekishdan oldin tuproqni haydash va unga ishlov berish, maydonni tekislash va yuza qismini yumshatish, tuproqdagi namlikni saqlash
va yovvoyi o‘simliklarni yo‘qotishga qaratilgan bo‘ladi. Ushbu maqsadda tishli va diskli qishloq xo‘jaligi boronalari va kultivatorlari qo‘llaniladi. Tishli boronalashda: BZTS-1,0; BZSS-1,0 va ZBN-0,6A lar; diskli boronalardan esa BYuN-3 ishlatiladi.
Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarda ko‘chatzor barpo qilishda eng avval qayta-qayta yuvish yo‘li bilan tuproq sho‘ri kamaytiriladi; shundan keyin uchastka tuproq xususiyati va yer namligiga qarab yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullarda ishlanadi.
6. Mustaqil ishlash tartibi. Mavzu haqida ma’lumotlar to’plang. Rasmlar chizing.
Download 249.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling