1-AMALIY MASHG'ULOT
Mavzu: Texnologik jarayonlarning asosiy qonuniyatlari. Kimyoviy kinetika asoslari.
Ishdan maqsad:
Texnologik jarayonlarning asosiy qonuniyatlari va kimyoviy kinetika asoslarini o'rganish.
Nazariy qism:
Texnologik jarayonlarning asosiy qonuniyatlari
Quyidagi asosiy qonuniyatlar texnologik jarayonlarning nazariy asoslari bo’lib hisoblanadi.
Modda, energiya va impul'sning saqlanish qonunlariga asosan sistema ichida substantsiyalarning (massa, energiya va impul's) o’zgarishlari yig’indisi doimiy kattalikdir. Substantsiyalarning saqlanish qonunlaridan jarayonlarning issiqlik yoki moddiy balansi tenglamalari shaklida foydalaniladi.
Termodinamik muvozanat qonunlari har qanday substantsiyani o’tkazish jarayonlarini o’z yakuniga yetishi uchun zarur bo’lgan shart - sharoitlarni aniqlaydi. Sistemaning muvozanat holati Genri va Raul qonunlari bilan ifodalanadi. Muvozanat shartlari asosida jarayon yo’nalishi, amalga oshirilish chegaralari va uni harakatlantiruvchi kuch qiymati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |