1-amaliy mashg’ulot


Download 18.91 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi18.91 Kb.
#235720
Bog'liq
1-amaliy mashg'ulot



1-AMALIY MASHG’ULOT

1. Geografik qobiq va uning chegaralari. Atmosferaning quyi qatlami — troposfera, litosferaning ustki g‘ovak qatlami, gidrosfera va biosferalarni o‘z ichiga olgan hamda o‘zaro ta’sir etib turadigan yaxlit qobiq Yerning geografik qobig‘i deb ataladi.

Geografik qobiqning yuqori va quyi chegarasini, uning qalinligini turli olimlar turlicha o‘tkazishadi va belgilashadi. Ko‘p olimlar geografik qobiqning yuqori chegarasini troposferaning yuqori qismidan o‘tkazishadi va uning qalinligini 30-35 km deb hisoblashadi. Aniqlanishicha, geografik qobiqning yuqori chegarasi ozon pardasiga, pastki chegarasi esa g‘ovak jinslarining tag qismiga to‘g‘ri keladi. Ozon pardasi Yerdagi organizmlarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi.

2. Geografik qobiqning xususiyatlari. Geografik qobiqning birinchi xususiyati, uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar doimiy ravishda o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishi va bir-biriga ta’sir etishidir; ikkinchi xususiyati, modda va energiya almashinish jarayonining bo‘lib turishidir; uchinchi xususiyati, geografik qobiqda organik hayotning, jumladan, insoniyat jamiyatining mavjudligidir.

3. Ozon pardasi Yerdagi organizmlarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi.

4. Geografik qobiqning rivojlanishiga Yerning tashqi va ichki energiyalari ta’sir etadi. Geografik qobiqda sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarning asosiy qismi Quyosh energiyasi va kamroq qismi Yerning ichki energiyasi ta’sirida ro‘y beradi

5. Geografik qobiqning tuzilishida modda va energiya almashinuvi muhim rol o‘ynaydi. Bunda litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar o‘rtasida moddalar almashinishi ro‘y beradi. Masalan, okean suvi 3000 yilda bir marta yangilanadi. Atmosferadagi namning to‘liq yangilanishi uchun atigi 10 kun kerak bo‘ladi. Aylanma harakatdagi suv boshqa komponentlar bilan bevosita aloqada bo‘lib, geografik qobiqning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi ham uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Geografik qobiqning vertikal tuzilishi deganda, uning tarkibiy qismlari balandlik bo‘ylab joylashgan holatini tushunish lozim. Geografik qo- biqning gorizontal tuzilishi tabiat komplekslarining kenglik va uzunlik bo‘ylab tarqalishi va almashib kelishida namoyon bo‘ladi. Bunga iqlim mintaqalari, tabiat zonalari yaqqol misoldir.

6. Litosfera (yunoncha „litos" — tosh, qattiq, „sfera" — qobiq) Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Yer po‘sti bilan yuqori mantiya oralig‘idagi chegarani 1914-yilda yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan. Yer po‘sti tuzilishi va qalinligiga ko‘ra ikki tiрga bo‘linadi. Yer po‘stining kontinental tiрi materiklarda tarqalgan bo‘lib, tekisliklarda 35-40 km, yosh tog‘larda 55-70 km qalinlikka ega. Pomir va Hindukushda 60-70 km, Himolay tog‘larida 80 km ga boradi. Kontinental yoki materik po‘sti cho‘kindili, granitli va bazaltli qatlamlardan tuzilgan.

7. Yer po‘stida platforma va geosinklinal hududlar ajraladi. Platformalar Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib, tog‘ burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuzatilmaydi. Ularga Sharqiy Yevropa, Hindiston, Sibir va boshqa platformalar tegishli. Platformalar tekisliklarga to‘g‘ri keladi.Geosinklinal mintaqalar Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari: ularga kuchli zilzilalar, harakatdagi vulqonlar, tog‘ burmalanishlari xos. Tinch okean „olovli halqasi", O‘rta dengiz, Himolay, Sharqiy Afrika, Markaziy Amerika geosinklinal mintaqalari Yer po‘stining eng faol qismlaridir.

8. Gidrosfera (yunoncha, suv qobig‘i) geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yerusti va yerosti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘laridan iborat.

9. Yer yuzasining deyarli 71 % ini okean suvlari egallagan. Ular dunyo suv zaxirasining 96,5 % ini tashkil etadi. Okean suvlarining asosiy xususiyati sho‘rligi va haroratidir. Okean suvlarining o‘rtacha sho‘rligi 35‰, ekvator yaqinida 34 ‰, tropiklarda 36 ‰, mo‘tadil va qutbiy kengliklarda 33 ‰. Suvning o‘rtacha harorati +17,5°C, Тinch okean eng issiq +19,4 °C, eng sovuq okean Shimoliy Muz okeani (–0,75 °C). Suvning 3-4 km dan chuqur qismlarida harorat +2°C dan 0°C atrofida o‘zgaradi. Okean suvi sho‘r bo‘lganligi uchun –2 °C da muzlaydi.

10. Quruqlikda 85 mln. Km suv (yer osti suvlari, doimiy qor va muzliklar, daryo va ko‘l suvlari hamda botqoqlikdagi suvlar va boshqalar) bor.

11. Muzliklar — siljib turadigan tabiiy muz toʻplamlari. Bir sutkada bir necha sm dan oʻnlab m gacha siljiydi. M. koʻp yillar davomida toʻplangan krrlardan paydo boʻladi. Qutb oʻlkalarida (Antarktida, Grenlandiya va shim. orollarda) kalinligi 2 –3 km ga yetadigan muz qatlamlari hosil boʻladi. M. morfologik jihatdan 3 turga: yer usti muzligi, togʻ muzligi va qirgʻokdagi dengizga tomon yastanib yotgan shelf turidagi muzlikka boʻlinadi. Togʻ muzligining yiriklari: Alyaskadagi Bering (170 km), Pomirdagi Fedchenko (77 km), Qoraqurumdagi Siachen (75 km) va boshqa Eng yirik togʻ muzligi Oʻrta Osiyo togʻlarida. Yer yuzidagi M.ning umumiy maydoni 16,1 mln. km² dan koʻproq (quruklikning taxminan 11%), hajmi taxminan 30 mln. km3. Shundan 15 mln. km² kugb muzligi hisoblanadi. Tyanshanda 8622 km², Pomirda 8400 km², Kata Kavkazda 1430 km² , Frans-Iosif yerida 13735 km², Novaya Zemlyada 22423 km². Severnaya Zemlyada 12472 km², Kamchatkada 866 km², Oltoyda 800 km² dan koʻproq muzlik bor.

12. Atmosfera – Yerni o‘rab turgan havo qobig‘i. Yunoncha atmos – bug‘, sphairo – shar ma'nosini bildiradi. Atmosfera Yer bilan birga aylanadi. Yer yuzini samodan keladigan meteor jismlardan, Quyoshning tirik jonlar uchun zararli bo‘lgan ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi. Atmosfera bo‘lmaganida Yer yuzi kunduzi +120°C gacha qizib, tunda esa - 180° -200°C gacha sovib ketar edi. Havo qobig‘i Yer yuzini shaffof ko‘rpa kabi asrab turadi.

Yerning havo qobig‘i asosan ikki xil gazdan, ya'ni, azot va kislorod aralashmasidan iborat. Havodagi gazlarning 78% ini azot, 21% ini kislorod tashkil etadi. Bulardan tashqari havoda karbonat angidrid, boshqa qazlar, suv bug‘lari, changlar ham bor.

Azot va kislorod nisbati o‘simliklar ta'sirida saqlanib turadi. Lekin avtomobillardan chiqadigan is gazi, issiqlik elektr stansiyalardan, yirik korxonalardan chiqadigan tutun havoni ifloslaydi. Shuning uchun ham havo tarkibini, uning tozaligini qattiq nazorat qilib turish, ifloslanishining oldini olish zarur. Negaki, insonning sog‘ligi atmosferaning holatiga juda bog‘liq.

Yer havo qobig‘ining yuqori aniq chegarasi yo‘q, taxminan 3000 km balandda deb hisoblanadi. Lekin turli balandlikda havoning tarkibi, harorati, zichligi har xil. Shuning uchun atmosfera bir qancha qatlamlarga ajratiladi.

Troposfera.

Troposfera – atmosferaning quyi qatlami (tropos – yunoncha so‘z bo‘lib, aylanmoq, o‘zqarmoq degani). O‘rtacha qalinligi 10-11 km, qutblar ustida 8-9 km, ekvatorda 18 km gacha yetadi. Havodagi barcha suv bug‘lari shu qatlamda. Bu qatlamdabulutlar paydo bo‘ladi. Yog‘inlar yog‘adi, ob-havo o‘zgarib turadi, tirik mavjudotlar shu qatlamda yashaydi. Yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 m da harorat 6°C pasayadi.

Stratosfera.

Stratosfera – (yunoncha stratum – qatlam) troposferadan yuqorida joylashgan. Yuqori chegarasi 40-50 km balandda. Stratosferaning quyi qismida harorat -45°C dan -75°C gacha pasayadi. Lekin yuqoriga ko‘tarilgan sari havo isib, +10°C gacha ko‘tariladi.

Mezosfera va termosfera.

Mezosfera va termosfera - (yunoncha mesos – o‘rta va therme - issiq) atmosferaning yuqori qatlamlaridir. Bu qatlamlarda havo juda siyrak va koinotdan keladigan nurlar ta'sirida elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan bo‘lib qolgan. Qutb yog‘dulari, «Yulduz uchishi» hodisalari shu qatlamlarda ro‘y beradi.

13. Atmosfera havosining qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan yer yuzasi bilan ham bog‘liq. Havoga turli changlar, tuz zarrachalari, suv bug‘lari, asosan, yer yuzasidan, okeanlardan, dengizlardan ko‘tarilib, uning tarkibiga qo‘shiladi. Havoning nam yoki quruq, chang-to‘zonli yoki tiniq bo‘lishi uning qanday joy ustida turganiga yoki harakat qilganiga bog‘liq. Atmosferaning quyi qatlami (8-10 km balandlikkacha) o‘z xususiyatlariga ko‘ra turli joylarda bir-biridan keskin farq qiladi. Atmosfera quyi qatlami — troposferaning katta hududlar ustidagi ana shunday bir-biridan farq qiluvchi katta ko‘lamdagi to‘plamlari havo massalari deyiladi. Havo massalari qaysi geografik kenglikda hosil bo‘lganiga qarab arktika, mo‘tadil, tropik va ekvator havo massalariga bo‘linadi. Mo‘tadil va tropik havo massalari yana dengiz va kontinental (quruqlik) havo massalariga bo‘linadi.

14. Iqlim uchun havo massasi harakati gorizontal va vertikal yo'nalishda ham muhimdir. Havo qanchalik qiziydi, uning zichligi shunchalik past bo'ladi, shuning uchun u past bosimli joylarni hosil qilib ko'tariladi. Havo harorati qutblarda pastroq bo'lganligi sababli, u erda bosim yuqoriroq bo'ladi, buning natijasida atmosferaning pastki qismidagi havo massalari qutblardan ekvatorga o'tadi. Yuqori atmosferada havoning ekvatordan qutblarga teskari harakati kuzatiladi.

Erning o'z o'qi atrofida aylanishi, Coriolis kuchini hosil qiladi, bu atmosferaning pastki qatlamlarida g'arbga, yuqori qismida - sharqqa havo oqimlarini o'tkazib yuboradi. Ushbu harakatlarning kombinatsiyasi natijasida savdo shamollari (g'arbga va ekvatorga yo'naltirilgan) va ularga teskari bo'lgan antipassatlar deb nomlanadigan shamollar paydo bo'ladi.



15. Iqlim mintaqalari - Yer yuza sila kenglik boʻylab yoki kenglikka yaqin yoʻnalishda choʻzilgan, birbirlaridan quyoshning nur energiyasi bilan isitilishiga hamda atmosferadagi havo harakatlariga koʻra farq qiluvchi zonal mintaqalar. I.m.ning hosil boʻli-shiga asosiy sabab Yerning kurra (shar) shaklida ekanligidir. Yer yuzida ekvatorial, 2 subekvatorial (Shim. va Jan. yarim sharlar uchun), 2 tropik, 2 subtropik, 2 moʻʼtadil, subarktika, sub-antarktika, arktika va antarktika I.m. ajratilgan.
Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling