1-amaliy mashg‘ulot
Download 66 Kb.
|
1-amaliy
22-mashq. Gaplarni o‘qing. Jo‘nalish kelishigida qo‘llangan otlarni topib, so‘rog‘i va gapdagi vazifasini ayting. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi so‘zlarga qaysi shaklda qo‘shilganini izohlang. Shu kelishikdagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chirib, kelishik affiksi tagiga chizing.
1. Komila yostiqqa yonboshlab, uzun so‘lish oldi, beixtiyor o‘y va xayollarga berildi. (O.) 2. Onaning yuragi umid va quvonchga to‘ldi, qiziga uzoq umr va baxt tiladi-da, ... idish-oyoqni yig‘ishtira boshladi. (O.) 3. Ko‘z o‘ngida chirpirak bo‘layotgan manzara ozodlikka chiqib raqs tushayotgandek ... bo‘ladi. (U. N.) 4. Ular uch arava bo‘lib nonushta mahalida qishloqqa kirib kelishdi. (A. Q.) 5. Tankka dushman artilleriyasining snaryadi tegib yona boshladi. (T. Rustamov) 6. U har gal Marg‘ilon kelganda, albatta, Ikromjonni surishtirib, ... birpas chaqchaqlashib, o‘zi Andijonga o‘tib ketar edi. (S. Ahm.) 7. Dildor qoshlarini chimirib shiyponga chiqar ekan, Asroraga ginali qarab oldi. (S. Ahm.) 8. Oradan yo‘qoldi qadrdon ota, O‘zbekka jonajon, mehribon ota. (G‘. G‘.) 9. Gaz keldi, gaz bilan poytaxtimga go‘yo quyosh kirib kelganday bo‘ldi. (U.) 10. Dimoqqa xush hid upuradi Bog‘lar oshib kelgan shabboda. (H. S.) 23-mashq. Gaplarni o‘qing. O‘rin-payt kelishigidagi otlarni topib, so‘rog‘i, ma’no munosabatlari va gapdagi vazifasini ayting; ularni o‘zi bog‘lagan so‘z bilan birga ko‘chiring, kelishik affiksi tagiga chizing. 1.Navoiyning ko‘zlarida o‘t chaqnadi. Mamlakatda yangi g‘alayon ko‘tarilganligi haqidagi xabar uning qalbida g‘azab olovini yoqqandi. (L. Bat) 2. «Shu maqsad yo‘lida ishlayvering,yetarsiz orzuga...», – dedi O‘ktam. (O.) 3. Tongda birinchi bor zavodga kelib, Egasiz dastgohga qo‘ling uzatding. (3.) 4. Siz jangda botirsiz, sizning yurakda Keksa bobolarning o‘lmas nomi bor. (3.) 5. Aldoqchida va xoinda na vijdon bor, na subut. (Sh. Rustaveli) 6. Qishloqda keyingi yillarda ro‘y bergan turli voqealar to‘g‘risida gap boshlandi. (O.) 7. Bu hol Davronda bir zumgina davom etdi. (T.Rustamov) 8.Ularni eshikda kutib olgan tund yuzli tanish saroybon Ali Qushchini yuqoriga boshladi. (O. Y.) 9. Ajoyib sovut va dubulg‘a kiygan bir otliq arab tulporida qo‘shin oldidan chopib o‘tdi. (L.Bat) 10. Gullarda uchratdim sening ko‘zingni, Otashin sevgingni o‘qidim unda. (Z.) 11.Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. (Z.) 24-mashq. Nuqtalar o‘rniga jo‘nalish yoki o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring, kelishik affikslari tagiga chizing. Komila bu yerdan ikki-uch kilometr nari..., eski va xarob qishloq..., kaptarxonadek bir kulba... tug‘ildi. Yetti-sakkiz yoshi... uni toshkentlik tog‘asi olib ketdi. Komilani maktab... berdilar. Pishiq, tuyg‘un qizcha yaxshi o‘qidi. Biroq to‘qqizinchi sinf... o‘tganda, to‘satdan otasi vafot etdi. O‘n ikki yashar o‘g‘ilcha bilangina beva qolgan va goh sog‘, goh kasal onaning taqdiri Komilani tashvish... soldi. Loaqal bir-ikki yil ko‘maklashay deb, 1940-yil yozi... qishloq... qaytdi-da, dastlab tabelchi bo‘lib ishladi. Keyin paxtakorlik... qiziqib, ketmonchi bo‘ldi, yuqori hosil uchun qattiq kurashdi. U vaqtlar... qizlar orasida nodir hodisa edi bu. Bir yildan keyin, xo‘jalik raisi boshqa xizmat... tayin qilingach, ishbilarmon, o‘qimishli, jasur Komilani xalq rais qilib sayladi. Komila xo‘jalikni urush davrining og‘ir sharoiti... rivojlantirishga yosh yurakning butun g‘ayrati va o‘ti bilan kirishdi. Suv uchun, yangi yerlarni egallash uchun, yangi qishloq va madaniy hayot uchun kurashdi. Uning esi... na sevgi, na istirohat keldi. (Oybek) 25-mashq. Gaplarni o‘qing, chiqish kelishigidagi otlarni aniqlab, so‘rog‘i, ma’no xususiyati va gapdagi vazifasini ayting; ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring, kelishik affiksi tagiga chizing. 1. Unga avval oq shohidan ko‘ylak kiygizishdi. (O. Xalil) 2. Amir kibrli tabassum ila yosumandan mamnun ekanligini bildirdi. (O. Xalil) 3. YOshlikdan husningiz jalb etdi meni, Ey olmos tog‘larim – o‘lkam gardishi. (H. S.) 4. Urush bo‘lmasin, inson ajralmasin baxtidan. (U.) 5. Bu o‘ylardan yuragini alanga olgan Mirzo Ulug‘bek tishini tishiga bosib otiga yana qamchi urdi. (O. Y.) 6. Alisherdan ikki yuz qadamcha narida to‘xtab, atrofni ko‘zdan kechira boshlashdi. (L.Bat) 7.Devorlarda, panjaralarda ganchdan ishlangan anvoyi gullar. (O.Xalil) 8. Shamol essa tog‘lardan, Ko‘kko‘l jimirlar. (H.S.) 9. Bag‘ishlangan yurtga umrimdan Zarracha ham yo‘q shikoyatim. (Mirm.) 10. Shuhratga berilish – fe’lan ojizlik, Daraxt qaqqayadi mevasizlikdan. Chaqmoqday yalt, etib so‘nmay sen izla G‘avvosdek javohir qalb dengizidan! (Mirm.) Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling