1-amaliy mashg‘ulot


Download 66 Kb.
bet4/5
Sana30.10.2023
Hajmi66 Kb.
#1733460
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy

17-mashq. Ko‘chiring Bosh kelishikda qo‘llangan otlarni aniqlab, so‘rog‘i va gapdagi vazifasini ayting.
1. Yurak to‘la shodlik, mehr, baxt, Uning ko‘zlariga boqaman. (Z.) 2. Ona o‘z yurtini jonday sevadi, Vatan ham onani sevar, ardoqlar. (Z.) 3. G‘ira-shira vaqt. Hali quyosh Chotqol tog‘larining bag‘rida yotibdi. Bo‘tako‘zliklar bu choqni subhidam deydilar. (I. R.) 4. Toshkentda do‘stlarim, o‘rtoqlarim, aka-ukalarim – hammalari ham juda hurmat bilan qarshi oldilar. (G‘. G‘.) 5. Ovga chiqib bir kiyikni ovlashdi ikki o‘rtoq, Gulxan yoqib o‘tirdilar, o‘tmadi lekin tomoq. (Sh.Rus.)
18-mashq. O‘qing. Qaratqich kelishigida qo‘llangan otlarni aniqlab, so‘rog‘ini, qaysi so‘z bilan bog‘langanini va gapdagi vazifasini ayting. Qaratqich kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
1. Saksovulning bir qismi yonib bo‘lib, yaxlit-yaxlit cho‘g‘larga ajralmoqda, cho‘g‘lar esa kulga aylanmoqda. Gulxanning yonginasida – men yotgan karavotning pastida yozig‘liq shol ustida ham joy to‘shalgan. (M. Salom.) 2. Samolyotning uch soat kechikib uchayotgani qizning shirin xayollarini, bo‘lajak qahramonlari bilan qiladigan suhbatlarini chippakka chiqargandek bo‘ldi. (M. Salom.) 3. Anovi qilich taqqani bo‘lsa, Xolmat samovarchining o‘g‘li – Rahmat. (N.S.) 4. Buzoqcha so‘yilgan kuniyetti uxlab tushimga kirmagan voqeaning guvohi bo‘ldim. (N.S.) 5. Buvimning har qissasi, Har bir qilgan hissasi Fikrimni tortar edi. (H.O.) 6. Jurjonning dalasida, Daryoning yoqasida Bir chol o‘tin terardi. (H. O.)
19-mashq. O‘qing. Tushum kelishigi shaklida kelgan otlarni topib, so‘rog‘ini, qaysi so‘z bilan bog‘langanini va gapdagi vazifasini ayting.
1. Men yigitlarni yaqinimga chaqirdim. Qishloqni razvedka qilish kerak. Ikki kishini yuboradigan bo‘ldik. (T.Rustamov) 2. Ketma-ket uzatilgan chelak va savatlarni keksalar yerga ag‘dardilar, xirmon borgan sari ko‘paydi. (O.) 3. Bir zumda mashinani o‘rmonga olib kirdik-da, pastqam joyga yashirdik. Uning izini ham tekislab tashladik. (T.Rustamov) 4. Gullar, to‘smang yo‘limni,yellar, tutmang qo‘limni, Namanganlik nozanin yo‘limda intizormish. (H.S.) 5. Sen kuylading va birin-ketin Borlig‘imni chulg‘adi xayol. (H.S.) 6. Xira qilar ko‘zlarining yashini yulduzlarni, Go‘yo quyosh yaqinlashib, qamashtirar ko‘zlarni. (SH.Rustaveli.) 7. Nolir edi: «Falak meni yuz baloga duch etdi, Hayot shavqin, nay-rubobni, chiltorlarni puch etdi». (SH.Rustaveli.)
20-mashq. O‘qing. Nuqtalar o‘rniga -ning yoki -ni affikslaridan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Sobir butun-butun xarsanglar..., ortiqcha kuchanmasdan, allaqaydandir ko‘tarib, qora terga botib yugurardi. O‘ktam esa ko‘pirgan, o‘kirgan suvda bo‘ynigacha botib, hansirab ishlardi. Sayramov... yuragi to‘lqinlanib ketdi. Xalq... shovqinli, mardona kurashi..., qahramonona ishi... ko‘rganda, uni hamisha hayajon quchar edi. Mashhur xalq qurilishlarida o‘n minglarcha xalq... baland ruhi..., fidokorligi... va imkonsizdek ko‘ringan ishlar... mo‘jizador qahramonlik bilan bajarganini, eng azim qiyinchiliklar... ajoyib uyushqoqlik, uquv va mardlik bilan bartaraf qilganini Sayramov ko‘p marta ko‘rgan edi. Hozirgi kurash u buyuk ishlarga nisbatan bir tomchi edi go‘yo. Sayramov oq shohi kiteli...yechib, qayoqqadir otdi-da, qizg‘in ishga astoydil qo‘l urdi. Ishga kirishganda o‘zini unutadigan darajada, qiziqish, berilish uning odati edi. (Oybek)
21-mashq. Gaplarni o‘qing. Noto‘g‘ri qo‘llangan qaratqich va tushum kelshigidagi otlarni aniqlang, noto‘g‘ri qo‘llanish sababini tushuntiring.
1.Qizingizni manfaati siz uchun hammadan afzalroq ekanini tushunaman. (N.Biryukov.) 2. Broshyuralarni esa son-sanog‘i yo‘q, shuncha kitobni u qachon orttira qoldiykin. (N.Biryukov) 3. Biroq atrofi gulzor bilan o‘ralgan uy oldiga kelganda, Oynorni notanish bir qiz bilan o‘tirganini ko‘rdi. (N.Biryukov) 4. Bu nimaning oqibati? Hayotning bilmaslikning oqibati. Agar butun garmdorining ko‘rgan bo‘lganingizda bilardingizki,... (F.Musajonov) 5. Ular bu qurilishni o‘zlari uchun, o‘zlarining avlod-ajdodlari uchun hamda Vatanni yanada yashnatish uchun barpo qilayotganliklarini juda yaxshi bilardilar. (A.P.) 6. Ammo ovozi qovoqni ichida shunaqa shang‘illab ketdiki, birov uni qulog‘iga mix qoqqanday bo‘ldi. (L.Mahmudov)

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling