5-mavzu. Qahramonlik dostonlari


Download 42.23 Kb.
bet1/7
Sana13.02.2023
Hajmi42.23 Kb.
#1194057
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni


5-mavzu. Qahramonlik dostonlari
1. Qahramonlik dostonlarining belgilari.
2. Alplik tizimi qahramonlik dastonlari uchun mezon.
3. “Alpomish” qahramonlik dostonining mumtoz namunasi.
4. Qahramonlik dostonida etnos va epos muamosi.
1. Qahramonlik dostonlarining belgilari.
Qaxramonlik dostonlari baxshilar repertuarida muxim o‘rin tutadi. Qahramonlik dostonlari voqyeligini olimlar urug‘chilik munosabatla­ri, ko‘chmanchilik va yarim ko ‘chmanchilik xayoti bilan bog‘lakb talqin etishadi. Bunday dostonlar bir qator urug‘ va qabilalarning muayyan xalq sifatida tashkil topa borishi, ilk davlatchilik kurtaklarining paydo bo‘lishi va shu munosabat bi­lan xalq va elatlarning o‘z mustaqilliklari uchun chet el bosqinchilarnga qarshi mardonavor kurashlari qahramonlik dostonlari uchun boy material bo‘ldi. Mana shu kurashlar, tarkib topishlar, birlashishlar va joylashishlar jarayonida o‘z-o‘zini anglashning buyuk ifodasi sifatida qahramonlik eposi yuzaga keldi. Zotan, qadimiy qahramonlik eposi «xalqning faqat go‘daklik d avrlarida..., uning kuch-qudrati va toza faoliyati faqat qahramonlik g‘alabalarida ko‘ringan zamonlardagina paydo bo‘lishi mumkin»1.
Demak, epik mazmunning qahramonlik xarakteriga ega bo‘lishi qahramonlik dostonlarining bosh xususiyatidir2. Ana shu xususiyat uning butun mohiyati va asosiy yo‘nalishini belgilab, o‘ziga xos tasvir metodini tayin etadi. Ushbu xususiyatlarni «Alpomish» dos­tonida to‘la ravishda ko‘rish mumkin.
Ko‘chmanchi qo‘ng‘irot qabilasida patriarxal-urug‘chilpk munosabatlari yemirila boshlagan zamonlarda yaratilgan bu monumental asar o‘zbeklar o‘rtasida ikki versiya va kuplab variantlarda juda keng tarqalgan. Bu paytgacha dostonning yigirma sakkiz varianti o‘ttiz uch marta (to‘la teksti, parcha, mazmuni) yozib olindi3. Epos turkiy xalqlar o‘rtasida juda keng tarqalgan. Uning o‘zbek4, qozoq 5, qoraqalpoq6 versiyalari epik poema holida, tojik7, uyrot8, tatar9, boshqird10, O‘rta Osiyo arablari11 versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O‘rta asr o‘g‘iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada Qo‘rqut» tarkibidagi «Bomsi Bayrak» asari o‘zining syuje­ti va kompozitsion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham yaqin turadi12. Turkiy xalqlarning «o‘rtoq bir dos­toni» (Hamid Olimjon) bo‘lgan «Alpomish»ning bunchalik keng tarqalishi shu xalqlarning bir xil ijtimoiy-tarixiy sharoitda hayot kechirganliklari, o‘zaro yaqin madaniy munosabatda bo‘lganliklari, yaratish va ijodda hamkor, hamfikr ekanliklarinn ko‘rsa tadi. Ammo «Alpomish»ning yaratuvchisi bo‘lgan har bir xalq unda o‘z ta rixini, etnik va an'anaviy xususiyatlarini, ozodlik va tenglik haqidagi o‘z ideallarini aks ettiradi.

Download 42.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling