O‘zbekiston o‘simliklar dunyosini muxofaza qilish


Download 142 Kb.
bet1/8
Sana28.03.2023
Hajmi142 Kb.
#1303578
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9 Ўзбекистон ўсимликлар дунёсини мухофаза қилиш


O‘zbekiston o‘simliklar dunyosini muxofaza qilish
Reja:



  1. O‘zbekistonning tabiat zonalarida o‘simliklar dunѐsining tarqalishi.

  2. Maxsus muhofazaga olingan o‘simliklar.

  3. O‘zbekiston hayvonot dunѐsini muhofaza qilish masalalari

O‘zbekiston o‘simliklar dunѐsi xilma-xil bo‘lib, xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda O‘zbekiston FA Botanika insituti («Botanika» ilmiy io‘lab chiqarish markazi)da olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, o‘lkada 166 oilaga mansub 4500 ga yaqin yuksak o‘simlik turlari borligi malum bo‘ldi. Bularning aksariyat qismini qoqio‘tdoshlar (260ga yaqin tur), karamdoshlar, yalpizdoshlar, labguldoshlar, sho‘radoshlar, loladoshlar, chinniguldoshlar, ѐronguldoshlar, govzabondoshlar, ranodoshlar kabi yirik oilalarning vakillari tashkil etadi. O‘zbekiston florasi paydo bo‘lishi, tarqalishi, tur, turkum va oilalarning umumiy o‘xshashligi jihatidan Markaziy Osiѐdagi boshqa mamlakatlar, xususan, Eron, Afg‘oniston o‘simliklar dunѐsiga juda yaqin turadi.


O‘zbekiston florasi uzoq tarixga ega. Paleobotanik tadqiqotlar respublika hududida quruqlikdagi yuksak o‘simliklarning (ksilofitlardan tortib) barcha evolyusion davrlariga oid o‘simlik qoldiklari borligini ko‘rsatdi. Hatto hozirgi Qizilqum cho‘llaridan bir vaqtlar bu yerlarda o‘sgan xurmo, chinor, terak kabi daraxt va butalarning qoldiqlari topilgan.
O‘zbekistonda o‘simliklar o‘smaydigan joy yo‘q. Ularni tekislikdagi qumli cho‘llardan tortib, qorli baland tog‘largacha bo‘lgan turli relef va tuproq sharoitida uchratish mumkin. O‘zbekiston o‘simliklarining tarqalishini ѐritish uchun tavsiya etilgan 4 tik (vertikal) mintaqa (cho‘l, adir, tog‘, yaylov) asos qilib olindi. Har bir mintaqa o‘ziga xos relef, iklim, tuproq va o‘simliklar dunѐsiga ega.



  1. O‘zbekistonning tabiat zonalarida o‘simliklar dunѐsining tarqalishi.



Cho‘l (tekislik)dagi o‘simliklar haѐti, asosan, qum va gipsli tuproqlar hamda sho‘rxok bilan bog‘liq. Qumli cho‘lga Qizilqum, Qashqadarѐning quruq o‘zani (Sandikliqum), Surxondarѐning quyi qismidagi Kattaqum va Xorazm vohasidagi qumli massivlar kiradi. Aksariyat qumliklar o‘simliklar bilan mustahkamlangan. Qum uyumlarida daraxt ѐki yirik butalardan oq saksovul, juzg‘un (qandim), cherkez; butalardan oqboyalich, quѐnsuyak, qnzilcha kabi o‘simliklar o‘sadi.
Juzg‘un ildizlari ѐn tomonga 20 m gacha o‘sib, qumlarni malum darajala ushlab turadi. Qumlarni mustahkamlashda ko‘p yillik o‘tlardan selen alohyua axamiyatga ega. U tarqoq ildizlari hamda yer ustki qismlarn (poyalari) bilan qumlarning ko‘chishiga to‘sqinlik qiladi va boshqa o‘simliklar (juzg‘un, saksovul va b.) urug‘ini tutib qolib, o‘sishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, qumda rivojlanishga moslashgan ko‘p yillik efemer o‘simlik iloq ildiz poyasi orqali ham ko‘payadi. U qisqagina bahor oylarida tez o‘sib, gullab, meva berishga ulguradi.
Gipsli cho‘lga Ustyurt, janubi-g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy Qizilqumda joylashgan ayrim hududlar (massivlar) kiradi. Gipsli cho‘l florasi turlarga uncha boy emas. O‘simliklar formatsiyasi (jamoasi)ni shakllantirishda, asosan, sho‘radoshlarga mansub turlar ishtirok etadi. Jumladan, yarim buta va butalardan buyurg‘un, boyalich hamda bir yillik sho‘ralar (baliqko‘z), shuvoq turkumiga mansub oq jusan kabi turlar va efemerlarni ko‘plab uchratish mumkin.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling