Choydoshlar, dalachoydoshlar, qovoqdoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, govzabondoshlar va atirguldoshlar oilalari
Download 35.72 Kb.
|
205-O\'zbekiston florasida Boraginaceae oilasi
CHOYDOSHLAR, DALACHOYDOSHLAR, QOVOQDOSHLAR, KRESTGULDOSHLAR, GULXAYRIDOSHLAR, GOVZABONDOSHLAR VA ATIRGULDOSHLAR OILALARI. Reja: 1. Choydoshlar oilasiga tasnif. 2. Dalachoydoshlar oilasiga tasnif. 3. Qovoqdoshlar oilasiga tasnif. 4. Karamguldoshlar (krestguldoshar) oilasiga tasnif. 5. Gulxayridoshlar oilasiga tasnif. 6. Govzabondoshlar oilasiga tasnif. 7. Atirguldoshlar oilasiga tasnif. 8. Choy avlodiga xos xarakterli belgilar. 9. Dalachoydoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. 10.Varonkadoshlar oilachasiga kiradigan avlodlar haqida umumiy ma’lumot. 11.Butguldoshlar oilasining begona o‘t sifatida uchraydigan vakillariga xarakteristika. 12.Kanopga xos ta’rif va kanopning turlari. 13.Tubulg‘iguldoshlar kenja oilasiga tasnif. 14.Atirguldoshlar kenja oilasiga tasnif. 15.Olmaguldoshlar oilasiga xarakteristika. 16.Olxo‘ridoshlar oilasiga xarakteristika. Choydoshlar oilasi-(Theaceae). GAVZABONNAMOLAR (BORAGINALES) QABILASI Bu qabilaga 7 ta oila kiradi. Mevasi pista, undan moy olinadi. Urug'laridagi moyning mikdori 35-46 foiz oraligida bo'ladi. Bu oila vakillari ko‘pincha doimiy yashil daraxt yoki butalardir. Ularning barglari oddiy, chetlari tekis, birin-ketin joylashgandir. Yonbarglari bo‘ladi yoki bo‘lmaydi. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli yoki ayrim jinslidir. Kosachabarglari 5-7 ta. Tojbarglari 5 ta, ba’zan 4 ta yoki bir qancha va kosabarglari singari tagi qo‘shilib o‘sgan yoki erkin bo‘ladi. Otaligi ko‘pincha cheksizdir. 5 ta bog‘lam tashkil etadi va tojbarglarining tagiga birikkan bo‘ladi. Onaligi 2 yoki ko‘p, ko‘pincha 3-5 mevabargli,tugunchasi ustki,ikki va ko‘pincha 3-5 uyali, mevasi ko‘sakcha yoki kamdan kam rezavor mevadir. Bu oila 30 avlod 400 turdan tashkil topgan bo‘lib, uning vakillari tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Muhim avlodlariga choy (Thea) va kamelliya (Camellia) lar kiradi. Choy avlodi (Thea). Bu avlod vakillari doimiy yashil buta yoki kichikroq daraxt o‘simliklardir. Ularning barglari etli, ovalsimon uchiga tomon ensizlagan va qisqa bandlidir. Gullari bittadan, tojbarglari 5-9 ta, tagi tutash, oq va sarg‘ish pushti tukga moyilroq rangli bo‘ladi. Mevasi yog‘ochlangan ko‘sakcha, har qaysi uyasida bittadan olchadek urug‘i bo‘ladi. Choy yer shari bo‘yicha 4 ta turi ma’lum. Shundan ikkitasi Xitoy choyi (Gh. Sinensis) va assam yoki xind choyi (Gh. assana) nam subtropik mamlakatlarda ekiladi. Xind choyi bo‘yi 10-15 m. balanlikdagi daraxt, barglari cho‘ziq bo‘ladi. Xitoy choyi esa asosan 2-3 m balandlikdagi butadir. Uning barglari esa cho‘ziq tuxumsimon bo‘ladi. Xitoy choyi (Gh. Sinensis) va xind choyi (Gh. assamica) gibridlari asosan Farbiy Gruziyada, Ozarbayjonning Lenkoran rayonida, Krasnodar o‘lkasining janubida ekiladi. Asli (Hindixitoy) tog‘li o‘rmonlari hisoblanadi. Nerv sistemasining faoliyatini yaxshilash, xordiq chiqarish maqsadida yer kurrasining qariyib barcha aholisi tomonidan ichiladigan choy shu o‘simlikning bargidan tayyorlanadi. Choy o‘simligining bargida 20-28% tannidlar, 2-5% kofein, 0,01% efir moyi, S,V 41 0, V 42 0, K vitaminlari, putin va organik kislotalar hamda mineral moddalar bor. Qizilpoychadoshlar oilasi (Yuttiferae) Bu oila vakillari daraxt, ba’zan o‘t,goho epifit va liana o‘simliklardir. Ularning barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, ko‘pincha yonbarglari bo‘lmaydi. Gullari 2 jinsli yoki bir jinsli va to‘g‘ri, spiral xolda yoki doira bo‘lib, chala qalqonsimon yoki ro‘vak to‘pgulda joylashgan. Kosacha va tojbarglarining soni har xildir. Tojbarglari ko‘pincha 5 ta, ba’zan 4 ta, sariq goho qizil, to‘q qizil rangda bo‘ladi. Otaligi ko‘p, ba’zan 6-18 ta, aksari osti birikkan bo‘lib, 3-5 bog‘lamni tashkil etadi. Onaligi ko‘pincha 3-5 uyali. Mevasi ko‘sakcha,danakcha yoki rezavor mevadir. Mevasi ko‘sakcha, danakcha yoki rezavor mevadir. Qizilpoychadoshlar oilasi 47 avlod 850 turdan iborat bo‘lib, asosan tropik mamlakatlarda tarqalgandir. Shundan O‘zbekistonda faqat 3 turdan iborat dalachoy avlodi (Hypericum) tarqalgan. Dalachoy avlodi (Hypericum). Bu avlod vakillari o‘t yoki chala buta o‘simliklaridir. Ularning barglari qarama-qarshi joylashgan, qariyb bandsiz. Gullari sariq, kosacha va tojbarglari 5 tadan, otaliklari cheksiz, tagi qo‘shilib o‘sgan. Mevasi 3 uyali ko‘sakcha, urug‘i ko‘p va endospermsizdir. Dalachoyning 3 turi O‘zbekiston florasida uchraydi. Dalachoy (H perforatum) Bu ham qizilpoycha turga o‘xshash. Uning tojbarglari 15-20 mm bo‘lib, otaligi gultojidan qisqa bo‘ladi. U keng tarqalgan o‘t bo‘lib, ko‘proq bedapoyalarda va bog‘larda begona o‘t sifatida o‘sadi. Qizilpoycha (H. Scabrum) Bu bo‘yi 20-40 sm keladigan tanasining hammasi g‘adir budur, ildizlari yeg‘ochlangan ko‘p yillik o‘tdir. Uning gullari sariq, otaliklari tojbarglardan uzunroq, adir va tog‘larning yon bag‘rlarida tarqalgan. Xo‘jalikdagi axamiyati. Bu oila vakillari orasida foydali turlari ko‘p. Ammo ularning dalachoylar avlodidan boshqa hammasi tropik mamlakatlarda tarqalgan. Ularning bargida efir moylari juda ko‘p bo‘ladi. Bulardan tashqari oshlovchi, oq bo‘yoq bo‘luvchi moddalar ham uchraydi. Dalachoy tunda beixtiyor siyish kasaligiga duchor bo‘lgan bolalarga yotish oldidan uning bir stakan damlamasi ichiriladi. Qovoqdoshlar oilasi - Sucurbitaceae. Bu oila vakillari asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘rmalab o‘suvchi o‘t o‘simliklar, ba’zan chala buta, buta va kichik daraxtlardir. Ularning barglari oddiy,navbatlashib o‘rnashgan, ko‘pincha bo‘lakchali yoki anchagina o‘yilgan, yonbargchalari bo‘lmaydi. Ilashuvchi poyalarida barg qo‘ltig‘idan chiqqan oddiy yoki murakkab gajaklari bo‘ladi, bular shu vositasi bilan tayanchlarga ilashadi. Gullari yolg‘iz yoki barg qo‘ltig‘idan to‘p bo‘lib chiqadi. Ko‘pincha 1 jinsli , aktinomorf,va 4 doirali. Gulqo‘rg‘on a’zolari doirada 5 tadan bo‘lib joylashadi. Gultojisi tutash, kamdan-kam hollarda ayrim-ayrim tojbargdan iborat. Changchisi 3-5 ta bo‘lib, ular o‘zaro har xil birikib o‘sgan yoki erkin (yakka-yakka) bo‘ladi. Onaligi 2-5 ko‘pincha 3 mevabargli bo‘ladi. Tugunchasi ostki,3 uyali va ko‘p urug‘ kurtakli. Mevasi yirik rezavor (qovoq deb ataladi), kamdan-kam xolda ko‘sak mevadir. Urug‘i endospermsiz bo‘ladi. Qovoqdoshlar 90 avlod 760 turdan iborat bo‘lib yer sharining tropik va subtropik mamlakatlarida tarqalgan. Gullari shakliga qarab bu oila qo‘ng‘iroqdoshlar va voronkadoshlar oilachalariga bo‘linadi. Qo‘ng‘iroqdoshlarga tubandagi avlodlar kiradi. Qovoq avlodi (Sucurbita). Bular bir yillik va ko‘p yillik o‘rmalab o‘suvchi o‘simliklardir. Palagi yirik, poyasining ichi bo‘sh bo‘ladi. Gajaklari sershox, guli ayrim jinsli, qo‘ng‘iroqsimon va sariq rangli. Qovoqlar Janubiy Amerikadan kelib chiqqan. Bu turkumni 13 turi bor. Shunda 3 turi ekiladi: Kartoshka qovoq (C. maxima) Meva bandi va palagi silindrsimon. Mevasi juda yirik bo‘lib-og‘irligi 60-80 kg ga yetadi. Bu turning ovqatga ishlatiladigan, yem-xashak va manzarali o‘simlik sifatida ekiladigan navlari bor. Oddiy qovoq (C.pepo) Buning palagi va meva barglari o‘tkir qirrali bo‘ladi. Oddiy qovoqning palak bermay tanasi to‘p bo‘lib o‘sadigan va mevasi cho‘ziq silindrik xili "kabachki" , yassi mevali xili patison deb ataladi. Oshqovoq (C. moschata) Pallali o‘tmas silindr, uzun bo‘lib, mevabandi qirrali. Voronkadoshlarga quyidagi avlodlar (turkumlar) kiradi. Qovunlar (Cucumis), bodringlar (Cucumis) tarvuzlar (Citrullus), qozonyuvgichlar (Luffa) va boshqalar. Voronkadoshlar quyidagi avlodlar kiradi: Tarvuz - Citrallus. Poyasi palakli, tana barglari tuklar bilan qoplangan, bir va ko‘p yillik. Barglari ikki qayta patsimon qirqilgan. Gajaklari 2-3 bo‘lakchali. Gullari 2 jinsli, mayda, sarg‘ish. Mevasi ko‘p urug‘li, sersuv, soxta meva. Unga 7 tur kiradi. Afrika va Osiyoning cho‘l va chala cho‘llarida tarqalgan. Ayrim turlari Afg‘oniston va Hindistonda yovvoyi holda o‘sadi. Tarvuz avlodining 2 turi ekib o‘stiriladi. Yeyiladigan tarvuz - C.lanatus. Vatani Kalaxalari saxrosi bo‘lib, O‘rta Osiyoda ko‘p ekiladi. Xashaki tarvuz - C.vulgaris . Poyasi yo‘g‘on bir yillik gullari va mevalari yirik, o‘t o‘simlik. Eti qattiq, mazasi bir oz taxir. Quruq yerlarda o‘sishga moslashgan, hashaki tarvuz yem-xashak sifatida o‘stiriladi. Qovun - Helo. Mazkur avlod vakillari bir yillik, palakli o‘simlik. Gajaklari oddiy. Gullari bir va ikki jinsli. Poyasi dag‘al va bargi dag‘al tuklar bilan qoplangan. Urug‘chi guli changchi guliga nisbatan yirik. Mevasi yirik, seret, xushbo‘y, suvli, shirin. Bu avlod 10 tur mansub bo‘lib, ularning turli navlari o‘stiriladi. Qovunlar Osiyoning tropik va subtropik mamlakatlarida tarqalgan. Bordring - Cucumisyu Bular yer bag‘irlab o‘suvchi palakli o‘simlik. Barglari yuraksimon, besh bo‘lakli, o‘tkir burchakli. Gullari ayrim jinsli. Changchi gullari shingil, urug‘chilari esa yakka - yakka joylashgan. Gullari barg qo‘ltig‘ida hosil bo‘ladi. Gajagi oddiy, mevasi cho‘ziq, uch uyali. Bu avlodi 30 tur kiradi. Afrika va Osiyoning issiq mamlakatlarida tarqalgan. Ekiladigan bodringning (C. sativus) yovvoyilari noma’lum. Vatani quyi Hindiston va Hindixitoy, navlari ko‘p, mevasi yangiligida yeyiladi. Qozonyuvgich - Luffa. Mazkur avlod vakillari bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasidagi gajaklari bilan ilashib o‘suvchi gullari sariq, oq rangli. Mevasi cho‘ziq, uch uyali, quruq meva. Qozonyuvgichlarning 7 turi ma’lum, 2 turi mochalka sifatida o‘stiriladi. Xo‘jalikdagi ahamiyati Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning ko‘pchiligi oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va manzarali o‘simliklar sifatida ishlatiladi. Bu oila vakillarining urug‘larida moy bo‘lishi, barcha organ va to‘qimalarida achchiq glikozidlar: golotsintin, brionin, brinoidin, alkaloidlardan xomen, emetin va xar xil organik kislotalarning bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Karamdoshlar - Brassicaceae. Bu katta oilaga bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar kiradi, ba’zan chala butalar ham uchraydi. Barglari oddiy yoki qirqilgan bo‘lib, navbat bilan joylashgan. Yonbargchalari bo‘lmaydi. Guli aktinomorf bo‘lib, zigomorflari kam uchraydi. Ular 2 jinsli, nektardonli bo‘ladi. Gullarining rangi ko‘pincha sariq yoki oq bo‘lib, pushti va gunafsha ranglilari ham uchraydi. Gullari shingil va ro‘vak to‘pgullarga to‘planadi. Kosachalari 4 ta kosacha bargdan tashkil topgan, barglari barvaqt to‘kilib ketadi. Gultojilari krest shaklida joylashgan to‘rtta tojbargdan iborat. Shunga ko‘ra bu oila krestguldoshlar deb ataladi. Gulining changchilari 6 ta, ulardan 2 tasi boshqalariga nisbatan kaltaroq bo‘lib,tashqi doirada, qolgan 4 ta uzunrog‘i ichki doirada bo‘ladi 4 ta uzun changchi dastlabki ikkita otalikning bo‘linishidan vujudga kelganligi aniqlangan. Urug‘chilari ikkita mevacha barglarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan, tugunchalari ustki, ikkita soxta uyalidir. Tugunchalarning soxta uyali deb atalishiga uya ichida soxta uzala devorcha borligi sabab bo‘lgan. Bu oila vakillarining ko‘pchiligi hashoratlar yordamida changlanadi, lekin o‘z-o‘zidan changlanadigan turlari ham bor. Mevalari qo‘zoq yoki qo‘zoqchalar bo‘lib, ikki pallaga bo‘linib ochiladi. Ikkala palla o‘rtasida urug‘li yupqa parda bo‘ladi. Urug‘ida endosperm bo‘lmaydi, ammo moy kup to‘planadi. Tarkibida glyukozidlarning bo‘lishi krestguldoshlarning xarakterli belgilaridir. Yopiq urug‘li o‘simliklarning eng yirik oilalaridan biri bo‘lgan krestguldoshlar 380 avlod, 3000 dan ko‘proq turi bo‘lib, ular asosan Shimoliy yarim sharning mo‘tadil va sovuq iqlimli oblastlarida tarqalgan. Bu oilaning eng muhim va keng tarqalgan avlodi quyidagilar: karam (Brassica), brokva (Brassica napus), turp (Raphanus), o‘sma (Isatis), katranlar (Crambe), kapsella (Capsella) Karamlar taxminan 50 turdan iboratdir. Ular 1-2 va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Bu turkumga bargi yeyish uchun ovqatga ishlatiladigan, qimmatbaho sabzavot yoki urug‘i moy beradigan o‘simliklar kiradi. Butgullilarning bir qancha vakillari ekin va polizlarda begona o‘t sifatida uchraydi. Masalan, qo‘zoq tugadigan turlaridan gulyavnika (sisymbrium), jeltushnik (Erysimum cheiran thoides), surepka (Barbarea vulgaris), yovvoyi sholg‘om (Raphanus raphanistrum) turlari, mevalari qo‘zoqcha turlaridan: jag‘-jag‘ (achimbiti, Capsella bursa pastoris), yarutka (Thlaspi arvese), rijik(Camelina), ikotnik (Berteroa incana), momosirka (Draba) ning ba’zi turlari shular jumlasidandir. Bizda o‘sadigan butgulli begona o‘tlarning ko‘pchiligi bir yillik o‘simlik bo‘lib, vegetativ yo‘l bilan ko‘paymaydi, ularga qarshi kurashishning qiyinligi, asosan ularning urug‘dan tez ko‘payishiga bog‘liq. Masalan, bir tup jag‘-jag‘ 2 mingdan 70 mingtagacha urug‘ tugsa, Descurainia sophia ning bir tupi 6 mingdan 110 mingtagacha, hatto (juda katta tuplari) 770 mingtagacha urug‘ tugadi. Eng zararli o‘tlarning biri surepka (Barbarea vulgaris) dir, bu o‘t ba’zan dalani boshdan -oyoq qoplab oladi. Surepka ikki yillik o‘simlik, ammo ba’zan ildiz bachkilari bilan ko‘payadigan ko‘p yillik o‘t holiga kiradi. Uning shu jihati ko‘p urug‘ tugishi bilan birga qo‘shilib, tez ko‘payishini ta’minlab beradi. Shuning bilan birga surepkadan arilar anchagina asal ham yig‘adi. Surepkaning gullari hunarmandchilikda shoxini sariq rangga bo‘yashda ishlatiladi. O‘ziga xos begona o‘tga rijik misol bo‘la oladi. Rijik avlodining ba’zi turlari noksimon dumaloq qo‘zoqcha va moy olish uchun ekiladi. Gulxayridoshlar oilasi- Malvaceae. Gulxayridoshlar oilasiga o‘t, buta va daraxt o‘simliklar kiradi. Barglari oddiy, panjasimon qirqilgan, gullari to‘g‘ri, 2 jinsli. Gullarining kosachasi va tojbargi besh bo‘lakchali kosachasi ko‘pincha qo‘shloq bo‘lib ost kosachasi ham bor. Changchilari ko‘p, ular o‘zlarining ipi bilan tutashib, naycha bo‘lib turadi. Urug‘chilari uchta yoki undan ham ko‘proq mevacha bargdan iborat. Tugunchalari ustki, tojbarglarining asosida nektardonlar bo‘ladi. Mevalari quruq, ko‘p urug‘li ko‘sakchalardan yoki bitta urug‘li yeng‘oqchalardan iborat. (yong‘oqchalar buyraksimon). Gul formulasi *Sa(5) So5 A U(3) Bu oilaga 90 avlod 1600 tur kiradi. O‘zbekiston florasida 6 avlod va 17 turi uchraydi. Ular issiq mamlakatlarda ko‘proq tarqalgan. Bu oilaga g‘o‘za (Gassypium),gulxayri (Althaea),tugmachagul (Malva), dag‘al kanop (Abutilon) va boshqalar kiradi. Fo‘za- asli vatanida ko‘p yillik daraxt va buta o‘simliklaridir. Ular yovvoyi holda ham o‘sadi. Fo‘za bizning sharoitimizda bir yillik o‘simlik. Fo‘zaning daraxtsimon vakillarining bo‘yi 5 metrga, bir yilliklarining buyi 1 metrga yetadi. Bir yillik vakillarining o‘q ildizi juda rivojlangan bo‘lib yerga kirib boradi. Poyasi tik chiqqan va shoxlangan, shoxlari 2 xil bo‘ladi. Tik o‘sgan shoxlari monopodial yoki o‘suvchi shox deyiladi, bu poyaning ostki qismida chiqadi. Yon shoxlari simpodial yoki xosil shoxlar deyiladi, bular poyaning yuqori qismidan chiqadi va tirsak-tirsak bo‘lib o‘sadi. Barglari oddiy 3-5-7 bo‘lakchali va uzun bandli ikkita yonbargli bo‘ladi. Guli yirik va qo‘shgulqo‘rg‘onli, kosacha barglari qo‘shilib o‘sgan, 5 tishli, 3 ta yirik yonbargchadan hosil bo‘lgan ost kosachali. Gultoji 5 ta erkin. Fo‘za guli atigi 1 kun ochilib turadi. Ertalab gultojining rangi och sariq, kechga yaqin binafsha rangga kirib so‘liydi va 2-3 kun ichida qurib otaligi va tuguncha to‘kilib ketadi. O‘z-o‘zidan va chetdan changlanadi. Otaligi ko‘p, ikki doirada joylashgan. Tugunchasi 3-5 uyali, ustki. Mevasi 3-5 uyali ko‘sak bo‘lib, ichida uzun va qisqa tolalar bilan qoplangan dumaloq yirik bir qancha urug‘lar bo‘ladi. Fo‘zaning madaniy turlaridan 3 turi ekiladi. Oddiy g‘o‘za (G hirsutum) Misr g‘o‘zasi (G barbadense) Jaydari g‘o‘za (G herbaceum) Gulibaxmal (A officinalis) Bu poyasi to‘g‘ri va tik o‘sgan, namatdek yumshoq, yulduzsimon tukchalar bilan qoplangan, gullari och pushti yoki oqimtir, hidsiz, ko‘p yillik o‘t o‘simlikdir. Bizda to‘qaylarda va zahroq yerlarda o‘sadi. Ildizi meditsinada qo‘llanaladi. Gulxayrilar oilasiga sanoatda muhim hisoblanadigan kanop o‘simligi kiradi. Kanop (Hibiscus cannabinus) bonbey kanop tolasi deb ham ataladi, chunki bu o‘simlik ekiladigan asosiy joy Hindiston, qisman Erondir. Kanop asl o‘sadigan bo‘ydor o‘t bo‘lib, poyasining o‘rtasidan 5-7 bo‘lakli barglar chiqaradi, pastki barglari esa yaxlit, ustki barglari tishli bo‘ladi. Kanopning poyasidan yaltiroq, mayin va yumshoq tola olinadi, bu tolaga yaxshi ishlov berilsa, u zig‘ir tolasiga yaqinlashib qoladi. Dag‘al kanop (Abutilon avicennae) ham o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 4 m gacha boradi va yuraksimon yirik - yirik yaxlit barglar chiqaradi. Bu o‘simlik bizda Bessarabiyadan sharqqacha, to Manjuriyagacha bo‘lgan qirlarda odatda siyrak holda uchraydi. Dag‘al kanop Xitoyda qadimdan ekiladi. Dag‘al kanop tolasining sifati kanop tolasi sifatiga nisbatan pastroq - bu tola dag‘al va mo‘rt bo‘ladi. Dag‘al kanop kanopga nisbatan kamroq issiq talab qiladi va namgarchilik yetarli bo‘lsa, yaxshi hosil beradi. Govzabondoshlar oilasi - Boraginaceae. Bu oilaga asosan o‘t o‘simliklar va kamdan kam buta hamda daraxt o‘simliklar ( tropik mamlakatlardagi) kiradi. Poyalari qirrali, barglari butun, navbat bilan, ba’zan qarama-qarshi joylashadi. Poya va barglari qattiq tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi. To‘pgullari qo‘shaloq gajjaklardan iborat. Gullari 5 bo‘lakchali to‘g‘ri bo‘lib, ba’zan noto‘g‘rilari ham uchraydi. Kosachalari 5 tishli. Gultojilari naychasimon, qo‘ng‘irsimon yeki boshoqqa o‘xshash bo‘lib 5 bo‘lakli va 5 tishlidir. Ular 5 ta tojbargning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Changchisi 5 ta ular gultoj naychasiga birikadi. Urug‘chilari 1-2 mevachi bargdan tuzilgan, tugunchalari ustki asosida nektardoni bor. Gullari xashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevalari quruq, to‘rtta yong‘oqchaga ajraladi, ba’zi turlarining mevasi sersuv danakchalardir. Govzabondoshlar oilasiga 1800 tur kiradi, bu turlar butun yer yuziga tarqalgan. O‘rta Osiyeda 150 dan ko‘proq turi o‘sadi. Fovzabondoshlar o‘rmon va dashtlarda, chala cho‘l va cho‘l va tog‘li rayonlarda juda ko‘p o‘sadi. Bu oilaning eng ko‘p tarqalgan turkumlari quyidagilardir: Kampirchopon (Trichodesma), nayzatuklar (Echium), Govzabonlar (Anchusa), Zag‘chakuzlar (Myosotis) va boshqalar. Govzabon xo‘kiztili (Anchusa). Bular bir va ko‘p yillik o‘tlardir. (Urug‘lari zaharli bo‘ladi). Falla va boshqa ekinlar ichida o‘sadigan begona o‘tlar bo‘lib bo‘z va partov yerlarda uchraydi.Italiya govzaboni(A.italica)turi ko‘p uchraydi. Kampirchopon-(Frehodesma B.Br). Oq tukli kampirchopon - Fincanum. Ildizpoyadan o‘sadigan, bo‘z rangli yoki kul rang ko‘p yillik o‘simlik. May oyidan boshlab noyabrgacha gullaydi va meva tugadi. Soz tuproqni adirlar, toshli yerlar, g‘alla va boshqa ekinlar orasida o‘sadi. Kampirchoponning barg poya va xususan urug‘ida alkaloidlar bo‘lganidan, uning urug‘i aralashgan maxsulotlarni iste’mol qilgan kishilar va uy xayvonlari og‘ir kasallikka duchor bo‘ladi. Ko‘pincha govzabondoshlar (Onosma) mehrigiyo, Anchusa, Arnebia-arnebia, Echium-nay. Atirgullilar tartibi-Rosales.Atirguldoshlar oilasi-Rosaceae. Atirguldoshlar oilasiga o‘t o‘simliklar,buta va daraxtlar kirib, ularning 115 avlodi va 3200 turi ma’lum. Bu o‘simliklar asosan Shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimi kengliklarida tarqalgan. Barglari oddiy va murakkab bo‘lib navbat bilan joylashadi. Gullari to‘g‘ri, doiraviy, qo‘sh gulqo‘rg‘onli, ikki jinsli bo‘ladi va ba’zan bir jinslilari ham uchraydi. Gullari ko‘pincha 5 bo‘lakchali, to‘rt bo‘laklari ham uchraydi.Ular to‘pgul hosil qiladi yoki yakka-yakka turadi. Kosachasi besh bo‘lakchali kosachabarglarning soni ikki barobar ko‘payganida ost kosacha hosil bo‘ladi. Gultoji bargi 4-5 ta.Changlari juda ko‘p va ular odatda besh karrali bo‘ladi. Ko‘pincha,changchilari kosachaga birikib o‘sadi. Gul o‘rni (gipantiy) yassi tarelkasimon, piyolasimon, bokalsimon yoki bo‘rtgan ba’zan mevasi pishganda u bilan qo‘shilib o‘sib, etli soxta mevaga aylanadi. Urug‘chidan tashqari gulning hamma qismi gulqo‘rg‘oning chetlariga birikkandir. Gulo‘rnida nektar moddasi bor. Urug‘chisi 1 ta yoki gulda nechta kosachabarg bo‘lsa shuncha yoki noaniq sonda bo‘ladi. Tugunchasi ustki, o‘rta, yarim ustki, ostki. Mevasi juda xilma-xildir: pistacha, yong‘oqcha, ko‘sakcha, danakli meva, yoyma, to‘pmeva, rezavor-meva kabisoxta meva.Urug‘i odatda endospermsiz. Asosan xashoratlar yordamida changlanadi, ba’zan shamol vositasi bilan changlanadigan formalari ham uchraydi. Atirguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jixatidan quyidagi 4 ta kenja oilalaga bo‘linadi: 1.Tubulg‘iguldoshlar (Spirayecoidcae) 2.Atirguldoshlar (itburunlar)-Rosaideae 3.Olmaguldoshlar (Pomoideae) 4.Olxo‘riguldoshlar(Prunoideae) Tubulg‘iguldoshlar kenja oilasi-Spirayeoideae. Bu kenja oilaning vakillari oddiy bargli butalardan iborat. Guli mayda bo‘lib, to‘pgul, shingil yoki qalqongullarga to‘plangan, tugunchasi ustki. Gulo‘rni yassi yoki bir oz botiq. Kosachasi 5 ta kosacha bargdan, gultojisi 5 tojbargdan iborat. Changchilari ko‘p, ular doira shaklida joylashgan. Urug‘chisi 5 ta mevachabargdan tuzilgan. Mevalari to‘pmeva Gul formulasi: Sa(5) So5 A U Bu kenja oilaga tubulO‘i turkumi Spirae kiradi. Bu turkumning vakillari manzarali va asal beruvchi °simlik hisoblanadi. Atirguldoshlar (itburunlar)kenja oilasi-Rosoideae. Bu kenja oilaga o‘t, chala buta va buta o‘simliklar kiradi. Poyasi tikanaklar bilan qoplangan. Barglari toq patsimon, murakkab yoki o‘yilgan yon bargchalarga ega. Gul tugunchasi o‘rta.Mevasi barglari 1 ta yoki ko‘p,ular birmuncha uzunroq, qavariq, botiq gulo‘rnida bo‘ladi. Gul formulasi: Bu kenja oilaga ko‘pincha hammaga ma’lum bo‘lgan o‘simliklar kiradi. Maymunjon va malina-Rubus. Bular buta o‘simliklaridir. Poyalari va barg bandlarida tikanlari bo‘ladi. Mevalari sersuv va xushbo‘y. Meva sifatida ekiladi. Malina mevasi terlatuvchi va siydik xaydovchi dori sifatida ishlatiladi. Maymunjon (R.caesius) -tekislik, ariq va kanal bo‘ylarida, tog‘ va tog‘ yon bag‘rlarida o‘sadigan rezavor butacha.Mevasi yeyiladi va murabbo qilinadi. Sirop va vino tayyorlanadi. Zemlyanika va qulpunay (yer tut)Fragaria. Poyalari o‘rmalab o‘suvchi, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglari 3 tali murakkab barg, yon bargchali. Mevasi ko‘p urug‘li rezavor. Fozpanja (Potentilla). Bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglari panjasimon,ba’zan patsimonlari bo‘ladi. Mevasi ko‘p urug‘li O‘zbekiston florasida beshbarg (P.reptans)va pakana beshbarg (P.supina)keng tarqalgan. P.erecta turi meditsinada ishlatiladi. Itburun (na’matak)-Rosa. Bular poyasi 1-3 mli butasimon o‘simlik bo‘lib,bargi toq patsimon,tanasi tikanlar bilan qoplangan. Yon bargli. Guldoni ko‘zachasimon. Mevasi soxta meva. Bu mevaning tarkibida "S" vitamini ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bu turkumning 120 turi bor. O‘zbekistonda 17 turi o‘sadi. Na’matakda asal modda bor. Uning mevalari vitamin tayyorlashda xom ashyo bo‘lib xisoblanadi. Na’matak o‘simligining bir qancha turlari atirgulning manzarali navlari uchun payvandtag qilinadi. O‘zbekiston sharoitida, na’matakning itburun Rosa canina degan turi ayniqsa yaxshi payvandtag bo‘ladi. Olmaguldoshlar kenja oilasi-Pomoideae. Bu kenja oilaning vakillari daraxt va ba’zan buta o‘simliklaridir. Ularning barglari ko‘pincha oddiy, ba’zan murakkab tushib ketadigan, yonbargli,gulkosasi ham gultojisi ham 5 tadan. Chagchisi 20 tadan ortiq. Mevabarglari 2-5 ta. Tugunchasi ostki. Gulo‘rnida botiq mevabarglari gulning etli o‘zagi bilan qo‘shilib o‘sadi. Natijada etli soxta olmasimon meva xosil bo‘ladi. Mevasining uchida kosacha qoladi. Gul formulasi: Sa(5) So5 A U( 2) Bu kenja oilaga olma(Malus), nok(Pyrus), behi(Cydonia), do‘lana (Crataegus), chetan(Sorbus) va boshqa turlar kiradi. Olma-Malus. Olma barglari oddiy, bandi butun, ko‘pincha xar xil oval shakllarda, ostki tomoni tukli, chetlari arrasimon tishli, yon bargi tushib ketadigan o‘simlikdir. Ularning guli yirik, qo‘shqo‘rg‘onli, to‘g‘ri, kichikroq bo‘lib, siyrak guli soyabon to‘pgul hosil qiladi. Kosabarg va tojibargi 5 tadan. Gultojning sirti oq,ich tomoni och yoki to‘q pushti, qizil.Changchisi ko‘p, changdoni sariq rangli, urug‘chisi 5 ta bo‘lib, mevabarglarining osti qo‘shilib o‘sadi. Tugunchasi ostki 5 uyali. Mevasi soxta. Og‘irligi 20 dan 600g ga boradi. Nok(Pyrus). - daraxt va buta o‘simlik. O‘rta Osiyo tog‘larida 8 turi o‘sadi. Olxo‘riguldoshlar kenja oilasi-Prunoideae. Bu kenja oila vakillari daraxt va buta,barglari oddiy, qirqilgan, tushib ketuvchi kichik yonbargli o‘simlikdir. Gullari oq yoki pushti, gulqo‘rg‘on barglari 5 tadan. Changchisi 10-20 ta bo‘lib, gipantiyning qirg‘og‘ida joylashgan. Gulo‘rni bokalsimon tuguncha bilan qo‘shilib o‘smaydi. Urug‘chisi 1 ta mevabargdan tuzilgan, tugunchasi ustki. Mevasi quruq yoki sersuv danakcha. Gul formulasi: Sa(5) So5 A U1 Bu oilaga olxo‘ri (Prunusdomestica), bodom (Amygdalus), tog‘olcha(Prunus), olcha(Cerasus), o‘rik(Armeniaca), cheremuxa avlodi(Padus) shaftoli avlodi (Persica)va boshqa daraxt vabutalar kiradi. Olxo‘rilar (Prunusdomestica) bu sal tikanli yoki tikansiz daraxt va buta o‘simliklaridir. Oqimtir gullari bargi yozilishi bilan teng ochiladi. Mevalari uzunligi 2 sm keladigan bandchalarda osilgan bo‘ladi. Mevasining rangi xar xil, usti g‘uborli bo‘ladi. Ularning yovvoyi xolda uchrashi noma’lum. Bodom (Amygdalus. Bu turkum vakillari daraxt va buta o‘simliklaridir. Ularning barglari lansetsimon, qisqa bandli.Gullari pushti yoki oq qariyib bandsiz bo‘lib, barg chiqarishga qadar ochiladi. Bu juda erta gullovchi meva o‘simliklaridir. Mevasi quruq danakcha, mezokarpi etli va qattiq, ba’zan silliq yoki g‘alviraksimon bo‘ladi. Oddiy bodom.(A.communis). O‘rik (Armeniaca) Bu shox-shabbali,tanasidagi po‘stlog‘i kul rang va yorilgan daraxtlardir. Yosh novdalari qizil rangda, gullari qisqa bandli, mevasi etli suvli pishganda danagi osonlik bilan ajraydigan danakli mevadir. Shaftoli (Persica). Bular daraxt o‘simliklar bo‘lib, barglari lansetsimon, gullari pushti rangda yoki qizil. Mevasi tuxumsimon, sharsimon yoki anjirsimon, juda suvli, po‘sti mayda tukchalar bilan qoplangan danakli mevadir. Olcha (Cerasus). bular daraxt va buta o‘simlik bo‘lib, barglari oddiy, silliq, chetlari tishli, tuxumsimon yoki ellipsimon va uzun bandlidir. Gullari to‘g‘ri, oq rangli, oddiy soyabon shaklida tuzilgan. Qo‘sh gulqo‘rg‘onli, changchisi ko‘p sonli, onaligi bitta. Tugunchasi ustki. Mevasi sharsimon, qizil, qoramtir va sariq rangli, sersuv danakli meva. 2 turi gilos (C.avium),olcha (c.vulgaris) bizda ko‘p ekiladi. A D A B I YO T L A R 1. L.I.Kursanov.,N.A.Komarnitskiy ,Meyyer K.M.va boshqalar. Botanika II tom.T."O‘rta va Oliy maktab" 1963 y. 2. V.A.Burыgin.F.X.Jongurazov Saidov J.K.va boshqalar. Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi.T,"O‘qituvchi", 1972 yil. 3. V.G.Xrjanovskiy.Kurs obshey botaniki.Chast II.M. Iz-vo "Vыsshaya shkola "1982 god. 4. I.Xamdamov.,I.Shukurullayev.,YE.Tarasova.va boshqalar.Botanika asoslari.T.,Mehnat 1990 yil. 5. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombыtko.Botanika. M.Iz-vo"Vыsshaya shkola" 1990 god. 6. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika.T."O‘qituvchi 1995 yil Download 35.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling