Farmasevtika ta’lim va tadqiqot instituti


Download 1.04 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1378264

FARMASEVTIKA TA’LIM VA
TADQIQOT INSTITUTI



Mavzu:Barglarning morfologik va anatomic tuzilishi.
O’simliklarda kechadigan fizalogik jarayonlar.
TOPSHIRDI: Рахмонов Х.
TEKSHIRDI: Сафарова Н.К.

Barg (lot. folium, yun. phyllon) — yuksak oʻsimliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba’zi oʻsimliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli oʻzgarib, oziq yoki suv gʻamlash, himoya qilish, ilashish kabi qoʻshimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. B.ning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim oʻsimliklar (mas, palma, banan) B. 20 m ga yetadi. B.ning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi B. bandi deyiladi. Bir qancha oʻsimliklar (bugʻdoydoshlar, ziradoshlar) B. bandi kengayib, novdani oʻrab turadigan qinni hosil qiladi. Ba’zi oʻsimliklar (yalpizdoshlar)da B. bandi boʻlmaydi, yaprogʻi toʻgʻridan-toʻgʻri novdaga birlashadi.


Bunday B. oʻtroq deyiladi. B.ning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bogʻliq. Yaproqning yassi boʻlishi B.ning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi.B. oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy B. bandida bitta, murakkab B. bandida bir necha yaproq bor. Oddiy B. yaprogʻining shakliga koʻra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, toʻgʻri chiziqpi, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqa; qirrasining tuzilishiga koʻra tekis qirrali, tishli, kungurali; i. 1 mm2 barg yuzasida ogʻizchalar soni 40 dan 500 gacha, ba’zan undan ham koʻproq boʻladi. Ogʻizchalar ayniqsa sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar bargi kutikula, yogʻsimon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, koʻpincha etli; barg orqali suvning koʻp bugʻlanishiga imkon bermaydi. Epidermis ostida B. eti (mezofill) joylashgan. B. eti koʻpchilik oʻsimliklarda ustki epidermis ostida joylashgan 1 — 2 qator hujayralardan iborat
ustunsimon toʻqima va uning ostidagi gʻovak toʻqimadan tashkil topgan. B. eti hujayralari (ayniqsa ustunsimon toʻqima) B.ga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir boʻladi. B. etidan tomirlar oʻtadi. Ular har xil shaklda boʻlib, sistematik ahamiyatga ega. Ikki pallali oʻsimliklar B. toʻrsimon yoki patsimon, bir pallalilar esa parallel yoki yoysimon tomirlangan. Tomirlar lub va yogʻochlik tolalaridan hamda oʻtkazuvchi va toʻrsimon naylardan iborat. Tomirlar yaproquchun tayanch sinch vazifasini oʻtaydi.
Oʻtkazuvchi naylar orqali suv va mineral oziq moddalar iddizdan barg mezofili hujayralariga toʻxtovsiz kelib turadi. B. hujayralarida sintezlangan mahsulotlar tomirlardagi toʻrsimon naychalar orqali oʻsimlikning boshqa qismlari, ya’ni poya, ildiz, gul, mevalarga yetkazib beriladi. B. yuzasining keng boʻlishi uning karbonat angidridni faol qabul qilishi, koʻp miqdorda suv bugʻlatishi va kislorod ishlab chiqarishiga sabab boʻladi. I ga maydondagi yashil oʻsimliklar bir kecha-kunduzda 150 – 500 kg karbonat angidridni oʻzlashtirib, 60 – 400 kg kislorod ajratadi va 100 t gacha suv bugʻlatadi. Bu jarayonda B. 75 – 250 kg gacha organik modda hosil qiladi. B.ning yashash muddati ham turlicha boʻlib, ayrim oʻsimliklar B. Bir necha hafta, boshqalari bir necha yilgacha (mas, lavr bargi 3 —4 yil, Yevropa archasi bargi 8—10 yil, Shrenka archasi bargi 30 yil) yashaydi. B. hayoti fotosintez va metabolitik jarayonlarning izchilligi bilan bogʻliq. Bu jarayonlar sekin kechadigan ninabarglilarning bargi nisbatan uzoq yashaydi. B. cheklangan oʻsish xususiyatiga ega boʻlishi bilan boshqa oʻsimlik organlaridan farq qiladi. Yaproqning oʻsishi cheklanganligi, biroq B. bandning oʻsishi toʻxtovsiz davom etaverishi tufayli B. yaprogʻi yorugʻlikka oʻgirilish xususiyatiga ega boʻladi






Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling