Xorazmda badiiy san’at ham rivoj topgan
Download 13.11 Kb.
|
Ilk o
Ilk o‘rta (IV—VIII asrlarda) me’morlik yanada rivoj topib, qal’a, qasr va ko‘shklar (Burgutqal’a, Uyqal’a, Qumbosgan qal’a va boshqalar) kvadrat yoki to‘rtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon burjlarbilan mustahkamlanadi. Bu davrdabunyod etilgan qal’a va ko‘shklar orasida me’moriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqal’a va Yakka Person diqqatga sazovordir. Xorazmda badiiy san’at ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirg‘a va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar to’qilgan. Miloddan avval VI— V asrlarda ro‘y bergan yuksalish milodiy III asr oxiri va IV asr boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qal’alar V— VI asrlarda yana jonlangan (Kavat qal’a, Guldursun qal’a, Kot va b), X asr oxirlarida Shimoliy Xorazmda Urganch shahrining ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad ko‘targan. Binokorlikda paxsa, xom g‘isht bilan bir qatorda pishiq g‘ishtdan foydalana boshlangan (Ko‘hna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin ar-Roziyning maqbarasi va boshqa shular jumlasidandir). Download 13.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling