Gailardiya grandiflora m


Download 17.66 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2023
Hajmi17.66 Kb.
#1748322
  1   2
Bog'liq
Amaliy 5


Rudbekiya (Rudbeckia) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bo’lib, o’z ichiga 40 ga yaqin bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tsimon o’simliklarni birlashtiradi. Vatani – SHimoliy Amerika. Ko’p yillik, ayrim turlari bir yillik va ikki yillik o’tsimon ildizpoyali o’simlik. poyalari tik, oddiy yoki shoxlangan, uzunligi o’rtacha 50 smdan 3 metrgacha (ayrim turlarida), barglari mo’l. Barglari butun yoki patsimon qirqilgan, oval yoki tuxumsimon, 5 smdan 25 smgacha, pastki barglari uzun bandli, tepadagilari o’troq (bandsiz). To’pguli – savatcha. Savatchaning diametri 15 smgacha. Gulo’rni bo’rtib chiqqan, keyinchalik tsilindr shakliga kiradi. Savatcha chetidagi gullar pushtsiz, tilsimon, sariq, zarg’aldoq yoki malla rangda. Savatcha o’rtasidagi gullar — naysimon, ikki jinsli, sariq, qizg’ish-qora yoki malla rangda. Mevasi — uzaygan pistacha. Urug’lari mayda, to’q-kulrang, yaltiroq. 1 gr ida 1800 dona urug’ bo’ladi. Urug’lar 2-3 yilgacha unuvchanligini saqlaydi.
Gailardiya grandiflora - murakkabguldoshlar oilasiga mansub bo’lib, o’z ichiga 20ga yaqin bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tsimon o’simliklarni birlashtiradi. Vatani – SHimoliy Amerika. poyalari tik, oddiy yoki shoxlangan, uzunligi o’rtacha 60 smgacha, barglari mo’l. Barglari butun yoki patsimon qirqilgan, oval yoki tuxumsimon, 5 sm dan 25 sm gacha, pastki barglari uzun bandli, tepadagilari o’troq (bandsiz). To’pguli – savatcha. Savatchaning diametri 13 sm gacha. Gulo’rni bo’rtib chiqqan, keyinchalik tsilindr shakliga kiradi. Savatcha chetidagi gullar pushtsiz, tilsimon, qizil, zarg’aldoq yoki malla rangda. Savatcha o’rtasidagi gullar — naysimon, ikki jinsli, sariq, qizg’ish-qora yoki malla rangda. Mevasi — uzaygan pistacha. pistachaning rangi oqish kulrang bo’lib, boyi 3-5 mm, pastki qismi uchli, tepa qismi tojga o’xshab kengaygan, yengil, shamol yordamida tarqalishga moslashgan. 1 g ida 450-520 dona urug’ bo’ladi. Urug’lar 2 yilgacha unuvchanligini saqlaydi.
Gulchilikda G.aristata, G.pulchella turlari va ularni chatishtirish orqali olingan duragaylar keng qo’llaniladi. CHatishtirish orqali yaratilgan navlar umumiy nom bilan Gaillardia X hybrida deb ataladi. Ular istalgan gulzorni bezay oladi.

Download 17.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling