Gailardiya grandiflora m
Ko’p yillik manzarali o’simliklar
Download 17.66 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmaliy 5
Ko’p yillik manzarali o’simliklar. Ko’p yillik manzarali o’simliklar gulli manzara hosil qilishda muhim ahamiyatga egadir. O’simliklarning yer usti qismi har yili qishda nobud bo’ladi, ildizi yoki ildiz poyasi saqlanib qoladi. Bahorda esa undan yangi poyalar o’sib chiqadi. Ko’p yilliklar bir joyda bir necha yil o’sib gulzor barpo etish xarajatlari ham ancha kamayadi.
Bu gruppadagi o’simliklar urug’idan, ildiz va ildizpoyasidan, shuningdek, qalamcha qilib ko’paytiriladi. Ularga mansub bo’lgan shoyigulning ildizpoyasi, kartoshka gulning ildiz tugunagi ko’paytirish uchun qishda kavlab olinadi. piyozli (piyozgul, nargis, lola va boshqa), tugunakpiyozli (ilongul, zafar va boshqa) o’simliklar ham shu gruppaga mansubdir. Ko’p yillik manzarali o’simliklar juda ko’p bo’lib O’zbekiston shaharlarini ko’kalamzorlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Ko’p yillik manzarali o’simliklari gruppasiga gulbaxmal yoki tugmachagul, akvilog, qo’qongul, xrizantemalar, moychechak, kartoshkagul, xrizantema, delg’finium, gaylardiya, gulsafsar, shoyigul, deklitra, nashagul va boshqalar kiradi. Umuman barcha ko’p yillik manzarali o’simliklar ikki gruppaga bo’linadi. SHu jumladan birinchi gruppaga mansublari qishni ochiq yerda o’tkazishi, ba’zilari usti yupqa narsa bilan berkitilganda bemalol qishdan chiqishi mumkin. Ikkinchi gruppaga mansub subtropik bo’lgan o’simliklar O’zbekiston sharoitida sovuq urib butunlay nobud bo’ladi. Ularga kartoshkagul, shoyigul va boshqa bir qancha nozik gullar kiradi. Bu xildagi o’simliklarning tugunak va ildizpoyasi qishda sovuq urmaydigan joyda saqlanishi kerak. Ko’p yillik manzarali o’simliklarning bir yillik o’simliklarga qaraganda afzalligi shundaki, ularning ko’pchiligi intensiv va uzoq vaqt ochilib turadi, ko’pda mehnat talab qilmaydi. Bir yillik o’simliklar parvarishi uchun esa har yili juda ko’p vaqt va mehnat sarflashga to’g’ri keladi. Ko’p yillik o’simliklar yaxshi parvarish qilinsa bir joyda bir necha yil ochilib turishi mumkin. SHunda ular sekin-asta bo’yiga o’sadi, ko’p ochiladi. Ko’p yillik manzarali o’tsimon o’simliklardan ma’lum bir rangda ochiladigan xillarini tanlash bir yillik o’simliklarga qaraganda ancha oson. Chunki, ko’p yillik o’simliklarni vegetativ yo’l bilan qalamchasidan, tupining bo’linishidan va parxish qilib ko’paytirish mumkin. Ko’p yillik o’simliklarning birinchi yilgi parvarish ishlari bir yillik o’simliklarning parvarishidan kam farq qiladi. Bunda asosiy farq shundaki, ko’p yillik o’simliklar urug’ini faqat bahorda emas, hatto avgustda ham ekish mumkin. Kuzda ochiladigan ko’p yillik o’simlik urug’lari esa, bahorda ekiladi. Bulardan ko’pchiligi ekilgan yiliyoq ochiladi. Bahorda yoki yozning birinchi yarmida ochiladigan ko’p yillik o’simliklar avgustda ekilishi mumkin. Yozda bevosita urug’idan o’stiriladigan o’simliklar tez avj olib, o’sib nihoyatda ko’p ochiladi. Bahorda ochiladigan o’simliklar kuzda ko’paytiriladi, yoz va kuzda ochiladiganlarini esa 6ahorda o’tqazish mumkin. Ko’p yillik o’simliklarni o’tqazishga mo’ljallangan yer parnik chirindisi, chiritilgan kom’ost bilan o’g’itlanishi kerak. CHunki bu xildagi o’simliklarni bir joyda 3—4 yil o’stiriladi. O’simliklarning keyingi parvarishi o’z vaqtida sug’orish, tagini yumshatib turish, begona o’tlardan toza tutish, o’simlik atrofini chopib yumshatishdan iborat. Kartoshkagul, xrizantema singari ba’zi bir ko’p yillik o’simliklarga tayanch-qoziq kerak bo’ladi. Ma’lum uzunlikdagi tayanch-qoziq kartoshkasidan o’sib chiqqandan keyin qoqiladi. O’simlikning poyasi o’sishiga qarab qoziqqa boylab boriladi. Ba’zi bir ko’p yillik o’simliklar (korepsis, sentrantus, moychechak) poyasi gullab bo’lgandan keyin qirqib tashlanadi, CHunki bu xildagi o’simliklarning poyasi qirqilganda ularning gullash davri tezlashadi va anchaga uzayadi. Sovuqqa chidamsiz ko’p yillik o’simliklarni qishki sovuqdan saqlash uchun ularni kartoshkasi, ildizpoyasi va butun o’simlik tupi kavlab olinib, issiq binolarda saqlanadi. O’simlik kartoshkasi, ildizpoyasi (kartoshkagul, shoyigul) yerto’lada, quruq yerga ko’mib saqlanadi. Yerto’la temperaturasi + 3—5°S dan kam bo’lmasligi kerak. Download 17.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling