Mavzu: Qirqquloqtoifalar (Oʻrmon, erkak qirqqulogʻi) REJA; - Qirqquloq — qirqquloqdoshlarga mansub oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda Q.ning botqoq Q.i yoki botqoq paparotnigi va erkak Q. yoki erkak paparotnik turi oʻsadi. Botqoq Q.i ning ildizpoyasi ingichka, qoramtir, eski barg bandlari bilan oʻralgan. Barglari 15—60 sm, yakka-yakka joylashgan, barg plastinkasi qatlami, ikki karra patsimon qirqilgan. Avgust—sentabrda spora hosil qiladi. Choʻl, adir va togʻ zonalarida uchraydi. Botqoqliklarda, ariq va daryo boʻylarida oʻsadi. Erkak Q.ining ildizpoyasi yoʻgʻon, eski barg bandlari bilan oʻralgan. Barglari toʻp-toʻp boʻlib joylashgan. Barg plastinkasi uzunchoq ellipssimon, ikki karra patsimon qirqilgan. Avg.-sentabr da spora hosil qiladi. Tibbiyotda lentasimon gijjalarni davolashda foydalaniladi. Togʻ zonasida mayda toshli tuproqlarda, daraxt va toshlarning soyasida, zax joylarda oʻsadi.
- Bu bog’im vakillari barglari yirik megafiliya, ko'pinclîa murakkab tuzilganligi va sporangiylari spora hosil qiluvchi boshoqchalarda emas, balki barglaming ostki yuza tomonida yoki chetki
- qirralarida o‘ralgan holda bo‘lishligi bilan boshqa bo‘limlardan farq
- qiladi. Qirqquloqtoifa o‘simliklar turlari soni jihatidan yuksak
- o‘simliklar orasida magnoliyatoifa (gulli) o'simliklar va yo‘sintoifa
- 0 ‘simliklardan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Hozirgi paytda yer
- sharida qirqquloqlaming 300 ga yaqin turkumga mansub 10
- mingdan ziyodroq turlari tarqalgan.
- Bular ham eng qadimgi
- o'simliklar hisoblanadi. Chunki qirqquloqlaming bizgacha yetib
- kelmagan vakillari devon davridan (425-370 mln.yil) oldin qirilib
- ketgan. Ular qadimgi qirqquloqtoifa o‘simliklar bilan bir vaqtda
- o‘sib, o‘rmonlar hosil qilgan. Tog‘ jinslari, botqoqliklar va suvda
- o‘sgan. Lekin ko‘pchilik turlari tarqalish jarayonida semam iqlimni
- talab qilgani uchun tropik va subtropik iqlimli joyîarda uchraydi.
- Tropik o‘rmonlarda daraxtlar ostida ham uchraydi, juda mayda
- vakillari ham mavjud, ulaming kattaligi 1 necha mm keladi.
- Ayniqsa, tropik va sernam subtropik o‘rmonlarda tikka o‘suvchi, yotib o‘suvchi o‘t vakillaridan tortib, epifit, lianalargacha
- bolgan turlami va siateyadolshlar (cyateaceal) oilasiga mansub
- siatey va diksoniya turkumlariga kiruvchi bo‘yi 25 m gacha
- yetadigan daraxtsimon qirqquloqlarni ham uchratish mumkun. 0 ‘rta
- Osiyo hududida esa faqat o‘t o‘simliklardan iborat vakillari tarqalgan. Qirqquloqlarda ham qirqbo‘g‘imlardagidek ildiz sistemasi
- yaxshi taraqqiy etgan. Salvinia turkumining ayrim vakillarida
- ildiziar butunlay reduksiyalanib ketgan.
- Qirqquloqlarga xos belgilardan yana biri barglaming yirik bo‘lishi va ularda o‘sish nuqtasining poyadagidek
- uchki qismida joylashganligidir. Bu jihatdan ular plauntoifalardan va qirqbo‘g :imtoifalardan farq qiladi. Qirqquloqlar shakli va ichki
- tuzilishi jihatidan ham xilma-xil boiadi. Qirqquloqlaming ko'pchiligida barg ikkita vazifani, ya’ni ayrimlarida fotosintez va
- spora hosil qilish vazifasini bajarsa, boshqalarida spora hosil qiluvchi barglari xlorofillni yo‘qoiib, faqat jinssiz ko‘payish
- vazifasini o'taydi (masalan, salviniyalarda). Qirqquloqlar anaiomik tuzilishi jihatidan gulli o‘simliklar bargining anatomik tuzilishiga o'xshab ketadi. Ko‘ndalangiga kesilgan bargning ustki va ostki
- tomoni epidermis bilan qoplangan. Evolutsion taraqqiyoti davomida qirqquloqlaming sporangiylari bargning chetki qismidan pastki qismiga o‘tib joylashgan.
Qirqquloqtoifa o‘simliklar bo‘limi 7 ta sinfga (ajdodga) bo‘linadi: - 1. Anevrofitsimoîilar - Aneurophytopsida. 2. Arxeopterissimonlar - Archeopteridopsida. 3. Klodoksilonsimoïïîar - Cladoxylopsida.
- 4.ZigopterissimonIar - Zigopteridopsida.
- 5. Ujovniksimonlar (iiontilsimonlar) — Ophioglossopsida.
- 6. Marattiyasimonlar — Marattiopsida.
- 7. Polipodmmsimonlar -- Polypodiopsida
Do'stlaringiz bilan baham: |