Mollyuskalar (mollusca) tipiga 30 mingdan ortiq tur kirib, u ta sinfga bo’linadi. Mollyuskalar orasida ham ayrim turlari parazitlik qilib hayot kechiradi


Download 0.74 Mb.
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1790207
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MOLLYUSKALAR


MOLLYUSKALAR (MOLLUSCA) tipiga 130 mingdan ortiq tur kirib, u 7 ta sinfga bo’linadi. Mollyuskalar orasida ham ayrim turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Ular asosan ikki pallali (Bivalvia) va qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinflari ichida uchraydi. Qorinoyoqlilar sinfining ayrim vakillari har xil parazit chuvalchanglarning, birinchi navbatda, so’rg’ichlar sinfi vakillarining oraliq xo’jayinlari hisoblanadi. Shuningdek, ular ayrim tur tasmasimon chuvalchanglar vakillarining ham oraliq xo’jayinlari sifatida qatnashadi. Ikki pallali mollyuskalardan chuchuk suv marvariddorlari (Margaritifera) va tishsizlarning (Anodonta) lichinkalari baliqlarda parazitlik qilib yashaydi. Tishsizlar ayrim jinsli bo’lib, tashqi ko’rinishidan erkagi urg’ochisidan farq qilmaydi. Urg’ochi tishsiz yetilgan tuxumlarini jabra yaproqchalari oralig’iga qo’yadi. Erkaklarining spermatozoidlari esa suvga chiqariladi va kirish sifonlari orqali urg’ochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra yaproqchalari orasida urug’lanib, bir necha kundan keyin undan gloxidiy deb ataluvchi lichinka chiqadi. Lichinkaning ikki pallali chig’anoqlarini qirralari tishchali bo’ladi. Bunday lichinkalar erta bahorda ona organizmidan suvga chiqadi va biroz harakatlanib, keyin chig’anoqlarini tishchalari va yopishqoq bissus ipchalari yordamida turli baliqlarning jabrasiga va suzgich qanotlariga ilashib, parazit holda hayot kechira boshlaydi. Natijada zararlangan baliqlar tanasida shishlar paydo bo’ladi. Terisining ostida gloxidiylar bir — ikki oy davomida parazitlik qilib rivojlanadi va asta —sekin kichik tishsizga — baqachanoqqa aylanadi. Keyinchalik baliqning terisini yorib, suv tubiga cho’kib mustaqil hayot kechiradi. Gloxidiylar ayniqsa baliqlarning jabra to’qimalarida parazitlik qilib, ularning nafas olishini qiyinlashtiradi va natijada ko’plab baliqlar nobud bo’ladi. Qorinoyoqli mollyuskalar ichida ham ayrim turlari ninaterililar tipi vakillarida parazitlik qiladi. Qorinoyoqli mollyuskalar kenja sinf vakillari hisoblanadi.


Bivalvia


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling