2-Ish.Mol kanasi (Ixodes ricinus) imago davrida qoramol, ot, qo’y, echki, bug’u, tulki, it, bo’ri, quyon va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Lichinka va nimfa davrida esa asosan sichqonsimon kemiruvchilar, tipratikan, sudralib yuruvchilar va parrandalarda parazitlik qiladi.
Kasallik tarqatuvchi kanalar:
A-xo‘jayinini poylab turgan urg’ochi tayga kanasi (Ixodes persulcatus); B-urg’ochi dermatsentor kanasi (Dermacentor pictus); D-urg’ochi ornitodorus kanasi (Ornithodorus papillipes).
Bu kanalar tulyaremiya, piroplazmoz, tayga ensefaliti, tepkili terlama, gemosporidioz kabi kasalliklarni yuqtiradi.
2-Ish. Qichima (qo’tir) kana-Sarcoptes scabiei
Sarcoptidae oilasi vakillari ko’zga ko’rinmaydigan, juda mayda. Ular odam va har xil sutemizuvchilar: ot, tuya, qo’y, bug’u, qoramol, quyon, it, eshak, bo’ri, tulki va boshqalarning teri epidermiysida parazitlik qilib yashaydi. Ular terini qattiq jarohatlab, kuchli qichishni vujudga keltiradi.
Odamda parazitlik qiladigan kanalar: A-urg’ochi qichima kanasi (Sarcoptes scabiei), qorin tomonidan ko’rinishi; B-husnbuzar kanasi (Demodex folliculorum)
Qichima kanalarining tana tuzilishi boshqa kanalar kabi bosh-ko’krak va qorin qismlariga bo’linadi, lekin ular yaxlit bo’lib qo’shilib ketgan.
Urg’ochi kana ikki qavat parda bilan qoplangan oval shakldagi tuxum qo’yadi. Tuxumlarining uzunligi 0,1-0,2 mm. Bitta urg’ochi kana 20-50 tagacha tuxum qo’yadi.
Qichima kanasi bilan zararlangan hayvon akarioz, ya’ni qichima-qo’tir kasalligining manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |