13 Mavzu: Tabiiy axamiyatga ega hashorotlar. Nazorat savollar: Uy pashshasining rivojlanishi


Download 68.62 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi68.62 Kb.
#105810
Bog'liq
bio 13 Shohruza Yigitaliyeva


13 Mavzu: Tabiiy axamiyatga ega hashorotlar.

Nazorat savollar:

1. Uy pashshasining rivojlanishi.

Pashshalar juda tez rivojlanadi. Urug’langan urg’ochi pashshalar hayotining 9-kunidan boshlab tuxum qo’yishlari mumkin. Embrional rivojlanishi 8 soatdan 4 kungacha davom etadi. Tuxumdan chiqqan lichinka 3ta rivojlanish davrini o’taydi. 1-rivojlanish davridagi lichinka uzunligi 2mm, tanasi oq rangda. Uning bosh tomoni ingichka, dum tomoni birmuncha yo’g’on. Tanasi 13 segmentdan iborat bo’lib, oldingi qismida halqumgacha davom etadigan og’iz teshigi joylashgan. Shu qism ilmoqchalarga ega xitin bn qoplangan. Orqa segmentlarida tukchalar bn qoplangan tana o’siqlari bor. 3-davrdagi lichinka sarg’ish rangda, uzunligi 12-13mm gacha boradi. Lichinkalar qulay sharoitda juda tez rivojlanadi, 3kun ichida 3ta lichinka davrini o’tashi mumkin. Lichinka g’umbak hosil qilishi u.n qulay harorat 25°C dan yuqori bo’lmasligi kerak, shunda 3-4 kun ichida g’umbak rivojlanadi. Lichinkaning uchinchi davrida tanasidan ajralib chiqadigan xitin qoplag’ich qattiqlashib, soxta pilla pupariy hosil qiladi. Shu pupariy ichida g’umbak rivojlanadi. G’umbak harakatsiz bo’lib, imago davriga o’tadi. Tuxum qo’yishdan boshlab, imago chiqquncha o’tadigan rivojlanish davri o’rta hisobda 10-25 kun davom etadi.


2. Uy pashshasining tibbiy ahamiyati.

Bakteriyalar, parazit chuvalchanglarning tuxumlari va parazit sodda hayvonlarning sistalari b.n ifloslangan pashshalar aholi yashaydigan uylarga kirib ovqatga, idish-tovoqqa o’tiradi va har xil yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Pashshalar ayniqsa oshqozon-ichak kasalligini, ich terlama, ichburug’ kasalliklarini tarqatishda katta rol o’ynaydi. Pashsha sil, kuydirgi, vabo kasalliklarini ham tarqatadi. Bundan tashqari pashshalar gelmintlar tuxumlarini, odamda parazitlik qiladigan sodda hayvonlarning sistalarini tashib yuradi.


3. Hashorotlarning tibbiyotdagi ahamiyati.

Odamlar uchun hashorotlar ijobiy va salbiy ahamiyatga ega. Misol uchun asalari va ipak qurti bevosita foyda keltiradi. Zararli hashorotlar, shu jumladan chigirtkalar esa dehqonchilikka va bog’dorchillikka zarar yetkazadi. Lekin eng muhimi shundaki, odamda parazitlik qiladigan hashorotlar anchagina bo’lib, ular kasallik chaqirishi va tarqatishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan hashorotlar tibbiyotda ham katta ahamiyatga ega.


4. Oddiy chivinning bezgak chivinidan farqi.

Jadvalda berilgan.


5. Chivinlarning transmissiv kasalliklarning tarqatishidagi ro’li.

Anopheles avlodiga kiradigan chivinlar bezgak chivinlari deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini tarqatadi. Culex avlodiga kiradigan chivinlar ham odamda uchraydigan transmissiv kasalliklarning chaqiruvchilarini tarqatadi, Yaponiya, Koreya yarim orolida va Shimoliy Xitoyda, Uzoq Sharqda Culex chivinlari og’ir virus kasalligi – yapon ensefalitini tarqatadi. Aedes avlodiga kiradigan chivinlar sariq isitma degan og’ir tropik kasallik qo’zg’atuvchilarini tatqatishda ishtirok etadi.


6. Volfart pashshasining tibbiyotdagi ahamiyati.

Volfart pashshasining tibbiyotdagi ahamiyati shundan iboratki, uning lichinkalari obligat parazitlar hisoblanadi. Lichinkalar tarqatadigan kasallik miaz deb ataladi. Miaz og’ir kasallik bo’lib, vaqtida oldi olinmasa bemorning o’limiga sabab bo’ladi.


7. So’na va bo’kalar parazitar (invazion) kasalliklarni keltirib chiqarishi.

So’nalarning bir necha turi odamda yashashi mumkin. Oshqozon, teri va bo’shliq so’nalari shular jumlasiga kiradi. Oshqozon so’nasining lichinkasi miaz kasalligini chaqiradi. Teri so’nalari teri miaz kasalligini keltirib chiqaradi. Bo’shliq so’nalari va qo’y so’nalari lichinkalari ko’zning yallig’lanishiga, ko’zdan yosh oqishiga, og’riqqa sabab bo’ladi, ko’zni yara qilib qo’yishi ham mumkin. Qo’y so’nasining lichinkalari burun ichkarisiga o’tib, to peshona bo’shlig’igacha borishi mumkin. Davolanmasa o’limga olib kelishi mumkin.


8. Zararkunanda chivin va pashshalarga qarshi biologic kurash.

Chivinlarga qarshi kurashishda, chivinlarni yo’qotish choralari, chivinlar hayot siklining barcha davrlarida amalga oshiriladi. Qanot chiqargan chivinlar yoz paytlarida kunduzi qo’nib turadigan joylarda, qish paytida qishlash joylarida har xil insektitsidlar yordamida yo’qotiladi. Lichinkalari va g’umbaklariga qarshi kurashish u.n suv havzalari tekshiriladi. Chivinlarning lichinkalariga qarshi kurashishda xo’jalik maqsadlari u.n keraksiz bo’lgan kichikroq suv havzalari tuproq b.n ko’mib tashlanadi. Hozirda kurashning biologik usuli rivojlanib bormoqda. Lichinkalar va g’umbaklari bor suv havzalarida shular b.n oziqlanadigan gambuziya balig’ini ko’paytirish yaxshi natija beradi. Sholipoyalarda bo’lib-bo’lib sug’orish, ya’ni qisqa vaqt suvni chiqarib tashlash yo’li b.n parazitlarni yo’qotish mumkin.

Pashshalarga qarshi kurash: 1) pashsha ko’payadigan joylardagi lichinkalarni to’liq yo’qotish, kir o’ralari, hojatxonalar va axlatxonalarni tez-tez tozalab turishdan ibotat. Quruq dezinfeksiyalovchi moddalar b.n zararsizlantirish lozim. Ochiq tipdagi hojatxonalarda ahlat ustiga so’ndirilmagan ohak yoki xlorli ohak sepib turish zarur; 2) qanot chiqargan pashshalarni qirish. Buning u.n binolarga insektitsidlar b.n ishlov beriladi, pashshalarni yopishqoq qog’oz va pashsha tutqichlar b.n tutiladi. 3) bino va oziq-ovqat mahsulotlarini pashshalardan saqlash kerak. Yoz vaqtlarida derazalarga doka, sim to’r tutiladi, ovqatlarni, idishlarni ustini yopib qo’yish lozim.


Чивинларининг фарқли хусусиятларини белгиланг.

Anopheles

Culex

Anopheles avlodiga kiradiganlarni bezgak chivinlari deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini tarqatadi. Tipik vakili Anopheles maculopennis hisoblanadi. Culexdan farqlari: 1. Urg’ochi bezgak chivinlarning voyaga yetgan davrida pastki jag’ paypaslagichlari xartumiga teng. 2. Oyog’i tanasidan 2 baravar uzunroq. Ko’kragining o’rta bo’g’imida joylashgan bir juft qanotida qoramtir 4ta dog’i bo’lib, bu dog’lar zich joylashgan tangachalardan iborat. 3. Qo’nib turganida qorin qismini ko’tarib, burchak hosil qilib turadi. Tuxumlarini o’zlari rivojlanib chiqqan, kislorodga boy, toza suv havzalari atrofiga qo’yadi. 4. Tuxumlarini suvga emas, suvli, zax joylardagi substraktlarga qo’yadi. Tuxum ichida rivojlangan lichinkalar 1yilgacha saqlanishi mumkin, suv tekkandan keyin ular tashqariga chiqadi va rivojlanadi. 5. Lichinkalari suv yuzasida yashab, shu joydagi mayda zarrachalar va mikroorganizmlar b.n oziqlanadi. 6. G’umbaklaridagi nafas olish nayi konus shaklida bo’ladi.


Culex avlodiga kiradiganlar – oddiy chivinlar deyiladi. Tipik vakili Culex pipiens hisoblanadi. Culex avlodiga kiradigan chivinlar ham odamda uchraydigan transmissiv kasalliklarning chaqiruvchilarini tarqatadi, Yaponiya, Koreya yarim orolida va Shimoliy Xitoyda, Uzoq Sharqda Culex chivinlari og’ir virus kasalligi – yapon ensefalitini tarqatadi. Anophelesdan farqlari: 1. Urg’ochi oddiy chivinlarning voyaga yetgan davrida pastki jag’ paypaslagichlari kalta bo’lib, xartumining 1/3 qismini egallaydi. Erkaklar oddiy chivinlarda oxirgi bo’g’imi kengaymagan bo’ishi b.n farq qiladi. 2. Oyog’i tanasidan 1.5 baravar uzunroq. Qanotida dog’lari bo’lmaydi. 3. Parallel holda qo’nadi. Tuxum qo’yishda sharoitning ahamiyati yo’q, suv bo’lsa yetarli. 4. Tuxumida havo kamerasi bo’lmaydi, shuning u.n tuxumini bir-biriga tik aylana o’qi bo’yicha yopishgan holda qo’yadi. Natijada qayiqchaga o’xshash 200-400 tadan bo’lgan tuxumlar to’plamini hosil qiladi. Bunday holda tuxumlar cho’kib ketmaydi. 5. Lichinkalari suv qatlamidagi organizmlar b.n oziqlanadi. 6. G’umbaklaridagi nafas olish nayi silindr shaklida bo’ladi.


Расмдаги чивин бошларининг тузилишини кўриб чикинг. Белгини қўйнг.



Oddiy chivin – Culex. А - Urg’ochisi. В – Erkagi.

Bezgak chivini – Anopheles maculopennis. Б – Urg’ochisi. Г – Erkagi.

1 – xartum; 2 – mo’ylovchalar; 3 – paypaslagichlar.

Чивинларнинг хаѐт айланиш даврларини кўриб чиқинг, тиббий ахамиятга ега. Расимлардаги белги қўйинг:


Chivinlar havoda urug’lanadi. Urug’langandan k.n tuxumlarini rivojlantirish u.n urg’ochi chivinlar qon so’radi. Tuxumlari yetilgandan k.n urg’ochi chivin ko’lmak suvlarga uchib borib, suv yuzasiga tuxumlarini qo’yadi. Chivinlar to’liq metamorfoz yo’li b.n rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suv yuzasida yashab, suvdagi mayda mikroorganizmlar b.n oziqlanadi. Lichinka suvda 4ta davrni o’taydi. To’rtinchi lichinka davri tullab, g’umbakka aylanadi. G’unbakdan imago rivojlanadi. Qulay sharoitda chivinlar 15kunda rivojlanadi.



108-B guruh

Shohruza Yigitaliyeva
Download 68.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling