Nutqning kommunikativ sifatlari
Download 19.87 Kb.
|
Nutqning kommunikativ sifatlari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nutqning to‘g‘riligi.
NUTQNING KOMMUNIKATIV SIFATLARI. Reja:
1.Nutqning to’g’riligi .
Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning muayyan ko‘rinishi ifoda bo‘lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda, aytilmoqchi bo‘lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to‘liq va aniq yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir o‘tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra nutq oldiga muayyan talablar qo‘yiladi. Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari bo‘lib, unda nutqning mantiqan to‘g‘ri, fikran aniq, tuzilishga ko‘ra chiroyli va yo‘nalishiga ko‘ra maqsadga muvofiq bo‘lishi nazarda tutiladi. 1. Nutqning to‘g‘riligi. «To‘g‘rilik deganda, - yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yoriga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy va grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo‘ladi».1 Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Chunki nutq to‘g‘ri bo‘lmasa, uning boshqa kommunikativ sifatlari, ya’ni mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi. Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun, asosan, ikki me’yorga - urg‘u va grammatik me’yorga qattiy amal qilish talab qilinadi. So‘zlardagi urg‘uning ko‘chishi bilan ma’noning ham o‘zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Masalan: olma so‘zi. Bu so‘zni alohida urg‘usiz olib qaraganda, uning qanday ma’noda qo‘llanilayotganini aniqlash qiyin. Faqat urg‘u undagi ma’noning aniqlanishiga ko‘maklashadi. Ya’ni όlma tarzida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushganda, harakat, olmá kabi oxirgi bo‘g‘inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. Tilimizda bunday so‘zlar anchagina. Masalan, hozir - hozir, yangi-yangi, yigitcha-yigitcha, o‘quvchimiz - o‘quvchimiz so‘zlarining ma’nosi ham urg‘u yordamida oydinlashadi. Gap tarkibidagi ayrim olingan so‘zga tushadigan urg‘u, ya’ni mantiqiy (logik) urg‘uning ham ma’noni farqlashda xizmati katta. Hamma tillarda ham qaysi ma’noga alohida e’tibor berilayotgan bo‘lsa, shu ma’noni ifoda etayotgan so‘z maxsus urg‘u bilan talaffuz qilinadi. Masalan, Anvar xat yozdi, gapida kim yozganligi, nima yozganligi yoki nima ish qilganligi aytilib, mazkur gapdagi so‘zlarning uchalasidan biriga urg‘u tusha oladi. Bunday o‘rinlarda mantiqiy urg‘u ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi. Umuman nutqda, bo‘g‘in urg‘usi kabi mantiqiy urg‘uni ham to‘g‘ri ishlata bilish kerak. Chunki ayni jarayonda xatoga yo‘l qo‘yilsa, nazarda tutilgan ma’no anglashilmay qolishi maqsad amalga oshmasligi mumkin. Demak, fikrni nutq (gap) orqali to‘g‘ri ifodalashda so‘z urg‘usi hamda mantiqiy urg‘uning to‘g‘ri ishlatilishiga jiddiy amal qilishimiz shart. Grammatik me’yorga rioya qilish deganda, gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalarni qo‘shishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, kelishik qo‘shimchalarini o‘z o‘rnida qo‘llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari tushuniladi. Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni o‘z o‘rniga qo‘yish, ya’ni nutqning to‘g‘ri tuzilishiga erishish nutq madaniyatining asosiy talablaridan biridir. Download 19.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling