Mollyuskalar (mollusca) tipiga 30 mingdan ortiq tur kirib, u ta sinfga bo’linadi. Mollyuskalar orasida ham ayrim turlari parazitlik qilib hayot kechiradi


Download 0.74 Mb.
bet5/5
Sana20.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1790207
1   2   3   4   5
Bog'liq
MOLLYUSKALAR

Yaylov kanalari
Hyalomma scupence rivojlanish sikli bir xo’jayinda o’tishi bilan boshqa kana turlaridan farq qiladi. Bu kana asosan qoramol va qisman ot qoni bilan oziqlanadi, Shimoliy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, o’rta Povoljye va Ukrainada tarqalgan. Ular qoramollarga teylerioz, anaplazmoz, otlarga nuttalioz, cho’chqalarga piroplazmoz kasalliklarining qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Bu kana tanasida brutselloz va o’lat kasali qo’zg’atuvchilari ham bo’lib, undan boshqa hayvonlarga va odamga o’tadi.
Hyalomma detritum boshqa yaylov kanalariga qaraganda yirikroq va ikki xo’jayinli. Urg’ochi kana 5-7 mingtagacha tuxum qo’yadi va 1-2 oydan so’ng ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinka bilan nimfa 10 kungacha qon so’radi. Kananing to’liq rivojlanishi 4 oydan 13 oygacha davom etadi. Lichinkalari 7-8 oygacha, imagolari 6-8 oygacha yashashi mumkin. Bu kana Ozarbayjon, Sharqiy Gruziya, Armaniston, Turkmaniston, Janubiy Qozog’iston, O’zbekiston va Tojikistonning cho’1 hamda chala cho’1 mintaqalarida uchraydi. Bu kana qoramollarga teylerioz kasalligini yuqtiruvchilardan hisoblanadi.
Hyalomma anatolicum uncha katta bo’lmagan uch xo’jayinli kana, asosan qoramollarda parazitlik qiladi.
Argaz kanalari (Argasidae) oilasining deyarli hamma vakillari parazitlik bilan hayot kechiradi.
Argaz kanalarining eng muhim turlariga persid kanasi (Argas persicus) va ornitodorus (Ornithodorus papillipes) kanasi kiradi. Persid kanasi asosan, tovuqlar tanasida parazitlik qiladi, ayrim hollarda o’rdak, g’oz, ot, qoramol, cho’chqa va boshqa hayvonlarda ham parazitlik qiladi.
Gamazoidlar (Gamasoidea)katta oilasi vakillari iksod va argaz kanalaridan farq qilib, ular juda mayda, tanasining uzunligi 0,2 mm dan 4 mm gacha keladi
Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling