1. Qanday otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda kuchaytirish,ta’kidlash ma’nosi anglashiladi?


Download 16.26 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi16.26 Kb.
#199619
Bog'liq
15 TALIK morfologiya


Ona tili

1.Qanday otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda kuchaytirish,ta’kidlash ma’nosi anglashiladi?

A.Atoqli otlarga B.Mavhum otlarga C.Donalab sanalmaydigan otlarga D.Odamning juft va toq a’zolariga

2.U o’z qalbida kechayotgan tuyg’ularning qanaqaligini bilmas edi.Ammo u hali ham sevgiga ishonar edi.

Gapdagi mavhum otlar soni?

A.2 B.1 C.3. D.4

3.Mustaqil so’z turkumlari berilgan qatorni aniqlang?

A.fe’l,ot,son,ravish B.ot,olmosh,ravish,undov

C.olmosh,ot,son,taqlid so’z D.sifat,olmosh,ot,yuklama

4.Qo’shma otlar berilgan qatorni toping?

A.qo’ziqorin,achchiqtosh,gulhamishabahor B.tustovuq,qo’lqop,ishyoqmas

C.beshiktervatar,dori-darmon,belbog’

D.o’gil-qiz,non-pon,aka-uka

5.Shaxs oti yasovchi qo’shimchalarni belgilang?

A.-chi,-soz,-kor B.-zor,-loq,-xon C.-lik,-chilik,-im

D.-zor,-soz,-chi,-goh

6.Shaxs otlari ishtirok etgan gapni belgilang?

A.Mashinani Ravshan haydab ketgan edi.

B.Bu voqeani faqatgina uloqchilar ko’ra oldi.

C.Eshikni ochishim bilan oyim supurgini tashlab menga qaradi.

D. B,C

7.F’eldagi zamon qo’shimchalari qo’shimchaning qaysi turiga kiradi?



A.Lug’aviy shakl yasovchi BSintaktik shakl yasovchi C.So’z yasovchi D.To’g’ri javob yo’q

8.O’rin-joy otlari yasovchi qo’shimchalar?

A.-chi,-soz,-kor,xon B.-gich,-kich,-qich

C.-zor,-loq,-iston D.-dosh,-loq,-xona,-shunos

9.Tuzilishiga ko’ra sodda yasama ot qatnashgan gapni toping?

A.Xosiyatli uydan quruq ketma,bolam.

B.Qo’lqop qo’limga juda tor edi.

C.U temirchilik bilan shug’ullanar edi.

D.Bahoroy juda go’zal,hamma fasldan o’zar.

10.Yana bir necha kun turib kelmoq uchun Otabek Marg’ilonga,Hasanali ota Yusufbek hojini tinchlantirish uchun Toshkentga jo’nadilar.Gapdagi shaxs otlarini belgilang?

A.ota,hoji B.Otabek,Hasanali,hoji C.Yusufbek,Otabek,Hasanali

D.Marg’ilon,Toshkent

11.Imlo qoidasiga ko’ra to’gri yozilgan so’zni belgilang?

A.So’glikni Saqlash Vazirligi B.O’zbekiston Milliy universiteti

C.Toshkent Traktor zavodi D.Bahor konsert zali

12.Imlo qoidasiga ko’ra to’gri yozilmagan so’zni belgilang?

A.Temuriylar tarixi davlat muzeyi B.Guliston davlat universiteti

C. ,,Nuroniy’’ jamg’armasi D.Oliy Xo’jalik Sudi

13.Bir turdagi shaxs,narsa,o’rin-joy,faoliyat nomlarini bildiruvchi otlar nima deb ataladi?

A.Turdosh otlar B.Atoqli otlar C.Mavhum otlar D.Sodda otlar

14.Tarkibida FAQAT lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha berilgan qatorni belgilang?

A.yurishgandan,yaqinlashtirgan B.borib,kitoblar

C.taxminan,farg’onacha D.jigargo’sha,serquyosh

15.Achchiq va chuchuk so’zlarida qanday fonetik hosida yuz bergan?

A.tovush ortishi va tushishi B.tovush almashinishi va tushishi

C.tovush ortishi va almashinishi D.Tovush almanishinishi

HAMMAGA OMAD YOR BO’LSIN

DOIMO OLG’A INTILING!!!!!!!!!!!



EDITED BY:RavshanBek
Download 16.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling