Bilib oling! - Bilib oling!
- Talaffuz jarayonida so‘z tarkibidagi tovushlar turli o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu fonetik tovush o‘zgarishlari deb atalib, ularga tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashinishi hodisalari kiradi.
singil + im = singlim (2-bo‘g‘indagi i unlisi tushgan) - singil + im = singlim (2-bo‘g‘indagi i unlisi tushgan)
- o‘rtoq + im = o‘rtog‘im (q undoshi g‘ ga almashyapti)
- xursand – xursan (d undoshi tushyapti)
- u + ga = unga (n undoshi orttirilyapti)
- bilak + ga = bilakka (g tovushi k ga almashyapti)
- chiroq + ga = chiroqqa (g tovushi q ga almashyapti
Bilib oling! - Bilib oling!
- To‘g‘ri yozish qoidalari orfografiya bo‘limida, to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari esa orfoepiya bo‘limida o‘rganiladi. Bu qoidalar bilan tanish bo‘lish so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va to‘g‘ri yozishni o‘rgatadi.
Bilib oling! - Bilib oling!
- So‘zlar asos va qo‘shimchalardan tuziladi. So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo‘llana oladigan qismi asos deb ataladi. Mustaqil qo‘llana olmaydigan, asosga qo‘shilib, unga yangi yoki qo‘shimcha ma’no yuklaydigan, so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiladigan qismi esa qo‘shimcha deb ataladi.
- Masalan: tilshunos – (til – asos, -shunos qo‘shimcha); guldon – ( gul – asos,
- -don – qo‘shimcha)
Asos:So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo‘llana oladigan qismi: bino, soz, bil, ol, tin - Asos:So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo‘llana oladigan qismi: bino, soz, bil, ol, tin
- Qo‘shimchalar:Mustaqil qo‘llana olmaydigan, asosga qo‘shilib, unga yangi yoki qo‘shimcha ma’no yuklaydigan va so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiladigan qismi:-chi,-lik,-a,
- -gi
Bilib oling! - Bilib oling!
- Qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra ikki turga: so‘z yasovchi, shakl yasovchi qo‘shimchalarga bo‘linadi.
- So‘z yasovchi qo‘shimchalar. -dosh, -kor, -li, -lik, -zor, -la yangi ma’no hosil qiladi. Ular ot, sifat, ravish, fe’l turkumlarini hosil qiladi. Masalan: sinfdosh, paxtakor, tuzli, ishla, tezkor, do‘stlik
Bilib oling! - Bilib oling!
- Qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra ikki turga: so‘z yasovchi, shakl yasovchi qo‘shimchalarga bo‘linadi.
- Shakl yasovchi qo‘shimchalar lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarga bo‘linadi. Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar, -xon, -bek, -lar. yangi so‘z yasamaydi, qo‘shimcha ma’no beradi: Nozima+xon; Nodir+bek; kitob+lar.
Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘laydi. So‘zning ma’nosini o‘zgartirmaydi. Ularga egalik , kelishik va fe’llardagi shaxsson qo‘shimchalari kiradi. Masalan: Maktabim, onang, hovlingiz, tashkilotda - Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘laydi. So‘zning ma’nosini o‘zgartirmaydi. Ularga egalik , kelishik va fe’llardagi shaxsson qo‘shimchalari kiradi. Masalan: Maktabim, onang, hovlingiz, tashkilotda
Bilib oling! - Bilib oling!
- Gap so‘zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so‘zlar 5 xil gap bo‘lagi: ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchi vazifalarini bajaradi. O‘zbek tilida gap bo‘laklari asosan quyidagi tartibda keladi: ega gapning boshida, kesim gapning oxirida keladi, hol va to‘ldiruvchilar esa kesimdan oldin joylashadi. Aniqlovchi qaysi bo‘lakni aniqlab kelayotgan bo‘lsa, o‘sha bo‘lakdan oldin turadi.
- Masalan: Bilimdon yoshlar yurtimizni rivojlantirishga astoydil intilmoqdalar.
- She’riy asarlarda, maqollarda gap bo‘laklarining tartibi o‘zgarishi mumkin.
- Masalan: Ko‘p ertak eshitgandim, so‘ylab berardi buvim.
Bilib oling! - Bilib oling!
- Gapda bir xil sintaktik vazifa bajarib, bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi, o‘zaro teng aloqadagi bo‘laklar uyushiq bo‘laklar deyiladi.
- Gapning barcha bo‘laklari uyushib kelishi mumkin. Uyushiq bo‘laklar odatda bir xil so‘z turkumi bilan ifodalanadi.
- Masalan: Yurtimizning farovonligi, tinchligi va iqboli bizga bog‘liq. Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi.
Uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchi grammatik vositalarini bilib oling! - Uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchi grammatik vositalarini bilib oling!
- Biriktiruv bog‘lovchilar:va, ham, hamda, bilan
- Zidlov bog‘lovchilar:ammo, lekin, biroq
- Ayiruv bog‘lovchilar:goh,..goh, yo..yoki, ba’zan...ba’zan, dam
- Yuklamalar-u, -yu, -da
Uyushiq bo‘laklar bog‘lovchi so‘zlarsiz, faqat sanash ohangi bilan bog‘langanda, vergul bilan yoziladi. - Uyushiq bo‘laklar bog‘lovchi so‘zlarsiz, faqat sanash ohangi bilan bog‘langanda, vergul bilan yoziladi.
- Masalan: Maktabimiz bog‘iga olma, gilos, o‘rik, anjir daraxtlarini ekdik.
- Zafar, Hamid, Diyorbek qadrdon do‘stlardir.
Bilib oling! - Bilib oling!
- Uyushiq bo‘laklar biroq, ammo, lekin bog‘lovchilari bilan bog‘langanda zidlik, qarama-qarshilikni bildiradi. Ushbu so‘zlar oldidan vergul qo‘yiladi.
- Masalan: Daraxt ko‘kardi, biroq hosil bermadi. Oy yoritadi, ammo isitmaydi.
- -u, -yu -da yuklamalari chiziqcha [-] bilan yoziladi
- Masalan: Davron aka yo‘l bo‘yida to‘xtadi-da, keng bug‘doyzorlarga faxr bilan qaradi.
Bilib oling! - Bilib oling!
- Uyushiq bo‘laklarining ma’nolarini jamlab, umumlashtirib keladigan so‘z va so‘z birikmalari umumlashtiruvchi so‘z deb ataladi.
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan oldin tire qo‘yiladi. - Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan oldin tire qo‘yiladi.
- Uylar, daraxtlar, ko‘chalar – hammasi atrofning qorong‘iligidan ko‘rinmay ketdi.
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. - Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘lakdan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi.
- Asrorning ikki o‘rtog‘i: Diyor va Abror chiqib qoldi.
Umumlashtiruvchi so‘zlar, odatda, jamlovchi olmoslar va sonlar bilan ifodalanadi va tire yoki ikki nuqta bilan yoziladi. - Umumlashtiruvchi so‘zlar, odatda, jamlovchi olmoslar va sonlar bilan ifodalanadi va tire yoki ikki nuqta bilan yoziladi.
Bilib oling! - Bilib oling!
- Gaplar tuzilishi jihatdan ikki xil bo‘ladi va ular o‘zaro grammatik asoslar miqdoriga ko‘ra farqlanadi.
Qo‘shma gaplarda ikki va undan ortiq ega va kesim munosabati, ya’ni grammatik asos mavjud bo‘ladi: Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi. - Qo‘shma gaplarda ikki va undan ortiq ega va kesim munosabati, ya’ni grammatik asos mavjud bo‘ladi: Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi.
- Qiyoslang:
- Bugun havo issiq (sodda gap).
- Quyosh chiqdi, kunlar isidi.
- (qo‘shma gap).
Sodda gaplarda bitta ega va kesim munosabati, ya’ni bitta grammatik asos mavjud bo‘ladi: Dars boshlandi. Yomg‘ir yog‘madi. Bahor keldi. - Sodda gaplarda bitta ega va kesim munosabati, ya’ni bitta grammatik asos mavjud bo‘ladi: Dars boshlandi. Yomg‘ir yog‘madi. Bahor keldi.
- Ba’zan sodda gap egasiz, faqat bitta kesimdan iborat bo‘lib, boshqa bo‘laklar shu kesim atrofiga birlashadi: Bugun Buxorodan ukam bilan uchib keldim.
Bilib oling! - Bilib oling!
- Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplarga bo‘linadi.
- Faqat ega va kesimdan tashkil topgan gaplar sodda yig‘iq gaplar hisoblanadi.
Gap tarkibida ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etsa, yoyiq gaplar hosil bo‘ladi. - Gap tarkibida ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etsa, yoyiq gaplar hosil bo‘ladi.
- Gap mazmunini to‘ldirish, izohlash maqsadida bosh bo‘laklarga bog‘lanuvchi ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shiladi. Bunday gaplar sodda yoyiq gaplar deyiladi. Dildora o‘qidi. – Yig‘iq gap; Dildora kitobni kecha o‘qidi. – Yoyiq gap.
| | | - Bosh bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra
| - Yig‘iq (faqat ega va kesimdan iborat) gap
| - 1. Sen yozding. 2.Bu- katta yutuq. 3. Dars boshlandi.
| - Ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra
| - Yoyiq (ega yoki kesim hamda ikkinchi darajali bo‘laklardan kamida biri qatnashadigan) gap
| - Anvar sizga aytganmi?
- 1.Ko‘k pufakdan bitta bering.
- 3. Hayotingiz haqida qisqa hikoya yozmoqchiman.
| - Zaruriy bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra
| - To‘liq gaplarTo‘liqsiz gaplar (faqat diologik nutqqa xos)
| - Ra’no kitob oldi
- -Buni sizga kim berdi? – Dilshod.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |