1-ish.Iksod kanalari (Ixodidae) oilasi vakillari eng yirik kanalar hisoblanib, jinsiy voyaga yetganlarining kattaligi 4-5 mm dan 2-3 sm gacha boradi. Tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan. Kanalar rivojlanishi va oziqlanishiga ko’ra bir, ikki va uch xo’jayinli bo’ladi. Bir xo’jayinli kanalar rivojlanishining hamma fazalarini yerga tushmasdan, faqat o’z xo’jayini tanasida o’tkazadi.
Bir xo’jayinli kanalarga Boophilus calcaratus, Hyalomma scupense va boshqalar kiradi
Bir xo‘jayinli kananing rivojlanish sikli: ,
1 -jinsiy voyaga yetgan kana; 2-tuxumlar;
3-lichinka; 4-nimfa.
Ikki xo’jayinli kanalarga Rhipicephalus bursa, Hyalomma plumbeum, Hyalomma detritum va boshqalar kiradi
Ikki xo’jayinli kananing rivojlanish sikli:
1 -jinsiy voyaga yetgan kana (imago); 2-lichinka; 3-nimfa.
Uch xo‘jayinli kanalarning rivojlanish sikli:
1-imogosi; 2-tuxum qo’yishi; 3-lichinkasi; 4-nimfasi.
Uch xo’jayinli kanalar uch turdagi hayvon organizmini almashtiradi. Birinchi xo’jayinga lichinkalik davrida o’tib, qonini so’rib to’ygandan so’ng yerga tushadi, tullaydi va nimfaga aylanadi. Nimfa ikkinchi xo’jayinga o’rmalab o’tadi, uning qonini so’rib, yerga tushib tullaydi va imagoga aylanadi. Imago uchinchi xo’jayinga hujum qilib, uning qonini so’radi, so’ngra tuxum qo’yish uchun yerga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |