Shumg’iya Turning qisqacha tavsifi
Download 15.91 Kb.
|
Shumg\'iya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turdan xo’jalikda foydalanish
- Tarqalgan joy
Shumg’iya Turning qisqacha tavsifi Cistanche salsa (C.A.Mey) Beck. – Iloncho’p. Orobanchaceae – Shumg’iyadoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Poya uzunligi 15-30-(40) sm, eni 10-12 mm, asosida ancha yo’g’onlashgan, ustma-ust ko’psonli qoplangan, tuxumsimon yoki cho’zinchoq-tuxumsimon, to’mtoq, silliq yoki orqa tomoni dag’al oq tuk bilan qoplangan, chetlari esa pardasimon bo’lgan qipiqlarga ega. To’pguli tsilindrsimon yoki oval-tsilindrsimon, bo’yi 8-20-(25) sm, guli zich o’troq yoki deyarli o’troq. Qoplaydigan qipiqlar cho’zinchoq lantsetsimon, to’mtoq, orqa tomoni kam yoki ko’p darajada dag’al tukchalar bilan qoplangan, chetlari pardali, bilinmaydigan tishchali, kipriksimon. Gulyonbarglari chiziqlidan ellipssimongacha, to’mtoq, orqa tomoni kam yoki ko’p tukli, chetlari ingichka pardasimon, kosachabarg uzunligiga teng yoki undan biroz qisqa. Kosachabarglari naysimon qo’ng’iroqcha, uzunligi 10- 14 mm, silliq yoki ko’p yoki kam dag’al tuklangan, 1/3 qismigacha yarim aylana shaklda, o’zaro teng, to’mtoq, chetlari pardasimon, dag’al kipriksimon tuklangan bo’laklarga bo’lingan. Tojibarglari uzunligi 25-35 mm, tashqi tomonga kamroq yoki ko’proq egilgan, baъzan deyarli to’g’ri, pastki qismi naysimon, oqish, ichki qismida changchilari birikkan joyda odatda tukli, o’rtasidan tepaga qarab sekin-asta binafsha rangli egilgan joyi kengayadi, yarim aylana shaklida, deyarli bir biriga teng, qayrilgan yoki egilgan, chetlari kam yoki ko’proq kipriksimon qirqilgan bo’laklardan iborat. Changchilari naysimon tojibargning quyi chorak qismiga birikkan, yupqa yassilashgan asoslari tukli iplari bilan, changdonlari sariq, zich tuklangan, uyalari qisqa o’tkirlashgan. Tuguncha cho’zinchoq tuxumsimon, gultojibarg naychasiga teng, silliq, ingichka ustunchaga o’tuvchi, yuqorida egilgan deyarli sharsimon, biroz 2 bo’lakli tumshuqchasi bor. Ko’sagi tuxumsimon yoki oval tuxumsimon, kosachabarglari uzunligiga teng yoki qisman uzunroq, silliq, tuksiz, terisimon, ikki bo’lakli ko’p sonli ovalsimon yoki oval-noksimon juda mayda urug’lar hosil qiladi.Aprelь oyi gullab, may-iyul oylari mevalaydi. Turdan xo’jalikda foydalanish Markaziy Osiyoda damlamasi sifilis (zaxm) kasalligida ishlatiladi, suv ekstraktlari bakteritsid taъsir ko’rsatadi. Herba cistanche yoki iloncho’p o’ti (noilmiy adabiyotlarda o’simliklarning stolonlar shunday deb ataladi) deyarli 2000 yil davomida xitoyning anъanaviy tibbiyotida qo’llaniladi. Sharq aholisi bu o’simlikni Jou-Tsun-Jun (Roucongrong) deb atashadi. Yozma manbalarda u birinchi marta miloddan avvalgi 100 yilga mansub Muqaddas dehqonning (Shennong Bencao Jing) O’simlikshunoslik qonunida tilga olingan. Unda uni erkaklar va ayollarning jinsiy organlarining buzilishlarida, tayanch-harakatlanish apparati, siydik ajratish tizimi va qon aylanishining buzilishini kasalliklarida qo’llash taklif etilgan. Tarqalgan joy Qumli-gilli va gilli sho’r tuproqlar hamda sho’rtob cho’llarda uchraydi. Anabasis, Calligonum, Haloxylon va Salsola turkumlarining ko’p yillik o’simlik turlarida parazitlik qiladi. O’zbekistonda Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog’istonda o’sadi. Download 15.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling